FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.8K subscribers
24.5K photos
4K videos
10 files
9.88K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Samarqandda ''Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi''ning respublika bosqichiga start berildi

Joriy yilning 28-29 oktyabr kunlari Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi va boshqa daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda FVV tomonidan otaliqqa olingan yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, ularning qobilyati va mahoratini namoyon etishlari uchun sharoit yaratish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, Samarqand shahrida “Yurtning kuchi - birlikda, qadri esa tinchlikdadir” shiori ostida Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarning respublika bosqichi o‘tkaziladi.

Mazkur bellashuv bugun, qura tashlash marosimi bilan boshlanib, jamoa vakillariga musobaqaning shartlari tanishtirib o‘tildi.

Musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatilardan jami 14 ta jamoa 6 ta shart bo‘yicha o‘zaro bellashadilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Hurmatli fuqarolar ❗️

Is gazidan zaharlanish, yong‘inlar va gaz-havo aralashmasining chaqnashidan ogoh bo‘ling!
———————————————
KUZ-QISH MAVSUMI DAVRIDA:

Uylarni isitish maqsadida nosoz holdagi va qo‘lbola isitish jihozlaridan foydalanmang!

Yosh farzandlaringizni qarovsiz qoldirmang!

Tabiiy gaz tarmoqlari va elektr ta’minotini har kuni nazorat qilishni unutmang!

Ko‘p qavatli uylarning shamollatish tizimidan to‘g‘ri foydalaning!

Yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Imkon qadar yong‘in to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot oling. Ogohlik bu xavfli hodisaning oldini olishga imkon beradi.
—————
Узнайте о нём как можно больше. Осведомлённость позволит вам предотвратить это опасное явление.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
FVV Akademiyasi terma jamoasi sovrindorlar qatorida

Joriy yilning 25-26 oktabr kunlari, O‘zbekiston jismoniy tarbiya va sport universitetida sportning armrestling turi boְ‘yicha bo‘lib o‘tgan “Rektor kubogi” turnirida FVV Akademiyasi terma jamoasi faol ishtirok etib 1 ta kumush va 2 ta bronza medalini qo‘lga kiritdilar.

Musobаqa yakunida sovrindorlarga tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovg‘alari tantanali topshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Керакли_маълумот_видеоқўлланма

Зилзила ҳақида билишингиз керак бўлган маълумотлар. Эътиборингиз учун махсус видеоролик.
—————-
#Полезные_знания_видеоинструкция

Всё что нужно знать о землетрясении. Вашему вниманию специальный видеоролик.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
“Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi”ning respublika bosqichi davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, Samarqand viloyatida FVV tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan “Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi” sport musobaqalari va ko‘rik-tanlovlarining respublika bosqichi o‘tkazilmoqda.

Musobaqa shartlaridan sportning shaxmat, voleybol turlari hamda arqondan o‘tib chodir tikish yo‘nalishi g‘oliblari aniqlandi.

Unda, sportning shaxmat turi bo‘yicha:

🥇1-o‘rinni Surxondaryo viloyati;
🥈2-o‘rinni Farg‘ona viloyati;
🥉3-o‘rinni Namangan viloyati jamoasi a’zolari egalladi.

Sportning voleybol turi bo‘yicha:

🥇1-o‘rinni Qoraqalpog‘iston Respublikasi;
🥈2-o‘rinni Samarqand viloyati;
🥉3-o‘rinni Namangan viloyati jamoasi egalladi.

Arqondan o‘tib chodir tikish yo‘nalishi bo‘yicha:

🥇1-o‘rinni Samarqand viloyati;
🥈2-o‘rinni Navoiy viloyati;
🥉3-o‘rinni Jizzax viloyati jamoasi egalladi.

Bellashuv qizg‘in va murosasiz davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi daxldor tashkilotlar bilan birgalikda sel-suv toshqini va ko‘chki hodisalarining oldini olishga qaratilgan ishlarni muntazam ravishda amalga oshirib kelmoqda. Ushbu tasvirlar Jalaquduq tumanida suratga olingan. Bu yerda Qoradaryo qirg‘oqlarini mustahkamlash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
———————-
Управление по чрезвычайным ситуациям Андижанской области, совместно с профильными структурами проводит регулярную работу, направленную на предупреждение селе-паводковых и оползневых явлений. Эти кадры были сняты в Джалакудукском районе. Здесь ведётся комплекс мероприятий по укреплению берегов реки Карадарья.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X