FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
19.3K subscribers
25.6K photos
4.28K videos
10 files
10.3K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Avtobusda yong‘in yuzaga kelganda harakat qilish bo‘yicha muhim tavsiyalar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev rahbarligida Surxondaryo viloyatida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik yuzasidan muhokama bo‘lib o‘tdi

Bugun, 24-sentabr kuni Surxondaryo viloyati hududida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, mavsum davomida issiqlik va energetika tarmoqlarini barqaror ishlashi, odamlar ko‘p yig‘iladigan savdo markazlari va ijtimoiy-iqtisodiy soha obyektlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini samarali tashkil etish bo‘yicha soha mas’ullari ishtirokida muhokama o‘tkazildi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/22578

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Jizzax, Buxoro va Samarqand viloyatlari FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda paxta qabul qilish maskanlarida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsiloti.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Andijon viloyatida sel, suv toshqini bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida o'rganish ishlari olib borilmoqda

Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda viloyat Toshqinga qarshi komissiyasi a’zolari bilan birgalikda viloyat hududida aholi va hududlarni sel, suv toshqinlari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va oqibatlarini bartaraf etish maqsadida, Andijon shahar hamda Marxamat tumani hududida joylashgan selxonalar, soy va kanallar nazorat-profilaktik tartibida o‘rganilmoqda. O‘rganishlar davomida kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan aniq vazifalar belgilab olinmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi Dang‘ara tumani misolida

Farg‘ona viloyati FVB boshligʻi o‘rinbosari tomonidan Dang‘ara tumanida otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda FVB boshligʻi o‘rinbosari bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlar, shart-sharoitlar va ushbu imkoniyatlardan unumli foydalanish to‘g‘risida so‘z yuritib, oʻzining kasbiy bilim va tajribalari bilan oʻrtoqlashdi hamda yoshlar o‘zlarining savollariga atroflicha javoblar oldilar. Shundan so‘ng, tadbirning ikkinchi qismida sport musobaqalari bo‘lib o‘tdi, unda faol ishtirok etgan yoshlarga еsdalik sovg‘alari topshirildi.

Tadbir so'ngida, bir guruh ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh oilalarga imtiyozli subsidiya asosida tikuv mashinalari berilib, ularning bandligi ta’minlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Amudaryo tumani va Toshkent viloyatining Piskent, Bekobod tumanlari hamda Bekobod va Angren shaharlarida FVB tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan "Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir!" shiori ostida “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning shahar va tuman bosqichlari o‘tkazildi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/22637

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X