FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.7K photos
3.83K videos
10 files
9.59K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Qalin qor yog‘ganligi tufayli “Taxtaqoracha” dovoni vaqtincha yopildi

Bugun, 6-fevral kuni soat 11:00 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqorcha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda.
“Taxtaqorcha" dovonini qayta ochilishi bo'yicha FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.
“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida tinimsiz qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun qisqa muddatga yopilgan edi.

Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo'lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlarini muvofiqlashtirib borilmoqda.
Amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 6-fevral kuni soat 11:53 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ONLINE

"Қамчиқ" довони ҳозирги вақтда

Айни дақиқаларда "Қамчиқ" довонида қор ёғмоқда. Фавқулодда вазиятлар вазирлиги йўлни қордан тозалаш ва музламалар ҳосил бўлишининг олдини олиш ишларини мувофиқлаштириб бормоқда.
--------
Перевал Камчик прямо сейчас

В эти минуты на перевале Камчик идёт снег. При координации МЧС ведётся работа по расчистке трассы от снега и предотвращению образования гололедицы на проезжей части. Водителей просим соблюдать все меры предосторожности.
YUK AVTOMOBILIDAGI YONG'IN BARTARAF ETILDI

Bugun, 6-fevral kuni soat 18:28 da Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “101” qisqa raqami orqali M39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yoʻlining Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hududidan oʻtuvchi 977-kilometrida harakatlanib ketayotgan yuk mashinasida yongʻin sodir boʻlganligi toʻgʻrisida maʼlumot kelib tushdi.
Darhol aytilgan joyga yongʻin-qutqaruv boʻlinmalari yuborildi. Dastlabki bo‘linmalar aytilgan manzilga soat 18:45 da yetib borishdi. Yuk avtomobilida ko‘p miqdorda yengil alangalanuvchi va yonuvchi mahsulotlar (lak-bo’yoq) bo‘lganligi sababli yong’inni o’chirishga qo‘shimcha kuch va vositalar jalb etildi. Ayni vaqtda yong‘in to‘liq bartaraf etilib, yong‘indan keyingi ishlar bajarilmoqda.
Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Hozirda yong‘in sababi va koʻrilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Jizzax viloyati FVB Axborot xizmati.
“QAMCHIQ” DOVONIDA QOLIB KETGAN TRANSPORT VOSITALARI VA FUQAROLARGA AMALIY YORDAM KOʻRSATILDI

Bugun, soat 19:05 da “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yongʻin-qutqaruv boshqarmasi navbatchi-dispecheriga kelib tushgan maʼlumotga koʻra, “Qamchiq” dovonidan oʻtgan A-373 “Toshkent-Oʻsh” avtomobil yoʻlining 242 - km shimoliy aylanma yoʻlida ob-havoning keskin oʻzgarishi natijasida tepalikda qolib ketgan 14 nafar fuqaroga yordam kerakligi xaqida maʼlumot kelib tushdi.

Voqea joyiga zudlik bilan “Qamchiq” Qutqaruv otryadidan maxsus texnika hamda qutqaruvchi xodimlar chiqishib, togʻda qolib ketgan 14 nafar fuqarolar hamda ularning transpott vositalarini pastga olib tushish hamda evakuatsiya qilish ishlari amalga oshirildi.


Qutqaruvchilar soat 20:10da barcha fuqarolarni sogʻ-omon pastga olib tushib manzillariga yuborishda amaliy yordam koʻrsatishdi.

Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmagan.
“Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi

Xabaringiz bor, “Taxtaqoracha” dovonida qalin qor yog‘ishi oqibatida yo‘lning yuza qismida muzlamalar xosil bo‘lganligi bois, avtomobillar harakati uchun qisqa muddatga yopilgan edi.

Faqulodda vaziyatlar vazirligi tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda olib borilgan yo'lga qum-tuz aralashmasini sepish va qordan tozalash ishlari muvofiqlashtirib bordi.
Amalga oshirilgan zururiy tadbirlar natijasida bugun, 7-fevral kuni soat 08:30 da “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun qayta ochildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qulflanib qolgan uy ichidagi ikki yoshli qizcha qutqarildi

Kecha, 6-fevral kuni soat 13:15 da Xorazm viloyati FVB navbatchi-dispetcherlik xizmatiga Urganch tumanidagi ko‘p qavatli uyning xonadonlaridan birining kirish eshigi qulflanib, xonadonda 2 yoshli qizchaning qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi.

Zudlik bilan xabar qilingan joyga yetib borgan qutqaruvchilar maxsus asbob-anjomlar yordamida xonadon eshigini ochib, uy ichida qolgan bolajonni onasiga sog‘-salomat topshirdilar.

O‘z navbatida, barcha ota-onalardan farzandlarini nazoratsiz va yolg‘iz qoldirmaslikni so‘rab qolamiz!

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Profilaktik tadbirlar Navoiyda

Navoiy viloyatida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan tegishli tashkilotlarni jalb qilgan holda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar jadal sur'atlarda olib borilmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV Akademiyasi xodimi – “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovi g‘olibi

Kuni kecha O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Toshkent shahar Markaziy kengashida, Toshkent shahrida joylashgan muassasa hamda harbiy qismlardagi O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining boshlang‘ich tashkilotlari yetakchilari o‘rtasida o‘tkazilgan “Yilning eng faol yoshlar yetakchisi” ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlarini tantanali taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kuni kecha Toshkent viloyatining “Toshkent-Chimyon” avtomobil yo‘lining 98 km.da qalin qor yoqqanligi sababli Chimyon dam olish maskaniga kelgan fuqarolar qaytishida noqulayliklarga duch kelishgan. Zudlik bilan Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadi qutqaruuvchilari tomonidan ushbu avtomobil yo‘li nazoratga olinib, avtomobillarning xavfsiz harakatini ta'minlash va fuqarolarinig o‘z uylariga yetib olishlarida amaliy yordam ko‘rsatildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chiroqchi tumanidagi yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 7-fevral kuni soat 13:40 da Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani “Guliston” MFY hududidan o‘tgan “Samarqand-Qarshi” avtomobil yo‘lining 80 kmda joylashgan gaz to‘ldirish shoxobchasida “Kamaz-53212” rusumli yuk avtomobilida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 2 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 13:47 da yetib borib, yong‘in soat 13:49 da qurshab olingan va soat 14:10 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida yuk avtomobilining salon va bort qismi yonib zaralangan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha haydovchilardan boshqaruvidagi transport vositasining texnik sozligiga e'tiborli bo‘lishlarini so‘raydi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Xavfsizlikni ta'minlashning muhim omili

2022-yil yanvar oyi boshida Qoraqalpog‘iston Respublikasida joylashgan o‘ta muhim va toifalangan obyektlar o‘rtasida “Eng ilg‘or yong‘in-qutqaruv qismi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi.

Mazkur tanlovda jami beshta o‘ta muhim va toifalangan obyektlarni yong‘indan muhofaza qiluvchi Yong‘in-qutqaruv qismi jamoalari ishtirok etib, unda "Uz-Kor Gas Chemical" MChJ QK obyektlari binolarida yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish bo‘limi 24-sonli Yong‘in-qutqaruv qismi g‘oliblikni qo‘lga kiritgandi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram