FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.2K subscribers
24.3K photos
3.97K videos
10 files
9.82K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
FVV Akademiyasida Respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi

Kecha, 30 noyabr kuni FVV Akademiyasida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida “Aholi turar joylari, jamoat binolari va sanoat obektlari xavfsizligini ta’minlashning dolzarb masalalari: muammo va yechimlar” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
🔰 Bugun, 1-dekabr kuni Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik M.Muxitdinov, O‘zbekiston Respublikasi Armrestling federatsiyasi Osiyo kubogi musoboqasida 2-o‘rinni egallagan Olmazor tumani FV bo‘limi qutqaruvchisi oddiy askar Begzod Manazarovni samimiy tabriklab, diplom, esdalik sovg‘a va pul mukofoti bilan taqdirladi.

O‘z o‘rnida, hamkasbimiz Begzod Manazarovni ushbu muvaffaqiyat bilan qizg‘in muborakbod etib, kelgusida tashkil etiladigan musobaqalarda ham omad va zafarlar tilab qolamiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликлари Президенти Муҳаммад бин Зоид Ол Наҳаённинг таклифига биноан Дубай шаҳрида ўтаётган БМТ Иқлим ўзгариши бўйича конференциясининг (COP28) асосий ялпи сессияси ишида иштирок этди.

По приглашению Президента Объединенных Арабских Эмиратов Мухаммада бин Заида Аль Нахайяна Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев принял участие в работе основной пленарной сессии Конференции ООН по изменению климата (СОР28), проходящей в эти дни в городе Дубае.

#Mirziyoyev #sammit #COP28 #tashabbuslar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилотининг Иқлим ўзгариши бўйича конференциясидаги (СOP28) нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на Конференции Организации Объединенных Наций по изменению климата (COP28)

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Favqulodda vaziyatlar vazirligining kun tavsiyasi

🔊Yong'in xavfsizligi qoidalariga rioya qiling...

elektr simlarining holatini ko‘zdan kechiring;
soz holdagi elektr jihozlaridan foydalaning;
yoqilgan elektr jihozlarini qarovsiz qoldirmang;
elektr isitish pechlari va gaz plitasi ustida kiyimlarni quritmang;
uydan chiqayotganda jihozlaringizni o'chiring.

...bu siz o'ylagandan ham osonroq!😉

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pech yordamida isitishga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablari bilasizmi
🔰Qonunchilikka ko‘ra, isitish pechlaridan foydalanishda quyidagilar taqiqlanadi:

🔹yoqilgan pechlarni nazoratsiz qoldirish hamda ularni nazorat qilishni yosh bolalarga topshirish;
🔹pechlar atrofida va ularning eshiklari (tuynuklari) oldidagi tunuka qoplamasida yoqilg‘i va boshqa yonuvchi moddalar va materiallarni joylashtirish;
🔹pech va tandirlarni yoqish uchun yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklardan (benzin, kerosin, dizel yonilg‘isi va boshqalar) foydalanish;
🔹ushbu turdagi yoqilg‘ilarga mo‘ljallanmagan pechlarni ko‘mir, koks va gaz yoqilg‘ilari bilan yoqish;
🔹xonalarda majlis yoki boshqa ommaviy tadbirlar o‘tkazilishi davrida pechlarni yoqish;
🔹ventilyatsiya (shamollatish) va gaz kanallaridan dudburon sifatida foydalanish;
🔹pechlarni haddan ziyod qizdirib yuborish;
🔹pechlar va boshqa isitish moslamalarini yonuvchan konstruksiyalardan yong‘inga qarshi bo‘linmasiz (ajratmasiz), yonmaydigan materialdan tayyorlangan o‘lchami 0,5×0,7 m dan kam bo‘lmagan o‘choqning oldiga qo‘yiladigan panellarsiz (yog‘ochdan tayyorlangan va boshqa yonuvchan materiallardan tayyorlagan pollarda), shuningdek, bo‘linma (ajratma) va o‘choq oldi panellarida kuyishlar va shikastlanishlar (yoriqlar) bo‘lganda ishlatish;
🔹pechlarni yoqish uchun uzunligi o‘choq kattaligidan kattaroq o‘tindan foydalanish;
🔹pechlarni eshigi ochilgan holda yoqish.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
FVV “Men donorman” shiori ostidagi xayriya tadbirlarida faol ishtirok etmoqda

Respublikamizning barcha hududlarida “Bor mehrimiz senga, bolajon!” xayriya qon topshirish aksiyasi o‘tkazilmoqda. Ushbu ezgu va xayrli tadbirlarda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etib, ko‘ngillilar qatorida onkologik va oq qon kasalligiga chalingan bolajonlar uchun qon topshirdilar. Joylarda ushbu ezgu tashabbuslar davom ettirilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter