FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
29.5K subscribers
27.2K photos
4.82K videos
10 files
11.1K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi hamkorligida Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya xolatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chang‘i yoki snoubordda uchish qoidalari
1. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi atrofdagilarni xavfga solmagan holda harakat qilishi kerak.
2. Uchishni o‘rganayotganlar tog‘ chang‘ilari yoki snoubordda uchish qoidalarini diqqat bilan o‘rganib chiqishlari kerak. Uchishni instruktor (tajribaga ega uchuvchi) bilan boshlash tavsiya etiladi.
3. Chang‘i va snoubordda uchish moslamasi soz holda bo‘lishi kerak.
4. Trassada doim masofani saqlash kerak. To‘qnashuv sodir bo‘lganda teparoqda ketayotgan shaxs aybdor hisoblanadi.
5. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi yo‘l belgilariga (yo‘nalishni ko‘rsatuvchi, xavfdan ogohlantiruvchi yoki trassa yopiqligini belgilovchi) rioya qilishi kerak.
6. Trassaga mast holda chiqish taqiqlanadi.
7. Pastga tushishning asosiy yo‘nalishida to‘xtash mumkin emas.
8. Tepaga ko‘tarilish yo‘nalishi bo‘ylab pastga tushish taqiqlanadi.
9. Yo‘lni tozalovchi maxsus texnika ishlayotgan hududda uchib yurish taqiqlanadi.
10. Yiqilganda iloji boricha tez trassani bo‘shatish yoki biron belgi berish kerak.
11. Shikastlanganda, yonida uchayotganlardan birini chaqirib, instruktor yoki qutqaruvchiga xabar berish kerak.
12. Baxtsiz hodisa yuzaga kelganda, jabrlanuvchiga yordam berish har bir chang‘i yoki snoubord uchuvchisining majburiyatidir.
13. Chang‘i yoki snoubordda uchish xavfli sport turiga kirganligi sababli uchayotganda tana qismlarini himoyalash uchun maxsus elementlar va shlemdan (kaska) foydalanish kerak.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ulug‘ shoir va mutafakkir siymosiga ehtirom

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida tashkil qilingan ma'naviyat va ma'rifat mashg‘uloti so‘z mulkining sultoni, ulug‘ shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlandi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Kuni - kecha Toshkent vilyaoti Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, yong‘in-qutqaruv otryadlari va qismlari o‘rtasida, Yong‘in-qutqaruv funksional ko‘pkurash hamda ishg‘ol qilish narvonlari orqali o‘quv minorasining 3-qavatiga ko‘tarilish turlari bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusi ostida seminar tashkil etildi

Kuni kecha Nukus harbiy prokuraturasi mas'ul xodimlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusi ostida seminar bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy maqsad shaxsiy tarkibning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, eng asosiysi, korrupsiyaviy holatlarga murosasiz munosabatni shakllantirish etib belgilandi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun, 4-fevral kuni Toshkent viloyatining Nurafshon shahrida o‘tkazilgan “Donorlik” hayriya aksiyasida Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari faol ishtirok etdilar.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Samarqand Aeroporti yangi Aerodrom kompleksini qurish va uni 2022-yilning I choragi oxiriga qadar foydalanishga topshirish ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.
Ushbu obyektda favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etishga qaratilgan o‘quv mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
Tadbirga Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish Davlat tizimi kuch va vositalari jalb etilib, ularning favqulodda vaziyatlarda harakatlanishga oid tayyorgarlik darajasi oshirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram