FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.3K photos
3.71K videos
10 files
9.4K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imkon qadar yong‘in to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot oling. Ogohlik bu xavfli hodisaning oldini olishga imkon beradi.
—————
Узнайте о нём как можно больше. Осведомлённость позволит вам предотвратить это опасное явление.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Sherobod tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 13-15-noyabr kunlari, Surxondaryo viloyati FVB boshchiligida  Sherobod tumani boshqaruv organlari, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlarining “Texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarning oqibatlarini bartaraf etishda fuqaro muhofazasi tuzilmasi hamda favqulodda vaziyatlarda davlat quyi tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqi bo‘lib o‘tmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Andijon ko‘chalarida “Yong’in xavfsizligi avtokarvoni” orqali targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Andijon viloyati FVB tomonidan YPX xodimlari bilan hamkorlikda yurtimizda joriy yilning 15-noyabrdan-15-dekabrgacha "Yong‘in xavfsizligi oyligi" tadbiri o‘tkazilishi munosabati bilan “Yong’in xavfsizligi avtokarvoni” orqali targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Unda, Avtokarvon texnikalarining ovoz kuchaytirgichlari orqali maxsus audiorolik bilan viloyatning markaziy ko‘chalarida aholini oylik doirasida faol ishtirok etishga chorladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Namangan va Samarqandda ''Yong‘in xavfsizligi oyligi'' oldidan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda “15-noyabrdan 15-dekabrgacha o‘tkaziladigan ''Yong‘in xavfsizligi oyligi'' doirasida aholi oʻrtasida is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi va yong‘inlarni oldini olish bo‘yicha Namangan va Samarqand viloyatlari FVB tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar” mavzusida jurnalist va blogerlar uchun matbuot anjumani o‘tkazildi.

Unda aholi va hududlarni, fuqarolarning mol-mulkini sodir bo'lishi mumkin bo'lgan yong'inlardan muhofaza qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar va boshqa favqulodda vaziyatlar yuzasidan ma'lumotlar berildi.

Jurnalist, bloger va OAV vakillari mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan atroflicha javoblar oldilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Joylarda "Aholini zilzilaga tayyorlash haftaligi" doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

Haftalik doirasida Qashqadaryo, Surxondaryo va Jizzax viloyatlari FVB xodimlari tomonidan keng qamrovli tadbirlar olib borilmoqda. Unda aholi bilan zilziladan oldin, zilzila vaqtida va zilziladan keyin harakatlanishlari bo'yicha profilaktik tadbirlar va o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazilib, ularning bilim, ko‘nikmalari oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Namangan va Andijon viloyatlari FVB xodimlari tomonidan tegishi tashkilotlar bilan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish borasida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar, shuningdek, Navoiy viloyati FVB xodimlari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish borasida o‘tkazilgan seminar tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X