FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.7K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
XORAZMDA SPORTNING SHAXMAT TURI BO‘YICHA MUSOBAQA O‘TKAZILDI.

Kuni kecha, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi o‘rtasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqalari o‘tkazildi.

Qizg‘in va murosasiz bahslarga boy bo‘lgan musobaqa yakuniy natijalariga ko‘ra Urganch shahar FVB xodimi Y.Matyaqubov mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, Yangibozor tumani FVB xodimi A.Allayarov ikkinchi va Urganch tumani FVB xodimi Sh.Maxmudov uchinchi o‘rinlarni egalladi.

Musobaqa so‘ngida barcha g‘olib va sovrindorlarga boshqarma rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
E'tibordan ko‘ngillar shod

Ulug‘ ayyom arafasida nogironligi bo‘lgan, boquvchisini yo‘qotgan, kam ta'minlangan hamda ehtiyojmand oilalar farzandlariga bayram tuhfalari in'om etildi.
Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan moddiy va ma'naviy ko‘mak ko‘rsatish maqsadida, Parkent tumanidagi 14 nafar bolaga hamda boshqarmaning quyi tizimi tarkibida xizmat qilayotgan xizmatchi va harbiy xizmatchilarning 17 nafar farzandlari moddiy qo‘llab-quvvatlandi.
Bolajonlarga esdalik sovg‘alari, o‘quv qurolari, turli xil shirinliklar, kiyim-kechaklar sovg‘a qilindi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
"YOSH QUTQARUVCHI" SPORT MUSOBAQASINING TOSHKENT VILOYATI BOSQICHI O‘TKAZILDI

Toshkent viloyati Olmaliq shahridagi "Metallurg" o‘yingohida umumta'lim hamda kasb-xunar ta'lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi.
Bahslarga boy bo‘lgan musobaqaning umumta'lim maktablari o‘rtasida 3-o‘rinni Toshkent tumani 7-sonli maktabning "Qalqon" jamoasi;
2- o‘rinni Chirchiq shahri 13- sonli maktabning "Haloskorlar" jamoasi;
1-o‘rinni Olmaliq shaxar "Shijoat" jamoasi qo‘lga kiritdi.

Kasb-xunar ta'limi muassasalari o‘rtasidagi murosasiz baxslarda:

3-o‘ringa Zangiota tumanining "Lochin" jamoasi;
2 - o‘ringa Parkent tumanining "Qalqon" jamoasi;
1-o‘ringa Ohangaron tumanining "Energetik" jamoasi egalladi.

G‘olib va sovrindorlar musobaqa tashkilotchilari tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

Shuningdek, g‘olib jamoa musobaqoning respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 28-30 aprel kunlari Normativ-texnik yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari bilan qurilish sohasidagi vakolatli organlar, loyihalash va qurilish tashkilotlari hamda boshqa daxldor idoralarning mutaxassislari ishtirokida Farg‘ona viloyatida “Obyektlarni loyihalashtirish va qurishdagi normalash, qurilishi tugallangan obyektlarni foydalanishga qabul qilishga doir yangiliklar, mavjud muammolar va ularni yechimlari hamda shaharsozlik sohasida maxsus vakolatga ega tashkilot vakillari bilan hamkorlikni yanada yaxshilash” mavzusida o‘tkazilgan respublika ilmiy amaliy seminari tavsilotlari lavhasi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон ва Туркия Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Давлат раҳбарлари бутун мусулмон олами учун муқаддас айём – Рамазон ҳайити муносабати билан бир-бирини ва мамлакатларимизнинг биродар халқларини самимий қутлаб, тинчлик-осойишталик, фаровонлик ва равнақ тилакларини изҳор қилдилар.
Етакчилар халқаро сиёсатнинг долзарб масалалари юзасидан ҳам фикр алмашдилар, Туркий давлатлар ташкилотининг навбатдаги саммитига тайёргарлик кўриш масалаларини муҳокама қилдилар.

Президенты Узбекистана и Турции провели телефонный разговор.
Главы государств тепло поздравили друг друга и братские народы наших стран в связи с наступлением священного для всего мусульманского мира праздника Рамазан хайит, искренне пожелав мира, благополучия и процветания.
Лидеры также обменялись мнениями по актуальным вопросам международной политики, обсудили вопросы подготовки очередного саммита Организации тюркских государств.

#Mirziyoyev #muloqot #Turkiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Inson hayoti saqlab qolindi

Kecha, 2-may kuni soat 15:00 da Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumani Yangi qo‘rg‘on qishlog‘iga tabiat qo‘ynida dam olish uchun borgan fuqarolardan biri “Soy mazor” sharsharasi tepasiga chiqib, rasmga tushmoqchi bo‘lgan va ehtiyotsizligi oqibatida tepalikdan yiqilgan hamda o‘ng oyog‘ining son qismini sindirib olganligi bo‘yicha viloyat FVBga habar kelib tushgan.

Voqea joyiga zudlik bilan Bo‘stonliq tumani Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruvchilari yetib borib, jabrlangan fuqaroga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatgan va tepalikdan olib tushib, tez tibbiy yordam xodimlariga topshirgan. Malakaviy tibbiy yordam ko‘rsatish uchun Bo‘stonliq tumani markaziy shifoxonasiga yuborilgan.

Hurmatli dam oluvchilar! tog‘li hududlarda harakat qilganda ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni so‘rab qolamiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Муқаддас Рамазон ҳайити муносабати билан Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев номига жаҳоннинг турли мамлакатлари давлат ва ҳукуматлари, нуфузли халқаро ва минтақавий ташкилотлар раҳбарлари, таниқли сиёсат ва жамоат арбоблари, уламолардан қутловлар келмоқда.
Табрикномаларда Ўзбекистон етакчиси ва кўп миллатли халқига чуқур ҳурмат-эҳтиром изҳор қилинган, тинчлик, бахт-саодат, фаровонлик ва равнақ тилаклари билдирилган.

В связи со священным праздником Рамазан хайит на имя Президента Узбекистана Шавката Мирзиёева поступают поздравительные послания от глав государств и правительств, руководителей авторитетных международных и региональных организаций, видных политических и общественных деятелей, представителей духовенства разных стран мира.
В поздравительных посланиях выражаются чувства глубокого уважения лидеру и многонациональному народу Узбекистана, искренние пожелания мира, счастья, благополучия и процветания.

#Mirziyoyev #qutlovlar #Ramazonhayiti

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram