FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
20K subscribers
26.5K photos
4.64K videos
10 files
10.8K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha Markaz birinchiligi

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” obyektlarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi va uning joylardagi quyi tizimlari xodimlari o‘rtasida “Sug‘diyona” sport o‘yingohida yong‘in o‘chirish amaliy sporti bo‘yicha markaz birichiligi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: Qashqadaryo misolida

Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan turli xildagi favqulodda vaziyatlarning oldini olishda profilaktik tadbirlarning o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Ayni shu maqsadda, FVV xodimlari daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda hududlarda tushuntirish, targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirilgan tartibda olib bormoqda.

Ana shunday tadbirlardan birini Qashqadaryo viloyati misolida ko‘rishimiz mumkin. Qarshi shahrida tashkil etilgan tadbirda soha xodimlari tomonidan aholi ko‘p yig‘iladigan maskanlar, savdo markazlari va yashash xonadonlarida fuqarolarga sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi, botulizm va boshqa ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olishga oid zarur tavsiyalar berildi hamda hushyorlikka chorlovchi eslatma va bukletlar tarqatildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Toshkent viloyati Piskent tumanida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Navbatdagi yangi Favqulodda vaziyatlar bo‘limining binosi Toshkent viloyatining Piskent tumanida barpo etildi. Binoning tantanali ochilish marosimida Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.H.Qo‘ldoshev, Toshkent viloyati hokimi Z.Mirzayev, sektor rahbarlari, Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas'ullari, davlat va jamoat tashkilotlari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olish” mavzusida seminar tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi hamkorligida Andijon va Farg‘ona viloyatlari Favqulodda vaziyatlar boshqarmalarida “Jinoyatchilik va huqubuzarliklarni oldini olish” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya holatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram