FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.2K subscribers
24.3K photos
3.97K videos
10 files
9.82K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
QULFLANIB QOLGAN UYDAGI BOLALAR QUTQARILDI

Kecha, 30-yanvar kuni Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga “1050” qisqa raqami orqali ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarda qulflanib qolgan bolalar to‘g‘risida 2 ta murojaat kelib tushdi. Jumladan, soat 11:21 da Jizzax shahar Zilol “MFY”da joylashgan ko‘p qavatli uyning 7-qavatida 3 yoshli qizcha va soat 11:50 da “Kimyogar” MFYda joylashgan ko‘p qavatli uyning 3-qavatida ikki nafar bolalar qulflanib qolgan uyda qolganligi to‘g‘risida ma'lumot kelib tushdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Bugun, 31-yanvar kuni Samarqand viloyati Urgut tumanidan o‘tuvchi “Taxtaqoracha” dovonida “FVDT hududiy va funksional quyi bo‘g‘inlari xizmatlarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarda hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Quva savdo kompleksidagi yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 1 fevral kuni soat 06:23da Farg‘ona viloyati, Quva tumani “G‘alaba” MFY, Bo‘ston ko‘chasida joylashgan Quva savdo kompleksida (bozor) taxminan 25 ta kiyim-kechak do‘konining tomi, shifti va ichki qismi yongan.
Yongin o‘chirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:27da yetib borib, yong‘in 07:10da qurshab olinib, 07:37da o‘chirildi.
Hodisa oqibatida fuqarolarning tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmadi.
Voqea joyiga viloyat hamda tuman FVBlari rahbar xodimlari va 11 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etilgan.
Hozirda yong‘in sababi va keltirilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuchlilar aniqlandi.

Kuni kecha Qashqadaryo viloyati FVB va uning quyi tuzilmalari o‘rtasida “Stol tennisi” bo‘yicha boshqarma birinchiligi bo‘lib o‘tdi.
Bellashuvda 44 nafar harbiy va xizmatchilar ishtirok etishdi.
Harbiylar o‘rtasida 3-o‘rinni boshqarma «Sho‘rtanneftgaz” MChJ ob’ekti binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi 38-yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchisi Sh.Yo‘ldoshev qo‘lga kiritgan bo‘lsa, 2-o‘rin Qarshi shahar bo‘lim qutqaruvchisi E.Tilovovga nasib etdi. Faxrli 1-o‘rinni esa «Sho‘rtanneftgaz” MChJ OBYOXTTEB 36-yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchisi M.Azamatov qo‘lga kiritdi.
Xizmatchilar o‘rtasida ishtirok etgan boshqarma qutqaruv otryadi qutqaruvchisi A.Boboqulov faxrli 1-o‘ringa munosib ko‘rilgan bo‘lsa, 2-o‘rinni Qarshi tumani 3-profesional yong‘in-qutqaruv qismi qism boshlig‘i A.Fayziyev va 3-o‘rinni Muborak tumani 14-profesional yong‘in-qutqaruv qismi qutqaruvchisi E.Shodmonov qo‘lga kiritdi.
Musobaqa g‘oliblari munosib taqdirlanishdi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент сектор раҳбарларига маҳаллабай ишлаш бўйича кўрсатмалар берди
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi, yong‘inlar va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlarni oldini olishga qaratilgan keng ko‘lamli profilaktik tadbirlardan lavha

FVV OGOHLANTIRADI!
IS GAZI HAYOT UCHUN XAVFLI!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qondagi xonadonda gaz portlashi sodir bo‘ldi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma'lumot
Ushbu xabarda portlash oqibatida uy to‘liq qulab tushgani, shu atrofdagi o‘n beshga yaqin xonadonga esa turli darajada talafot yetgani aytilgan. Aslida hech qanday portlash va chaqnash hodisalari sodir bo‘lmagan.

Aynan aytib o‘tilgan manzilda joriy yilning 1-fevral kuni soat 18:24 da Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahar “64-sonli Saodat” MFY Otabek noib ko‘chasida joylashgan uylarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida shahar FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:27 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:32 da qurshab olingan va soat 18:42 da batamom o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida xonadonning 60 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Tezkor harakatlar natijasida yong‘indan uyning 100 kv.m maydoni saqlab qolingan. Yong‘in oqibatida qo‘shni xonadonlarga ziyon yetmagan.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni: keng qamrovli targ‘ibot tadbirlari kuchaytirilgan tartibda olib borilmoqda

Aholi va hududlarni yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsiz vaziyatlardan muhofaza qilish va isitish mavsumini betalofat o‘tkazish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi va uning hududiy boshqarmalari hamda tarkibiy tuzilmalari xodimlari daxldor tashkilotlar hamkorligida hududlarda doimiy ravishda kun-u tun profilaktik tadbirlarni uyushqoqlik bilan tashkil etmoqda. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram