FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
24K photos
3.89K videos
10 files
9.69K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Andijonda “Favqulodda vaziyatlar volontyorlari” faoliyatini tashkil etish va “Volontyor qutqaruvchi” loyihasi bo‘yicha boshlang‘ich o‘quv yig‘ini o‘tkazilmoqda

Joriy yilning 19-21 sentyabr kunlari Andijon viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston Volontyorlari assotsiatsiyasining Qo‘shma qaroriga asosan, viloyat FVBda volontyor-qutqaruvchilik istagini bildirgan yoshlar bilan 24 soatlik o‘quv dasturi asosida uch kunlik o‘quv yig‘ini o‘tkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
🔰Pech yordamida isitishga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔷Qonunchilikka ko‘ra, odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar bo‘ladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini o‘rnatish taqiqlanadi

🔷Suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida:
🔴isitish pechlari uch oyda bir marta;
🔴doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va o‘choqlar ikki oyda bir marta;
🔴 oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta o‘tkaziladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Toshkent shahar, Navoiy va Jizzax viloyatlari FVB xodimlari tomonidan kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish hamda paxta qabul qilish maskanlarida olib borilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsiloti.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Forwarded from ФВВ Ахборот хизмати
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik tadbirlari

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo'qorg'i Kengashining aholi xonadonlaridagi isitish tizimlarini modernizatsiyalagan holda ko'mirda ishlovchi pechlarni o'rnatish, energiya tejamkor uskunalardan foydalanish hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlarini olib borish bo'yicha berilgan topshiriqlari ijrosini ta’minlash maqsadida, hokimliklar, Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, "Hududgaz Qoraqalpog'iston" va Mahallalar uyushmasi boshqarmasi hamkorligida Qoraqalpog‘iston Respublikasining barcha hududlarida ko'rgazmali o'quv-seminarlari o'tkazilmoqda.

Seminar davomida is gazidan zaharlanish, yong'in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo'yicha xavfsizlik qoidalari tushuntirilib, eslatma materiallari tarqatilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Andijon viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Toshqinga qarshi komissiya a’zolari bilan hamkorlikda yuzaga kelishi mumkin boʻlgan sel, suv toshqini va boshqa favqulodda vaziyatlardan aholini va hududlarni muhofaza qilish maqsadida olib borilayotgan qirg‘oq mustahkamlash tadbirlar tafsiloti.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Xalqaro Senday hadli dasturi koordinatorlari bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Kecha, 20-sentabr kuni Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o‘rinbosari – Shtab boshlig‘i polkovnik S.T.Zuparov boshchiligidagi vazirlik mutaxassislari BMT Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boshqarmasining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori N.A.Kanoni bilan ikki tomonlama uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

📌Batafsil: https://gov.uz/oz/fvv/news/view/22334

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
⚡️Favqulodda vaziyat yoki yong‘in sodir bo‘lganda 101 yoki 1050 raqamlariga qo‘ng‘iroq qiling:

🔹xabarda voqea sodir bo‘lgan aniq manzil
🔹familiya va ism
🔹nima sodir bo‘lganligini aytish kerak.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
FVV qutqaruvchilari “Katta chimyon” tog‘ida fuqarolarga amaliy yordam ko‘rsatdi

Kecha, 21-sentabr kuni soat 16:15 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga Bo‘stonliq tumani “Chimyon” mahalla hududidagi “Katta chimyon” tog‘iga toʻrt nafar fuqaro sayr qilish maqsadida borib,  yo‘ldan adashib qolganligi haqida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, Chimyon yong‘in-qutqaruv otryadidan bir guruh qutqaruvchilar zudlik bilan aytilgan manzilga yetib borib, fuqarolar xavfsiz hududga olib tushilgan. Tan jarohati olgan yo‘q.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Uyingiz hovlisida o‘choqni to‘g‘ri va xavfsiz yoqish bo‘yicha tavsiyalar

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X