FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.76K videos
10 files
9.47K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Aholi gavjum bo‘ladigan maskanlarda o‘quv mashqi tashkil etildi

Sirdaryo viloyati FVB boshlig‘i rahbarligida "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida viloyat FVDqT xizmatlari bilan hamkorlikda "Yoshlar markazida" maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

Jarayonda ishtirokchilarning favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda bino ichidan insonlarni evakuatsiya qilish, baland qavatlarda qolgan jabrlanganlarni qutqarish hamda ularga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha harakatlar amalda bajarilib, bilim va ko‘nikmalari mustahkamlandi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshev hamda qator ixtisoslashtirilgan tuzilmalar vakillari sel va ko‘chkilarning oldini olishga qaratilgan ishlar olib borilayotgan obyektlarni ko‘zdan kechirdi. Tafsilotlar maxsus reportajda.
--------------
Министр по чрезвычайным ситуациям генерал-майор А.Х.Кулдашев, а также представители ряда профильных структур осмотрели объекты, где проводятся работы, направленные на предупреждение схода селей и оползней. Подробности в специальном репортаже
.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
“Buxoro xalqaro aeroporti”da “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida “Uzbekistan Airports” AJ obyektlarida Yong‘in xafvsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi tomonidan amaliy o‘quv mashqi o‘tkazildi.

O‘quv mashqi davomida aeroport ishchi-xizmatchilari bilan favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda to‘g‘ri harakat qilish, zilzila va yong‘in vaqtida o‘ziga va o‘zaro yordamni tashkil etish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish, birlamchi yong‘in o‘chirish vositalaridan foydalanish tartibi amaliy bajarildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
⚡️Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

🔹yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
🔹elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
🔹ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
🔹ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
🔹shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
🔹ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
🔹buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
🔹kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

💢Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqandda yong‘in-qutqaruv sport musobaqasining viloyat bosqichi o‘tkazildi. Bellashuv davomida ishtirokchilar yuqori darajadagi tayyorgarlikni namoyish etdilar. Tafsilotlar “O‘zbekiston 24” telekanali orqali efirga uzatilgan reportajda.
-----------------
В Самарканде завершился областной этап соревнований по пожарно-спасательному спорту. В ходе турнира участники продемонстрировали высокий уровень подготовки. Подробности в репортаже, который был показан на телеканале "Узбекистан 24".

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
BIZ VATANGA SODIQMIZ!

FVV Akademiyasi hamda mas’ul tashkilotlar hamkorligida Samarqand viloyatida Favqulodda vaziyatlar vazirligiga biriktirilgan yoshlarni vatanparvarlik, jamiyat hayotiga dahldorlik, ishchanlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, ularni kasb-hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlash choralarini ko‘rish orqali sog‘lom hayotga qaytarish maqsadida, “Vatanga sodiq yoshlar” harbiy-vatanparvarlik o‘quv yig‘ini tashkil etildi.

Mazkur yig‘inda ishtirok etish istagini bildirgan yigit va qizlar guruhlari shakllantirilib, dastlabki o‘qitish ishlari muvofaqiyatli yakunlandi. Tashkil etilgan qiziqarli o‘yinlar, maxsus harbiy kiyim-bosh, oziq-ovqat ta’minoti, harbiycha yurish mashqlari kabi tadbirlar yig‘inning ko‘tarinki ruhda tantanali o‘tishiga ko‘mak berdi.

O‘quv yig‘inida ishtirok etgan barcha yoshlarga "Favqulodda vaziyatlar profilaktikasi targ'ibotchisi" sertifikati topshirildi, tadbir yoshlar qalbida iliq taassurotlar qoldirdi.