FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.2K photos
3.7K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Хитой Раиси Си Цзиньпиннинг таклифига биноан XXIV қишки Олимпия ўйинларининг очилишида иштирок этиш учун 4-5 февраль кунлари ташриф билан Пекин шаҳрида бўлади.
Маросим 4 февраль куни “Қуш ини” миллий стадионида хорижий давлатлар ва расмий делегациялар етакчилари, нуфузли халқаро ташкилотлар раҳбарлари иштирокида ўтади.
Ташриф дастурига мувофиқ Ўзбекистон Президенти қатор икки томонлама учрашувлар ҳам ўтказади.

По приглашению Председателя КНР Си Цзиньпина 4-5 февраля Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев посетит город Пекин для участия в открытии XXIV зимних Олимпийских игр.
Церемония пройдет 4 февраля на национальном стадионе «Птичье гнездо» с участием лидеров зарубежных государств и официальных делегаций, руководителей авторитетных международных организаций.
В соответствии с программой пребывания Президент Узбекистана также проведет ряд двусторонних встреч.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #Olimpiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatda is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan profilaktik tadbirlar "ZAMON" informatsion dasturida

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Temir panjara ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘ldi

Bugun, 3-fevral kuni soat 16:49 da Toshkent shahar Sergeli tumani “Qurbaytepa” MFY Sa'diy ko‘chasida joylashgan temir panjara ishlab chiqarish sexida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tumun FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji voqea joyiga soat 16:56 da yetib borib, yong‘in soat 17:15 da qurshab olingan va soat 17:31da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida sexning taxminan 120 kv.m maydonida tomi va shift qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев 2022 йилги қишки Олимпия ўйинларининг очилиш маросимида иштирок этиш учун Пекин шаҳрига ташриф буюрди.
Хитой пойтахтининг “Шоуду” халқаро аэропортида давлатимиз раҳбарини ушбу мамлакатнинг расмий шахслари кутиб олди.
Қишки Олимпиаданинг очилиш маросими бугун Тошкент вақти билан 17:00 да Пекиндаги “Қуш уяси” миллий стадионида бошланади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев прибыл в Пекин для участия в церемонии открытия зимних Олимпийских игр 2022 года.
В международном аэропорту «Шоуду» китайской столицы высокого гостя встретили официальные лица КНР.
Церемония открытия зимней Олимпиады начнется сегодня вечером на Пекинском национальном стадионе «Птичье гнездо», начало – в 17:00 по ташкентскому времени.

#Mirziyoyev #tashrif #Xitoy #Pekin2022

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Kuni kecha, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy prokuraturasi va O‘zbekiston Respublikasi Harbiy sudi hamkorligida Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida amaliy seminar o‘tkazildi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya xolatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chang‘i yoki snoubordda uchish qoidalari
1. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi atrofdagilarni xavfga solmagan holda harakat qilishi kerak.
2. Uchishni o‘rganayotganlar tog‘ chang‘ilari yoki snoubordda uchish qoidalarini diqqat bilan o‘rganib chiqishlari kerak. Uchishni instruktor (tajribaga ega uchuvchi) bilan boshlash tavsiya etiladi.
3. Chang‘i va snoubordda uchish moslamasi soz holda bo‘lishi kerak.
4. Trassada doim masofani saqlash kerak. To‘qnashuv sodir bo‘lganda teparoqda ketayotgan shaxs aybdor hisoblanadi.
5. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi yo‘l belgilariga (yo‘nalishni ko‘rsatuvchi, xavfdan ogohlantiruvchi yoki trassa yopiqligini belgilovchi) rioya qilishi kerak.
6. Trassaga mast holda chiqish taqiqlanadi.
7. Pastga tushishning asosiy yo‘nalishida to‘xtash mumkin emas.
8. Tepaga ko‘tarilish yo‘nalishi bo‘ylab pastga tushish taqiqlanadi.
9. Yo‘lni tozalovchi maxsus texnika ishlayotgan hududda uchib yurish taqiqlanadi.
10. Yiqilganda iloji boricha tez trassani bo‘shatish yoki biron belgi berish kerak.
11. Shikastlanganda, yonida uchayotganlardan birini chaqirib, instruktor yoki qutqaruvchiga xabar berish kerak.
12. Baxtsiz hodisa yuzaga kelganda, jabrlanuvchiga yordam berish har bir chang‘i yoki snoubord uchuvchisining majburiyatidir.
13. Chang‘i yoki snoubordda uchish xavfli sport turiga kirganligi sababli uchayotganda tana qismlarini himoyalash uchun maxsus elementlar va shlemdan (kaska) foydalanish kerak.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ulug‘ shoir va mutafakkir siymosiga ehtirom

Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparatida tashkil qilingan ma'naviyat va ma'rifat mashg‘uloti so‘z mulkining sultoni, ulug‘ shoir va mutafakkir Mir Alisher Navoiy tavalludining 581 yilligiga bag‘ishlandi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi

Kuni - kecha Toshkent vilyaoti Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida viloyat Favqulodda vaziyatlar bo‘limlari, yong‘in-qutqaruv otryadlari va qismlari o‘rtasida, Yong‘in-qutqaruv funksional ko‘pkurash hamda ishg‘ol qilish narvonlari orqali o‘quv minorasining 3-qavatiga ko‘tarilish turlari bo‘yicha “Boshqarma boshlig‘i kubogi” musobaqasi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram