FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.7K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
"Yong‘in xavfsizligi oyligi" doirasidagi profilaktik tadbirlar

Respublikamiz bo‘ylab o‘tkazilayotgan “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida Samarqand, Andijon va Farg‘ona viloyatlari FVB xodimlari tomonidan daxldor xizmatlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlarni kuchaytirilgan tartibda olib bormoqda.

Mazkur tadbirlarda alohida e'tibor aholi xonadonlari va isitish qozonxonalarining yong‘in xavfsizligi holatini o‘rganish va aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf qilishga qaratilib, tushuntirish, targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Yong‘in_xavfsizligi_oyligi

Buxoro viloyati FVB xodimlari tomonidan tegishi tashkilotlar bilan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar yuzasidan tayyorlangan maxsus reportaj, shuningdek, Toshkent, Buxoro, Samarqand, Andijon viloyatlari va Toshkent shahar FVB xodimlari olib borilayotgan profilaktik tadbirlar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ва иқтисодиёт тармоқларини энергия билан узлуксиз таъминлаш, соҳа корхоналарида самарадорликни ошириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди.

Президент Шавкат Мирзиёев провел совещание по вопросам бесперебойного обеспечения энергией населения и отраслей экономики, повышению эффективности на предприятиях сферы.

#Mirziyoyev #yigilish #energetika #taminot

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyati Zomin tumanida Favqulodda vaziyatlar vazirligining Oʻrmon yongʻinlarini bartaraf etishga ixtisoslashtirilgan yongʻin-qutqaruv otryadi yangi binosini foydalanishga topshirish marosimi boʻlib oʻtdi. Unda Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qoʻldoshev ishtirok etdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Chimboy tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 13-15-noyabr kunlari Qoraqalpog'iston Respublikasi FVB boshchiligida Chimboy tumani boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlarining “Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro muhofazasi tuzilmasi hamda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi bo‘lib o‘tdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-maydagi PQ-158-son Qarori qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining tegishli bayoni asosida joriy yilning 4-14 noyabr kunlari O'zbekiston Respublikasi hududida seysmik xavfsizlikni ta'minlash, aholini zilzilada harakat qilish bo'yicha bilim va ko'nikmalarini oshirish maqsadida, "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" o‘tkazildi.

Ushbu xaftalik doirasidagi tadbirlarga FVV va daxldor tashkilotlar mutaxassislaridan iborat jami 25 000 nafar xodimlar jalb etildi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/27700

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Olmaliq shahrida ommaviy sayyor qabul o‘tkazildi

Kecha, 15-noyabr kuni Toshkent viloyatning Olmaliq shahrida Qurolli Kuchlar tizimidagi vazirlik va idoralar hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning ommaviy sayyor qabuli o‘tkazildi.

Unda Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M. Mansurov ishtirok etib, viloyat FVB tizimida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xizmatchilar, ularning oila a’zolari, shuningdek fuqarolarning turli yo‘nalishlardagi murojaatlari tinglandi va bayon etilgan masalalar mas’ullar ishtirokida ko‘rib chiqildi. Asosiy e’tibor murojaatlarni o‘z vaqtida hal etishga qaratilib, mutasaddilarga vazifalar yuklatildi va ijrosi nazoratga olindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X