FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
VOLEYBOL MUSOBAQASI O‘TKAZILDI

Sport – salomatlik garovi. Sport bilan shug‘ullanish inson umrini uzaytirib, epchilligini oshiradi. Yurt posbonlari hisoblanmish harbiylar uchun esa sport kundalik mashg‘ulotlardan biri hisoblanadi. Shu sababli, Favqulodda vaziyatlar vazirligida turli sport musobaqalari doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi. Ana shunday musobaqalardan biri Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida sportning voleybol turi bo‘yicha tashkil etildi. Batafsil

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Пекин шаҳрида Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Халқ Республикаси Раиси Си Цзиньпин билан учрашди.
Раис Си Цзиньпин давлатимиз раҳбарини самимий қутлаб, унга қишки Олимпиаданинг очилиш маросимида шахсан иштирок этгани учун чин дилдан миннатдорлик билдирди.
Икки мамлакат ўртасидаги дўстлик ва ҳар томонлама стратегик шериклик муносабатларини янада мустаҳкамлаш, кўп қиррали ҳамкорликни кенгайтиришнинг долзарб масалалари юзасидан батафсил фикр алмашилди.

В Пекине Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев встретился с Председателем КНР Си Цзиньпином.
Председатель Си Цзиньпин тепло поприветствовал главу нашего государства, искренне поблагодарив его за личное участие в церемонии открытия зимней Олимпиады.
Состоялся обстоятельный обмен мнениями по актуальным вопросам дальнейшего укрепления отношений дружбы и всестороннего стратегического партнерства, расширения многопланового сотрудничества между нашими странами.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Qalin qor yog‘ganligi tufayli “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi

Bugun, 6-fevral kuni soat 11:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
“Taxtaqorcha" dovonini qayta ochilishi bo'yicha FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.
“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun qisqa muddatga yopilgan edi.

Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo'lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirib borilmoqda.
Amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 6-fevral kuni soat 11:53 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ONLINE

"Қамчиқ" довони ҳозирги вақтда

Айни дақиқаларда "Қамчиқ" довонида қор ёғмоқда. Фавқулодда вазиятлар вазирлиги йўлни қордан тозалаш ва музламалар ҳосил бўлишининг олдини олиш ишларини мувофиқлаштириб бормоқда.
--------
Перевал Камчик прямо сейчас

В эти минуты на перевале Камчик идёт снег. При координации МЧС ведётся работа по расчистке трассы от снега и предотвращению образования гололедицы на проезжей части. Водителей просим соблюдать все меры предосторожности.
YUK AVTOMOBILIDAGI YONG'IN BARTARAF ETILDI

Bugun, 6-fevral kuni soat 18:28 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “101” qisqa raqami orqali M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yoʻlining Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hududidan oʻtuvchi 977-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushdi.
Darhol aytilgan joyga yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yuborildi. Dastlabki bo‘linmalar aytilgan manzilga soat 18:45 da yetib borishdi. Yuk avtomobilida ko‘p miqdorda yengil alangalanuvchi va yonuvchi mahsulotlar (lak-bo’yoq) bo‘lganligi sababli yong’inni o’chirishga qo‘shimcha kuch va vositalar jalb etildi. Ayni vaqtda yong‘in to‘liq bartaraf etilib, yong‘indan keyingi ishlar bajarilmoqda.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozirda yong‘in sababi va koʻrilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Jizzax viloyati FVB Axborot xizmati.
“QAMCHIQ” DOVONIDA QOLIB KETGAN TRANSPORT VOSITALARI VA FUQAROLARGA AMALIY YORDAM KOʻRSATILDI

Bugun, soat 19:05 da “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispecheriga kelib tushgan maʼlumotga koʻra, “Qamchiq” dovonidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 242 - km shimoliy aylanma yoʻlida ob-havoning keskin oʻzgarishi natijasida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam kerakligi xaqida maʼlumot kelib tushdi.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” Qutqaruv otryadidan maxsus texnika hamda qutqaruvchi xodimlar chiqishib, togʻda qolib ketgan 14 nafar fuqarolar hamda ularning transpott vositalarini pastga olib tushish hamda evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.


Qutqaruvchilar soat 20:10da barcha fuqarolarni sogʻ-omon pastga olib tushib manzillariga yuborishda amaliy yordam koʻrsatishdi.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida qalin qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun qisqa muddatga yopilgan edi.

Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo'lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlari muvofiqlashtirib bordi.
Amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 7-fevral kuni soat 08:30 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qulflanib qolgan uy ichidagi ikki yoshli qizcha qutqarildi

Kecha, 6-fevral kuni soat 13:15 da Xorazm viloyati FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Urganch tumanidagi ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birining kirish eshigi qulflanib, xonadonda 2 yoshli qizchaning qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Zudlik bilan xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolajonni onasiga sog‘-salomat topshirdilar.

O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Profilaktik tadbirlar Navoiyda

Navoiy viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram