FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
20.3K subscribers
26.3K photos
4.49K videos
10 files
10.7K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. X. Qo'ldoshev boshchiligidagi qirg'oq mustahkamlash tadbirlari

Toshqinga qarshi Hukumat Komissiyasi raisi - Bosh vazir tomonidan o'tkazilgan yig'ilishda berilgan topshiriqlar ijrosini ta'minlash maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A. X. Qo'ldoshev, Mudofaa vazirining birinchi o'rinbosari general-mayor Sh. G'. Xalmuxamedov, Mudofaa vazirligining Havo hujumidan mudofaa qo'shinlari va Harbiy havo kuchlari qo'mondoni general-mayor A. J. Burxanov, Shimoliy-G'arbiy harbiy okrug qo'mondoni general-mayor F. O. Shermatov, Avtomobil yo'llari qo'mitasi  raisi birinchi o'rinbosari Sh. B. Nazarov, Suv xo'jaligi vazirligi mutaxassislaridan iborat tashkil etilgan ishchi guruh tomonidan Xorazm viloyati hududidan oqib o'tuvchi Amudaryo daryosining qirg'oqlarida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan suv toshqinlari va sel oqimlari hodisalarining oldini olish maqsadida qirg'oq bo'yi mintaqalarini o'rganish, mavjud xavfli uchastkalarni aniqlash, aniqlangan taqdirda zudlik bilan u yerlarda qirg'oq mustahkamlash ishlarini amalga oshirish uchun daryoning hududlari to'liq o'rganib chiqilib, aniqlangan xavfli uchastkalarda kechiktirib bo'lmas muhandislik-muhofaza tadbirlari tashkillashtirildi.

Shuningdek, Favqulodda vaziyatlar vazirligining suvda qutqaruv guruhlari, Mudofaa vazirligining kuch va vositalari, Tog'-kon va geologiya, Ichki ishlar vazirliklari, Milliy gvardiya, viloyat hokimligi, viloyat prokuraturasi, Avtomobil yo‘llari hududiy boshqarmasi va gaz, elektr korxonalari xodimlari ishtirokida daryoning muzlagan qismlaridagi muzlarni bartaraf etish ishlari tashkil etildi va olib borildi.

Shu bilan birga xavfli uchastkalardagi dambalarning qirg'oqlarini yemirilgan qismlarida mustahkamlash va o'zan tozalash ishlari amalga oshirildi.

Shuningdek, ishchi guruh tomonidan Tuyamo'yin suv ombori rahbariyati bilan daryoning quyi qismida joylashgan Tuyamo'yin suv omborining kirish qismidan boshlab to chiqish qismigacha bo'lgan gidrotexnik inshootlar to'liq xatlovdan o'tkazilib, ularning imkoniyatlari, suvning kirish-chiqish hajmlari va dambalarning mustahkamligi ko'zdan kechirildi. Shundan so'ng suv omborining yuqorisida joylashgan daryoning eng eni tor qismida muzlarning mavjud yoki mavjud emasligi o'rganib chiqildi.

Olib borilgan uch kunlik amaliy harakatlar natijasida Amudaryo daryosining suv hajmlari me'yoriga tushirilib, muzlar oqibatida yuzga kelishi mumkin bo'lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida o'tkazilgan muhandislik-muhofaza tadbirlari natijasida daryoning suv sathi pasayishiga erishildi va barqaror holatga keltirildi.

Ushbu tadbirlarga FVV hamda FVDTga kiruvchi korxona va tashkilotlarning 102 ta texnikasi hamda 481 nafar shaxsiy tarkibi jalb etildi.

Eslatib o'tamiz, respublikamiz bo'ylab sel oqimlari va suv toshqinlarini oldini olish maqsadida, daryolar, soylarda qirg'oq mustahkamlash tadbirlari olib borilmoqda.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sel xavfi yuzaga kelganda qanday harakatlarni amalaga oshirish kerak? Ushbu videorolik orqali muhim tavsiyalarni bilib olish mumkin.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Surxondaryoda yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bo‘shlig‘i, Qiziriq tumani hokimi va Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘limi rahbari ishtirokida ijtimoiy-iqtisodiy muammolari mavjud yoshlar bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvni o‘tkazishdan maqsad yoshlarni muammolarini o‘rganish, ularni kasbga yoʻnaltirish va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Tadbir soʻngida tashkilotchilar tomonidan kasb va hunarga qiziqqan yoshlarga kerakli ish qurollar va payvandlash asbob-anjomlari topshirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyatida olib borilayotgan qirg‘oq mustahkamlash tadbirlari

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Туркиянинг жануби-шарқий қисмидаги вилоятларда юз берган кучли зилзила оқибатида кўплаб одам қурбон бўлгани ва жиддий жароҳат олгани, катта талафотлар кўрилгани муносабати билан Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Туркия Президенти Режеп Таййип Эрдоғанга ҳамдардлик йўллади.

Қардош Туркия етакчиси ва халқига чуқур таъзия изҳор этиб, давлатимиз раҳбари вафот этганларнинг оила аъзолари ва яқинларига ҳамдардлик билдирди, жабрланганлар тез фурсатда соғайиб кетишини тилади.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев направил соболезнования Президенту Турции Реджепу Тайипу Эрдогану в связи с многочисленными жертвами и пострадавшими, а также большими разрушениями в результате сильного землетрясения в юго-восточных провинциях Турции.

Выразив глубокие соболезнования лидеру и народу братской Турции, глава нашего государства передал слова сочувствия и поддержки родным и близким погибших, пожелал скорейшего выздоровления пострадавшим.

Facebook|Instagram|Twitter
Yong’in-qutqaruvchilarning ruhiy tayyorgarligi sinovdan o’tkazildi

Favqulodda vaziyatlar oqibatlarini tezkorlik bilan bartaraf etish, sodir bo’lishi mumkin bo’lgan katta va o’ziga xos yong’inlarni o’chirishda kutilmagan hodisalar va xavflarga ham ruhan, ham jismonan tayyor bo’lish o’z o’rnida maxsus bilim hamda ko’nikmalarni talab etadi.

Ayni maqsadda, bugun Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Samarqand shahar FV bo’limiga qarashli 2-son yong’in-qutqaruv qismi hududida o’quv amaliy mashg’uloti o’tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!
- - - - - - - - - - - - - -
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
УГАРНЫЙ ГАЗ ОПАСЕН ДЛЯ ЖИЗНИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube