FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyatida aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
#DXAdan_tabrik

Aziz Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimi xodimlari!

Yillar davomida, mamlakatimiz rivojlanishining har bir bosqichida, tashkilotingiz oldiga qo‘yilgan o‘ta muhim vazifani ishonchli ado etib – хalqimizning hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulkini turli ofatlardan himoya qilib, falokatga uchragan kishilarning og‘irini yengil qilib kelmoqdasiz.

Xizmatingiz uchun tashakkur!

Kasb bayramingiz bilan samimiy muborakbod etamiz. Sizga va oila aʼzolaringizga mustahkam sog‘liq, xotirjamlik va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Hurmat bilan,
Davlat xizmatlari agentligi jamoasi

🔗Telegram · Instagram · Facebook · Youtube ·
T A B R I K N O M A

4-mart – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun!

Shu munosabat bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligining fidoyi va zahmatkash barcha shaxsiy tarkibini, ishchi-xizmatchilarini samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimiz ravnaqi, fuqarolarimiz farovonligi yo‘lida amalga oshirayotgan ishlarida ulkan muvaffaqiyatlar yor bo‘lib, vazirlik faoliyati yanada rivojlanishini tilaymiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti
Lift ichida qolgan 2 nafar yosh bolachalar qutqarib olindi

Kecha, 3-mart kuni soat 19:00 da Samarqand viloyati Samarqand shahar Gagarin ko'chasida joylashgan ko‘p qavatli uy xonadonlarining birida istiqomat qiluvchi fuqaro viloyat FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga qo‘ng‘iroq qilib, ko'p qavatli uyning lifti ishlamay qolganligi va ichida yosh bolachalari qolib ketganligi haqida murojaat qilib, amaliy yordam so‘ragan.

Qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, lift ichidan bolalarni chiqarib, onasiga sog‘-salomat topshirdilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
4-mart – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun.

Doimo sog‘-omon bo‘ling, mard va jasur xaloskorlar!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Исломободда Покистоннинг етакчи компаниялари раҳбарлари билан учрашув ўтказди.
Давлатимиз раҳбари Покистон компанияларини биргаликдаги лойиҳаларни кўпайтиришга чақирди. Учрашувда ҳамкорликнинг янги йўналишлари, турли соҳаларда мавжуд имкониятлар юзасидан фикр алмашилди. Истиқболли лойиҳалар муҳокама қилинди.
Президентимиз ишбилармонларнинг режаларини маъқуллаб, тегишли “йўл харитаси” ишлаб чиқиш бўйича мутасаддиларга топшириқ берди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел в Исламабаде встречу с руководителями ведущих компаний Пакистана.
Глава нашего государства призвал пакистанские компании наращивать портфель совместных проектов. Участники встречи обменялись мнениями о новых направлениях сотрудничества и возможностях в различных сферах. Обсуждены перспективные проекты.
Одобрив планы деловых людей, Президент поручил ответственным лицам разработать соответствующую «дорожную карту».

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston #ishbilarmonlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
DIQQAT! "CHIMYON" HUDUDIDA QOR KO‘CHKISI XAVFI MAVJUD!

"CHIMYON"
hududida 2022-yil 5-mart kunidan 16-mart kuniga qadar QOR KO‘CHKISI XAVFI e'lon qilindi.

Hurmatli fuqarolar! Ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishingizni va "DIQQAT! QOR KO‘CHISHI XAVFI MAVJUD" belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni soʻraymiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra, joriy yil 5 - 6 mart kunlari A-373 “Toshkent - O‘sh” avtoyo‘lining “Qamchiq” dovoni hududida qor yog‘ishi, vaqti-vaqti bilan kuchli yog‘ingarchilik, tuman kuzatilishi, ko‘rinuvchanlik 50 m gacha pasayishi, shamol tezligi 18 - 23 m/s gacha kuchayishi, avtoyo‘lda yaxmalak va qor uyumlari yuzaga kelishi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi haydovchilardan barcha xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
4-mart – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topgan kun

Sana munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligida bayram tadbiri tashkil etildi. Shuningdek, hududlarda turli tadbirlar va sport musobaqalari o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ohangaron shahrida Favqulodda vaziyatlar bo‘limining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Bugun, 4-mart – O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi tashkil topganligining 26 yilligi munosabati bilan Toshkent viloyati Ohangaron shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi ma'muriy binosining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram