FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
20.1K subscribers
26.4K photos
4.55K videos
10 files
10.7K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev Chirchiq shahrida barpo etilgan yangi uylar kalitini o‘z egalariga topshirdi

Bugungi kunda Davlatimiz tomonidan harbiy xizmatchilarning turmush sharoitlarini yanada yaxshilash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish borasida ulkan ishlar amalga oshirilmoqda. Ana shu maqsadda bugun Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida xizmat olib borayotgan bir guruh harbiy xizmatchilarga Toshkent viloyatining Chirchiq shahrida qad rostlagan 5 qavatli uy xonadonlari kaliti tantanali ravishda o‘z egalariga topshirildi. Yangi uylarini topshirish marosimi chin ma’noda tantanaga aylanib ketdi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

📌Batafsil: https://gov.uz/fvv/news/view/20777/

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, “Axborot 24” ko‘rsatuvining kechki sonida Buxoro viloyatida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari to‘g‘risida lavha efirga uzatildi. Ushbu o‘quv mashqlarining maqsadi isitish mavsumiga ixtisoslashtirilgan xizmatlarning tayyorgarlik darajasini tekshirishdan iborat.
———————-
Сегодня в вечернем выпуске программы "Ахборот 24" был показан сюжет о проведении командно-штабных учений в Бухарской области. Цель данных учений - проверить степень готовности профильных структур к отопительному сезону.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Jomboy tumanida "Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi"  musobaqasi o‘tkazildi

Samarqand viloyati FVB hamda uning barcha shahar-tuman bo‘limlari tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sportning “Voleybol" turi bo‘yicha o‘tkaziladigan “Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i kubogi" musobaqasiga start berildi.

Kuni kecha, musobaqaning Jomboy tuman bosqichi o‘tkazilib, unda viloyat FVB boshlig‘i musobaqada ishtirok etayotgan jamoalarga muvafaqiyat tiladi.

Ushbu musobaqada tumandagi 2-sektor hududidagi mahallalarda FVB xodimlari tomonidan otaliqqa olingan va uyishmagan yoshlardan iborat 5 ta jamoa g‘oliblik uchun murosasiz va qizg‘in bahs olib bordi.

Yakuniy natijalarga ko'ra,  1-o'rinni Sherqo'rg'on mahallasi yoshlari jamoasi qo'lga keritib, musobqaning viloyat bosqichiga yo'llanmaga ega bo'ldi.

G'olib va sovrindorlar estalik sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Elektr jihozlaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Toshkent shahar va Jizzax viloyati FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va betalofat o‘tkazish bo‘yicha olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar tafsiloti.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Qashqadaryoda yoshlar muammolari hal etilmoqda

Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi Mirishkor tumanida istiqomat qiluvchi ogʻir toifadagi yoshlar roʻyxatida turuvchi yoshlar muammo hamda takliflarini tingladi. Jarayonda bir nafar yoshning oilasi bilan uchrashilib, kelgusida oʻz-oʻzini ish bilan band qilish hamda kunlik daromad evaziga oilasiga moddiy tomondan koʻmak berish maqsadida, boshqarma boshligʻi tomonidan zamonaviy tikuv mashinasi bilan taʼminlandi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Buxoro viloyatida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tafsiloti

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Buloqboshi va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida ''Rahbar va yoshlar'' uchrashuvi o‘tkazildi

Andijon viloyatining Buloqboshi va Qo‘rg‘ontepa tumanlarida viloyat FVB rahbariyayati, tuman FV bo‘limi boshliqlari va Yoshlar ishlari agentligi vakili ishtirokida FVB tomonidan otaliqga olingan yoshlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Samimiy ruhda kechgan uchrashuvda yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etib, mas’ullardan atroflicha javoblar oldilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X