FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
23.5K photos
3.77K videos
10 files
9.49K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Jizzax viloyati FVBda “Jizzax viloyatida mavjud nosoz yer osti suv olgichlarini soz holga keltirish, yong‘inlarni o‘z vaqtida bartaraf etishda suv manbalaridan uzluksiz foydalanishni tashkil etish hamda suvsiz hududlarida yangi suv hovuzlarini barpo etish chora-tadbirlari” mavzusida o‘quv seminari boʻlib oʻtdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bugun, Qashqadaryo viloyati Qarshi shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan 2-sektor yoshlari uchun 43-sonli umumta’lim maktabida mahorat darsi tashkil etildi.

Tadbirda yoshlar ishtirokida shartli yong‘inlarni bartaraf etish harakati va birlamchi yong‘inni o‘chirish vositalaridan foydalanish tartiblari ham amaliy bajarildi. Shuningdek, yoshlar uchun yong‘in-qutqaruv texnika va anjomlari namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasida “Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi
harbiy xizmatchi va xizmatchilarni qo‘llab-quvvatlash” mavzusida ilmiy – amaliy seminar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va Mahalla jamg‘armasi hamda “Suv ta’minot” Mas’uliyati cheklangan jamiyati bilan hamkorlikda yong‘iga qarshi suv ta’minotini yaxshilash maqsadida seminar o‘tkazildi.

Seminarda 2023-yil davomida amalga oshirilgan ishlar hisoboti tinglanib, 2024-yil davomida yong‘inga qarshi suv ta’minotini yaxshilash va nosozliklarni bartaraf etish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!
O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini xavf ostiga qo‘ymang.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 25-31 yanvar kunlari kutilayotgan yog‘ingarchilik hamda havo haroratining o‘zgarishi sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:

🔹Toshkent viloyati: Bo‘stonliq, Ohangaron va Parkent tumanlari (Chotqol tizmasi tog‘lari);

🔹Namangan viloyati: Pop tumanida qor ko‘chish xavfi e’lon qilinadi.

💢Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Беруний туманида содир бўлган ёнғин тўғрисида маълумот

Бугун, 24 январь куни соат 20:17 да Қорақалпоғистон Республикаси, Беруний тумани, “Шаббаз” ОФЙ, Тўрткўл шох кўчасида жойлашган электромобиль автосалонида ёнғин содир бўлаётганлиги тўғрисида ФВБга хабар тушган.

Шунга кўра, 3 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 20:23 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 20:48 да ўраб олинган ва соат 21:08 да ўчирилган.

Ёнғин натижасида автосалоннинг
90 кв.м. майдонда том қисми ва бир дона "BYD" русумли автомобиль ёниб зарарланган.

Ёнғин сабаб ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.

Ёнғин оқибатида тан жароҳати олган ва ҳалок бўлганлар тўғрисида маълумот келиб тушмади.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Huquqbuzarliklarning oldini olish borasida Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida navbatdagi profilaktik uchrashuv o‘tkazildi

Uchrashuvda 2023-yil davomida viloyatdagi harbiy xizmatchilar tomonidan sodir etilgan huquqbuzarlik va jinoyatchilik holatlarining tahlili o‘qib eshittirildi. Shuningdek, so‘zga chiqqanlar tomonidan shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni yanada mustahkamlash, yurtimizda korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida qabul qilinayotgan yangi me’yoriy huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati ishtirokchilarga batafsil tushuntirib o‘tildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter