FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Toshkent viloyatida FVVning yana bir yangi binosi foydalanishga topshirildi

Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish Favqulodda vaziyatlar vazirligining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi. Bunda zamon talablariga mos va zarur imkoniyatlarga ega bo‘lgan binolarda xizmat vazifalarini olib borish o‘ziga xos samara beradi.

Yaqin-yaqingacha Toshkent viloyati Qibray tumani “Shalola” mahallasi va uning yaqinidagi hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, sodir bo‘lgan yong‘inlarni bartaraf etish uchun kuch va vositalar boshqa hududlardan jalb qilinar edi.

Kuni kecha Toshkent viloyati Qibray tumani “Shalola” mahallasi hududida yong‘in-qutqaruvchilar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan 27-kasbiylashtirilgan yong‘in-qutqaruv qismi foydalanishga topshirildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra 2022-yil 25-31 mart kunlari kutilayotgan vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik hamda havo haroratining sezilarli o‘zgarishlari sababli respublikaning tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Kitob, Shahrisabz, Qamashi, Dehqonobod tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Qumqo‘rg‘on, Sariosiyo, Uzun, Boysun tumanlarida;
Samarqand viloyati: Qo‘shrabot, Nurobod, Samarqand, Urgut, Bulung‘ur tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal tumanlarida;
Toshkent viloyati: Parkent, Ohangaron, Bo‘stonliq tumani va Chotqol tizmasininiz “Chimyon” tog‘larida:
Namangan viloyati: Pop tumani va Qamchiq dovoni hududida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona tumanlarida qor ko‘chish xavfi е’lon qilindi.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra joriy yilning 26-27 mart kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli, respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:
Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzar tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqorg‘on, Muzrobot tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut. Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida:
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq, Yuqori-Chirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalalquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, lzbosgan, Xo‘jaobod, Marxamat tumanlarida va Xonobod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Тошкент халқаро инвестиция форуми доирасида Сурхондарё вилояти Ангор туманида янги иссиқлик электр станцияси қурилишига бағишланган маросим бўлди.
Президент Шавкат Мирзиёев бўлажак станциянинг қуввати ва самарадорлиги ҳақида сўзлади.
Ушбу лойиҳанинг умумий қиймати 1 миллиард 200 миллион доллар бўлиб, унинг натижасида 1 минг 560 мегаватт қувват яратилади.
Давлат раҳбари рамзий тугмани босиб, иссиқлик электр станцияси қурилишини бошлаб берди.

В рамках Ташкентского международного инвестиционного форума состоялась церемония запуска строительства новой тепловой электростанции в Ангорском районе Сурхандарьинской области.
Президент Шавкат Мирзиёев в своем выступлении остановился на параметрах и экономической эффективности объекта.
Стоимость проекта – 1 миллиард 200 миллионов долларов, мощность – 1 560 мегаватт.
Нажав символическую кнопку, глава государства дал старт строительству ТЭС.

#Mirziyoyev #forum #energetika #IES

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida "Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi" mavzusida seminar tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV qutqaruvchilari YTHga uchragan haydovchiga yordam ko‘rsatdi

Hodisa bugun, 24-mart kuni soat 15:05 da, “Toshkent-O‘sh” xalqaro avtomobil yo‘lining 230,8 kilometrida sodir bo‘lgan. “Qamchiq” dovoni orqali “Vodiy-Toshkent” yo‘nalishida harakatlanayotgan “Volvo” rusumli yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotiish natijasida yo‘l chetidagi handaqqa tushib ketgan.

Voqea joyiga zudlik bilan FVVning “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi, Yo‘l-patrul xizmati, Avtoyo‘l xizmati xodimlari yetib borib, handaqqa tushib ketgan yuk mashinasini olib chiqish ishlarini amalga oshirdi.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram