FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
35.7K subscribers
27.4K photos
4.93K videos
10 files
11.2K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” tadbirlari izchil davom ettirilmoqda

“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Fuqaro muhofazasi instituti xodimlari tomonidan Toshkent shahar Yashnobod tumani 145-maktab o‘quvchilari bilan “Turli xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oldini olish hamda sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.

Tadbir rejasiga ko‘ra o‘quvchilar bilan nazariy mashg‘ulotlar, FVV ish faoliyatiga tegishli yong‘in-qutqaruv texnikalari namoyishi hamda zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalari yordamida tashkil etilgan innovasion trenajyor xonalarida amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati FVB xodimlari tomonidan Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ayni kunlarda, Qashqadaryo viloyati Qamashi va Chiroqchi tumanlarida Toshqinga qarshi viloyat komissiyasi tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi”da muhandislik-himoya tadbirlari olib borilmoqda. Jumladan, Chiroqchi tumani “Do‘stlik diyori” MFY Kanalobod qishlog’i hududidan oqib o‘tuvchi sel yo‘lida 1200 km.dan ortiq masofada kengaytirish, tozalash va mustahkamlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Farg‘ona viloyati Rishton tumani FVB tomonidan 24-umumta'lim maktabida "Fuqaro muhofazasi kuni" tadbiri o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 29-31 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘ir yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida amalga oshirilgan tadbirlar yuzasidan FVV bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Zuhriddin Qahramonov brifingda ma’lumotlar berdi.

Boshqa
yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati FVB xodimlari tomonidan "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" munosabati bilan Namangan shahridagi 1-sonli maktabning 6-sinf o‘quvchilari uchun boshqarmadagi muzeyga sayohat tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida viloyatdagi qurilish obyektlari, oshxonalar, savdo do‘konlari hamda maktablarda profilaktik tadbirlar o‘tkazilib, targ'ibot materiallari tarqatildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram