FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.2K subscribers
24.3K photos
3.96K videos
10 files
9.82K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
“Tilga e'tibor – elga e'tibor” mavzusida kitoblar ko‘rgazmasi

21-oktyabr sanasida yurtimizda O‘zbek tili bayrami kuni keng nishonlanadi. Mamlakatimizda ushbu bayramga tayyorgarlik ishlari allaqachon boshlab yuborilgan bo‘lib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida ham davlat tili targ‘ibotiga bag‘ishlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “O‘zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi bilan hamkorlikda “Tilga e'tibor – elga e'tibor” mavzusida kitoblar va ijodiy ishlar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Mazkur kitoblar ko‘rgazmasiga boshqarma rahbariyati, murabbiylar kengashi, boshqarma, hududiy bo‘lim va bo‘linma hamda tarkibiy tuzilmalarining 300 nafardan ortiq shaxsiy tarkibi jalb etildi.
Ko‘rgazmani boshqarma boshlig‘i general-mayor R.Xaydarov kirish so‘zi bilan ochib, tadbir ahamiyatiga to‘xtaldi va boshqarma tizimida O‘zbek tili bayrami kunini yuqori saviyada tashkil etish va o‘tkazish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Batafsil
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV OGOHLANTIRADI!
YONG‘IN XAVFSIZLIGI QOIDALARIGA RIOYA QILING!!!
——————-
МЧС ПРЕДУПРЕЖДАЕТ!
СОБЛЮДАЙТЕ ПРАВИЛА ПОЖАРНОЙ БЕЗОПАСНОСТИ!!!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jar yoqasidan qutqarildi

Joriy yilning 26 sentyabr kuni bir guruh fuqarolar Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumaniga dam olish maqsadida boradilar. Uyga qaytayotgan vaqtda avtomobil haydovchisi kutilmaganda boshqaruvni yo‘qotadi va avtotransport jarlik tomon harakatlanib, qiyalikda turib qoladi.

Ushbu holat yuzasidan Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadiga xabar kelib tushgan. Xabarga ko‘ra, otryad qutqaruvchilari voqea joyiga yetib borib, fuqarolarga zarur amaliy yordam ko‘rsatdilar va qiyalikdagi avtomobil yuqoriga olib chiqildi.

Vaziyat oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Xavfsizlik, mas'uliyat va targ‘ibot: Forish tumanida maxsus-taktik o‘quv mashqi

So‘nggi vaqtlarda transport vositalarida ro‘y berayotgan ko‘ngilsiz hodisalar – yong‘in va portlashlar haqidagi xabarlar ijtimoiy tarmoqlarda tez-tez uchramoqda. Bu kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda hududlarda targ‘ibot tadbirlari hamda maxsus-taktik o‘quv mashqlari tashkil etilmoqda.

Xususan, kuni kecha Jizzax viloyati Forish tumanida joylashgan gaz to‘ldirish kompressor stansiyasida ham ayni shu maqsadda maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Unda maskan ishchilari, tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi mutaxassislari va boshqa tezkor xizmatlar vakillari ishtirok etishdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Seysmik xavfsizlikni ta'minlash qonun bilan tartibga solinadi

Bugun, 30-sentyabr kuni Andijon tibbiyot instituti majlislar zalida Favqulodda vaziyatlar vazirligi Seysmoprognostik monitoring markazi va Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash to‘g‘risida”gi 2021-yil 13-sentyabrdagi O‘RQ 713-son Qonunining mazmun-mohiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha matbuot anjumani o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Shaxrixon tumanidagi savdo markazida yong‘in bartaraf etilmoqda

Bugun, 30 sentyabr kuni soat 15:34 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Shaxrixon tumanida joylashgan ikki qavatli “Super market”ning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Ayni vaqtda voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji yetib borgan va savdo markazida bo‘lgan fuqarolar xavfsiz joyga evakuatsiya qilingan. Hozirda yong‘inni bartaraf etish ishlari amalga oshirilmoqda.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yong‘in oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish holatlari qayd etilmagan.


Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Shaxrixon tumanidagi savdo markazida sodir bo‘lgan yong‘in bartaraf etildi

Bugun, 30 sentyabr kuni soat 15:34 da Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Shaxrixon tumanida joylashgan ikki qavatli “Super market”ning yerto‘lasida yong‘in ro‘y berayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra, voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:40 da yetib borib, yong‘in soat 16:17 da o‘rab olingan va soat 16:29 da o‘chirilgan.

Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.


Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Yoshlarga bag‘ishlandi

Yoshlar – bu mamlakat kelajagi ekanligi va butun jamiyatning istiqboldagi rivojlanishi ular faoliyatining boshlang‘ich sharoitlariga bog‘liqligi bilan belgilanadi. Ayni maqsadda kuni kecha “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” Davlat korxonasida Yong‘in xavfsizligini ta'minlashni tashkil etish markazi va uning joylardagi bo‘limlari tomonidan “Yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va ularga berilayotgan imtiyozlar mavzusi”ga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRI GENERAL - LEYTENANT T.A.XUDAYBERGENOVNING 1- OKTYABR – “O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI” BAYRAMI MUNOSABATI BILAN BAYRAM TABRIGI

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1- oktyabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” bayrami munosabati bilan Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ustozlarni samimiy muborakbod etadi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Talabalar yotoqxonasida maxsus-taktik o'quv mashqi o'tkazildi

Joriy yil 29-sentabr kuni Samarqand arxitektura va qurilish institutining talabalar yotoqxonasida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamda tegishli xizmatlar hamkorligida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo'lib o'tdi.

O‘quv mashqi g‘oyasiga ko‘ra, talabalar yotoqxonasida shartli ravishda sodir bo‘lgan yong‘inni bartaraf etish, jabrlangan insonlarni xavfsiz joylarga evakuatsiya qilish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish va tibbiyot muassasasiga yuborish tadbirlari bajarildi.

O‘quv mashqi yakunida mutaxassislar tomonidan ishtirokchilarga zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram