FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
20.2K subscribers
25.9K photos
4.35K videos
10 files
10.5K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Andijon viloyati FVB tomonidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda aholi va hududlarni toshqin suvlari va sel oqimlaridan muhofaza qilish maqsadida, daryo, soy va kanallarda olib borilayotgan qirg‘oq mustahkamlash tadbirlarini o‘rganish ishlarini amalga oshirmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
⚡️Binolarning tomlaridan qor massalari, muz va sumalaklar tushishidan ehtiyot bo‘ling⚠️

Hurmatli yurtdoshlar, qadrli bolajonlar❗️

Qorlar erishi va tomlardan qor massalari, muz va sumalaklarning tushishi bilan bog‘liq baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun ehtiyot bo‘lish va iloji bo‘lsa, binolardan uzoqroq yurish tavsiya etiladi.

📌Batafsil: https://fvv.uz/uz_lat/item/95

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Qoraqalpog‘iston Respublikasi FVB boshchiligida “Taxiatosh IES” AJning Obyektlarda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi ishtirokida mazkur obyektni yong‘indan muhofaza qiluvchi Yong‘in-qutqaruv qismi shaxsiy tarkibi tomonidan obyektning maxsus xizmatlari bilan hamkorlikda o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida maxsus tuzilmalar bilan birga vaziyatni to‘g‘ri baholash, yuzaga kelgan avariyalarni qisqa fursatlarda betalofat bartaraf etishi shuningdek ishchi va xizmatchilarning favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish tartiblari bo‘yicha ko‘nikmalar hosil qilindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔰Namangan viloyati FVB xodimlari tomonidan is gazidan zaharlanish, yong‘in, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va boshqa turli ko‘ngilsizliklarning oldini olish maqsadida kengaytirilgan profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
“Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni” doirasida Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan joylarda qator tadbirlar olib borildi

Tadbirlar doirasida Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumanidagi idora va tashkilotlarning 210 nafar xodimlari, umumta’lim maktablarining 357 nafar o‘quvchilari bilan zilzila vaqtida to‘g‘ri harakatlanish, is gazi va botulizmdan zaharlanishni oldini olish bo‘yicha nazariy va amaliy ko‘nikmalari oshirildi. Shuningdek, 105-sonli ixtisoslashtirilgan maktab internatidagi bolalar bilan yakka tartibda va ularning murabbiylari bilan guruh tarkibida mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi hamda Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyiga o‘qishga qabul qilish tartibi yuzasidan FVV Akademiyasi o‘qituvchilari tomonidan Andijon viloyatidagi yosh o‘quvchilar bilan targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI❗️

⚡️Hurmatli fuqarolar, tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. Batafsil...
————————————
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ❗️

⚡️Уважаемые граждане, а также руководители предприятий, организаций и учреждений

Понижение температуры воздуха является причиной увеличения использования газовых и других отопительных приборов работающих на альтернативном топливе. При этом неправильная эксплуатация данных приборов может привести к пожарам, а также к отравлению угарным газом домовладельцев. Подробно...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Jangovar shaylik – favqulodda vaziyatlarda harakatlanishda muhim omil!

Xorazm viloyati FVB
tomonidan Urganch davlat universitetida maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Mazkur o‘quv mashqi davomida shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda universitet fuqaro muhofazasi tuzilmalari va talabalarining amaliy harakatlari sinovdan o‘tkazildi. Bunda yong‘in yoki boshqa turdagi favqulodda vaziyatlar kuzatilganida sarosimaga tushib qolmaslik, o‘zlari va o‘zgalar hayotini asrashda to‘g‘ri harakatlanish qoidalari amaliy tarzda bajarilib, fuqarolarning favqulodda vaziyatlar va fuqaro muhofazasi sohasidagi bilim-ko‘nikmalari yanada mustahkamlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter