FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
23.4K photos
3.76K videos
10 files
9.48K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me'yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste'mol hajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste'mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.

Eng issiq paytda soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.

Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta'qiqlangan havzalarda cho‘milish qat'iyan man etiladi.

Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste'mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste'mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste'molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.

Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.

Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga harakat qiling.

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o‘rishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish va shaxsiy tarkibning sog‘lig‘ini saqlash maqsadida, bugun, 19-iyul kuni FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida Covid-19 infeksiyasiga qarshi buster doza bilan emlash tadbirlari amalga oshirildi. FVV tizimida bu boradagi ishlar davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Buxoro neftni qayta ishlash zavodida neft sig‘imlarida yong‘in xavfsizligi ta’minlanmoqda

Havo harorati keskin ko‘tarilganligi munosabati bilan Buxoro neftni qayta ishlash zavodi hududidagi sig‘imlarda qo'shimcha sovutish ishlari olib borilib, mavjud maxsulotlar 85 foizdan kam miqdorda saqlanishiga e’tibor qaratilmoqda. Neft maxsulotlarini quyish, to‘kish ishlari havo harorati pasaygan vaqtlarda amalga oshirilmoqda. Favqulodda to‘kish talab qilinganda yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘linmalari tomonidan sovutish ishlari amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қирғиз Республикаси Президенти Садир Жапаровнинг таклифига биноан 21 июль куни Марказий Осиё давлатлари раҳбарларининг навбатдаги Маслаҳат учрашувида иштирок этиш учун Қирғизистоннинг Чўлпонота шаҳрига ташриф буюради.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев по приглашению Президента Кыргызской Республики Садыра Жапарова 21 июля посетит город Чолпон-Ату в Кыргызстане для участия в мероприятиях очередной Консультативной встречи глав государств Центральной Азии.

#Mirziyoyev #sammit #Maslahatuchrashuvi #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Inson hayoti saqlab qolindi

Bugun, soat 11:41 da Toshkent viloyati Zangiota tumanida chiqindi suvlar oqib ketishi uchun mo‘ljallangan quduqdagi nosozlikni bartaraf etish uchun tushgan fuqaro chiqa olmayotganligi haqida viloyat FVBga xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borgan vaqtda quduq ichiga tushgan 46 yoshli fuqaroning sog‘lig‘i yomonlashib, hushini yo‘qotganligi ma'lum bo‘lgan. Tezkorlik bilan qutqaruvchilar maxsus qutqaruv anjomlari yordamida uni quduqdan olib chiqib, birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatgan va hayotini saqlab qolganlar.

Shundan so‘ng malakali tibbiy yordam ko‘rsatish uchun tez tibbiy yordam orqali davolash muassasasiga yuborilgan. Ayni vaqtda fuqaro shifokorlar nazoratida.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев мамлакатимизда амалий ташриф билан бўлиб турган Эрон Ислом Республикаси вице-президенти Сорена Сатторийни қабул қилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял вице-президента Исламской Республики Иран Сорена Саттари, пребывающего в нашей стране с рабочим визитом.

#Mirziyoyev #qabul #Eron #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chorshanba — Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni

Aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish maqsadida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar Namangan viloyati misolida.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Paxtachi tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limida Press-tur tashkil etildi

Kecha, 19-iyul kuni Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Paxtachi tumani bo‘limida "Aholiga favqulodda vaziyatlarda yordam ko‘rsatish uchun yaratilgan imkoniyatlar bilan tanishtiruv" mavzusida jurnalist va blogerlar uchun Press-tur tashkil etildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#online

Ayni vaqtda Toshkent viloyati hududida joylashgan "MAXAM-CHIRCHIQ" AJga qarashli "Kimyogar" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida "Ta'til-2022" tadbiri davomida "Fuqaro muhofazasi kuni" va "Siz – yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilasizmi" mavzularida bolajonlar bilan musobaqalar o‘tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram