FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Buxoro viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan Yangi yil bayrami arafasida Buxoro va Kogon tumanlarida FVDqT xizmatlarining shaylik holati o‘rganilib, ularga tadbirlar davomida yong‘in xavfsizligi va fuqaro muhofazasini ta'minlash borasida tushuntirish ishlari olib borildi.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yangi yil bayramini munosib kutib olish va uni o‘tkazish davrida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida, Toshkent viloyati FVB tomonidan hududda o‘rnatilgan barcha yangi yil archalarida o‘quv-amaliy taktik mashqlar o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Andijon viloyatida sodir bo‘lgan yong‘in bo‘yicha rasmiy ma'lumot

Joriy yil 22-dekabr kuni soat 19:15 da Andijon shahar, S.Abdullayev 5-tor ko‘chasida joylashgan yashash uyida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Andijon shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari voqea joyiga soat 19:19 da yetib borib, yong‘in soat 19:23 da qurshab olingan va 19:32 da o‘chirilgan.

Hodisa natijasida uyning tahminan 70 kv.m. maydonda tomi, shifti va uy-jihozlari yongan.

Yong‘inni bartaraf etish jarayonida 3 nafar fuqaroning kuygan holdagi jasadi topilgan.

Shuningndek hodisa joyiga FVB, IIB, SSB va prokuratura xodimlari yetib borgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Pirotexnika vositalaridan ehtiyot bo 'ling!

Boshqa
yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Qamchiq” dovonida yuzaga kelgan YTH oqibatlari FVV qutqaruvchilari tomonidan bartaraf etildi

Bugun, 23-dekabr kuni ertalab soat 07:00 larda “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 204 km, “Qamchiq” dovonidan o‘tuvchi qismida YTH sodir bo‘ldi. Yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi natijasida mashina ag‘darilib, uning yuk tashuvchi konteyneri yo‘lning harakat qismiga qulagan. Voqea joyiga zudlik bilan FVV Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining kuch va vositalari yetib kelib, avariya oqibatlari bir necha daqiqalar ichida bartaraf etildi. Hodisa oqibatida jarohatlanganlar yo‘q.
——————————
Спасатели МЧС ликвидировали последствия ДТП на перевале Камчик


ДТП произошло сегодня, 23 декабря примерно в 7 часов утра на 204-м километре международной автодороги "Ташкент - Ош", что приходится на перевал Камчик. Водитель грузовика потерял управление в следствие чего машину положило набок, а контейнер с грузом упал на проезжую часть. Мгновенно, на место происшествия прибыли расчёты специального поискового, пожарно-спасательного Управления Камчик МЧС. В течение нескольких минут последствия аварии были устранены. ДТП обошлось без жертв и пострадавших.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.Qo‘ldoshev Turkiy davlatlar tashkilotiga a’zo mamlakatlar Favqulodda vaziyatlar idoralari rahbarlarining sammitida ishtirok etdi
----------------------------
Министр по чрезвычайным ситуациям генерал-майор А.Кулдашев принял участие в Саммите глав чрезвычайных ведомств членов-стран Организации тюркских государств.


Boshqa
yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Hurmatli fuqarolar, tashkilot, korxona va muassasalarning rahbarlari

Ob-havo haroratining pasayib borishi natijasida gaz va boshqa turdagi muqobil yoqilg‘i isitish moslamalaridan foydalanishga bo‘lgan ehtiyoj ortib boradi. Bunday paytlarda isitish moslamalaridan noto‘g‘ri foydalanish oqibatida ko‘ngilsiz hodisalar sodir bo‘lishi hamda insonlar is gazidan zaharlanishi mumkin. Batafsil...
———————
Уважаемые граждане, а также руководители предприятий, организаций и учреждений

Понижение температуры воздуха является причиной увеличения использования газовых и других отопительных приборов, работающих на альтернативном топливе. При этом неправильная эксплуатация данных приборов может привести к пожарам, а также к отравлению угарным газом домовладельцев. Подробно...

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV Akademiyasi kursantlari amaliy maskan mashg‘ulotida

2022-yil 23-dekabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 4-bosqich kursantlari bilan “Maksam-Chirchiq” AJ o‘rtasida tuzilgan o‘zaro hamkorlik Memorandumi asosida ilk marotaba korxona hududida avtomatik yong‘inni aniqlash va o‘chirishning texnik vositalari bo‘yicha amaliy maskan mashg‘uloti tashkillashtirildi. Mashg‘ulot davomida ilmiy-tadqiqotlar rejasiga ko‘ra podpolkovnik Sh.Muxamedovning dissertatsiya mavzusi bo‘yicha tajriba ishlari ham amalga oshirildi. Ushbu tadbir yakunida “O‘zkimyosanoat” AJ va “Maksam-Chirchiq” AJ rahbariyatiga FVV Akademiyasi boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Yoshlarni favqulodda vaziyatlarga tayyorlash - muhim vazifalardan biri

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida faoliyat olib borayotgan Hayot faoliyati xavfsizligi o‘quv markazida yoshlar bilan muntazam ravishda o‘quv darslari o‘tkazib kelinmoqda.

Mazkur darslarni tashkil etishdan asosiy maqsad – yosh avlodni favqulodda vaziyatlarga bolalik davridan tayyorlab borish, ularning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirish hamda ularda favqulodda vaziyatlar bo‘yicha tushuncha va tasavvur hosil qilishdir.

Chunki, hayotda favqulodda vaziyatlarga doim tayyor bo‘lish o‘ta zarur hisoblanadi. Bunday vaziyatlar sodir bo‘lganda to‘g‘ri harakat qilish jarohat olish va qurbon bo‘lishdan saqlaydi.

Boshqa yangiliklar

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram