FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
23.9K photos
3.86K videos
10 files
9.64K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
⚡️HISOBOT-SAYLOV!

Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotining hisobot-saylov yig‘ilishida Yoshlar ittifoqi viloyati Kengashi, hamda  favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbi xizmatchilari va xodimlari ishtirok etishdi.

⭐️Hisobot-saylov yig‘ilishida dastlab, yil mobaynida Boshlang‘ich tashkilot tomonidan amalga oshirilgan hisobotlar tinglandi.

So‘ngra, nomzodlarning saylovoldi dasturi eshitildi va ovozga qo‘yildi.

⭐️Yakuniy natijalarga ko‘ra eng ko‘p ovoz to‘plagan leytenant Qo‘shoqboyev Allonboy G‘ayratjon o‘g‘li boshlang‘ich tashkilot yetakchisi lavozimga loyiq deb topildi.

⭐️Shuningdek boshlang‘ich tashkilotning  ish rejasi tasdiqlanib, yig‘ilishda ishtirok etuvchi delegatlar tomonidan maʼqullandi.

Tadbir yakunida yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi tomonidan yoshlar kutubxonachiga badiiy kitoblar jamlanmasi topshirildi.

Namangan FVB Axborot xizmati.

t.iss.one/fvbnamangan
Олмазор тумани Қизғалдоқ кўчасида содир бўлган ёнғин юзасидан маълумот

Бугун, 17 сентябрь куни соат 18:07 да Тошкент шаҳар Олмазор тумани Қизғалдоқ кўчасида жойлашган мой ишлаб чиқариш цехи ҳудудида ёнғин содир бўлаётганлиги тўғрисида шаҳар ФВБга хабар келиб тушган.

Шунга кўра 7 та ёнғин-қутқарув экипажи соат 18:17 да воқеа жойига етиб борган. Ҳозирда ёнғинни бартараф этиш ишлари амалга оширилмоқда.

Дастлабки маълумотларга кўра ҳудуддаги 3 та резервуарда мой махсулоти ёнган. 

Вазият тўлиқ назоратга олинган.

Ёнғин жойига Ўзбекистон Республикаси ФВВ раҳбарияти, Тошкент шаҳар ФВБ ва туман ФВ бўлими раҳбар ходимлари етиб борган.
Олмазор тумани Қизғалдоқ кўчасида содир бўлган ёнғин бартараф этилди

Аввал хабар берганимиздек, бугун, 17 сентябрь куни соат 18:07да Тошкент шаҳар Олмазор тумани Қизғалдоқ кўчасида жойлашган мой ишлаб чиқариш цехи худудида 4 та резервуарда нефт махсулоти ёнган.

Шунга кўра ёнғин-қутқарув экипажлари соат 18:17 да воқеа жойига етиб бориб, ёнғин соат 18:55 да ўраб олинган ва соат 18:58 да ўчирилган.

Ҳодиса жойига Ўзбекистон Республикаси ФВВ раҳбарияти, Тошкент шаҳар ФВБ ва туман ФВ бўлими раҳбар ходимлари етиб борган.

Ёнғинни бартараф этишга 7 та ёнғин-қутқарув экипажи, 1 та кўпик хосил қилувчи автомобиль, 2 та автонарвонлар жалб этилган.

Ёнғин оқибатида фуқароларни тан жароҳати олиш ва ҳалок бўлиш холатлари тўғрисида хабар келиб тушмаган.
 
Ҳозирда ёнғиннинг келиб чиқиш сабаби ва келтирилган моддий зарар миқдори аниқланмоқда.
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent shahrida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Muzeyga sayohat - moziyga sayohatdir

Kuni kecha Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan sohada xizmat olib borayotgan xizmatchi va harbiy xizmatlari uchun Toshkent shahrida joylashgan “G‘alaba” bog‘iga sayohat tashkil etildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV qutqaruvchilari tomonidan “Qamchiq” dovonida yo‘l-transprot hodisasiga uchragan haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatildi

Bugun, 19-sentabr kuni soat 07:20 da A-373 avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovonidan o‘tgan 196 kilometrida, “Toshkent-Vodiy” yo‘nalishda tamaki mahsulotlari (sigareta) bilan harakatlanib ketayotgan “VOLVO” rusumli yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lni ajratuvchi beton to‘siqqa urilgan. Oqibatda yuk avtomashinasi ag‘darilib qolgan. Avtomashinada haydovchining o‘zi bo‘lgan.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi qutqaruvchilari va YPX xodimlari yetib borgan. Qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar va Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar texnikalarini jalb qilgan holda yuk avtomashinasini yo‘l chetidagi xavfsiz hududga olib chiqib, haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatdi.

Hodisa oqibatida tan jaroxati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha FVV Akademiyasida atoqli o‘zbek adibi, o‘zbek romanchilik maktabining asoschisi Abdulla Qodiriyning yorqin xotirasiga bag‘ishlangan “Abdulla Qodiriyning so‘nggi kunlari” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuni kecha, Marg‘ilon shahar Ipakchi MFY Qirq Xovuz ko‘chasi 14-uydagi xonadonda yashovchi fuqaro S.U tomonidan uch yoshli qiz farzandi uyda yolg‘iz quluflanib qolganligi bo‘yicha Marg‘ilon shahar FVB dispetcherlik xizmatining «101» qisqa raqami orqali murojaat qilib, yordam so‘ralgan.

Murojaat yuzasidan Marg‘ilon shahar FVB 7-YoQQ harbiy xizmatchilari aytilgan manzilga zudlik bilan yetib borib, 7 qavatli binoning 4-qavatidan 3 tirsakli narvon yordamida uyning oynasi orqali ichkariga kirgan xolda maxsus moslamalardan foydalanib, temir eshik ochilgan va qarovsiz qolib ketgan farzand o‘z onasiga sog‘-salomat topshirilgan. Shu bilan yana bir ko‘ngilsiz holatning oldi olindi.
Ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram