FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.71K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Hushyorlik – xotirjamlik garovi: profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Surxondaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning quyi tizimi xodimlari, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda kuz-qish mavsumini betalofatlar o‘tkazish maqsadida, viloyat hududida joylashgan aholi yashash xonadonlari, ijtimoiy soha ob'ektlari hamda boshqa maskanlarda is gazidan zaharlanish, gaz va havo aralashmasining chaqnashi va boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olishga qaratilgan keng qamrovli o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda. Tadbirlar davomida aniqlangan kamchiliklar tegishli mutaxassislar tomonidan joyida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон ва Россия Президентлари телефон орқали мулоқот қилдилар.
Кўп қиррали ҳамкорлик ва стратегик шериклик муносабатларини янада мустаҳкамлашнинг долзарб масалалари муҳокама қилинди. Афғонистонда вужудга келаётган вазиятни ҳисобга олган ҳолда минтақа кун тартибидаги масалалар юзасидан фикр алмашилди.
Шунингдек, Президентлар бўлажак олий даражадаги учрашувлар режасини кўриб чиқдилар.

Cостоялся телефонный разговор Президентов Узбекистана и России.
Были обсуждены актуальные вопросы дальнейшего укрепления узбекско-российских отношений многопланового сотрудничества и стратегического партнерства. Состоялся обмен мнениями по региональной повестке в контексте складывающейся ситуации в Афганистане.
Президенты также рассмотрели график предстоящих встреч на высшем уровне.

#Mirziyoyev #muloqot #Rossiya #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Президент Шавкат Мирзиёев Халқаро молия корпорацияси (ХМК) бошқарувчи директори Махтар Диоп бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.
Музокаралар чоғида соғлиқни сақлаш ва таълим соҳаларидаги ислоҳотларни қўллаб-қувватлаш, шу жумладан соҳада бошқарув тизимини такомиллаштириш ва жараёнларни рақамлаштиришга доир дастур ва лойиҳаларда ХМКнинг иштирокини кенгайтиришга алоҳида эътибор қаратилди.

Президент Шавкат Мирзиёев принял делегацию Международной финансовой корпорации (МФК) во главе с управляющим директором Махтаром Диопом.
В ходе переговоров особое внимание было уделено расширению участия МФК в программах и проектах поддержки реформ в сферах здравоохранения и образования, в том числе путем совершенствования системы управления и цифровизации процессов.

#Mirziyoyev #qabul #XMK #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni

Shu munosabat bilan Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari, daxldor tashkilotlar hamkorligida viloyat hududida joylashgan savdo bozorlari va yirik savdo komplekslarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, shuningdek, boshqa tusdagi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

Tadbirlar davomida aniqlangan kamchliklar joyida bartaraf etilib, aholi va savdo xodimlariga zarur tavsiya hamda ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chust tumani “Bibiona” MFYda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 15 sentyabr kuni soat 10:52da Namangan viloyati Chust tumani “Bibiona” MFY Bibiona ko‘chasida joylashgan xonadonlarning birida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushdi.

Zudlik bilan tuman FVBning 3 ta yong‘in-qutqaruv ekipajlari soat 11:04da voqea joyiga yetib borib, soat 11:07da yong‘in o‘rab olingan va soat 11:55da o‘chirilgan.

Yong‘indan xonadonning taxminan 170 kv.m maydonda tom, shift qismi va uy jihozlari yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va jabrlanganlar yo‘q.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Yuqoridagi kabi ko‘ngilsiz vaziyatlarning oldini olish maqsadida, Favqulodda vaziyatlar vazirligi fuqarolardan yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya etishni so‘rab qoladi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
DOLZARB MAVZUDAGI SEMINAR

Kuni kecha Favqulodda vaziyatlar vazirligi Markaziy apparati majlislar zalida vazirlik shaxsiy tarkibi ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Xotin-qizlar va gender tenglik masalalari qo‘mitasi bilan hamkorlikda “Gender strategiyasining mazmun-mohiyati va ahamiyati” mavzusida seminar o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram