FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.4K subscribers
24.3K photos
3.97K videos
10 files
9.83K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi tadbirlar
Ushbu loyiha doirasida mamlakatimizda millionlab mevali va manzarali daraxt ko'chatlari ekilib, yashil maydonlar barpo etilmoqda. Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi ham loyihada faol ishtirok etmoqda. Xususan, Kuni kecha, ''Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bog‘i'' yaratilib, u yerga manzarali va mevali daraxt ko'chatlari ekildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruv raisi kubogi

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida mamlakatimizda ilk bora “Uzbekistan Airports” AJ vakillari bilan hamkorlikda Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan FVV Akademiyasi tasarrufidagi sport majmuasida “Uzbekistan Airports” AJ qutqaruv bo‘linmalari shaxsiy tarkibi o‘rtasida yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha ““Uzbekistan Airports” AJ Boshqaruv raisi kubogi” respublika birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Andijon viloyatida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasidagi tadbirlar davom etmoqda

“Yong‘in xavfsizligi oyligi” – keng qamrovli dastur. Andijon FVB boshchiligida ishchi guruhlari tomonidan ijtimoiy soha obyektlarida yong‘in xavfsizligi holati ko‘zdan kechirilmoqda, shu bilan birga oylik doirasida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazildi.
------------------
В Андижанской области продолжаются мероприятия в рамках "Месячника пожарной безопасности"

"Месячник пожарной безопасности" - программа комплексная. В Андижане рабочие группы под руководством МЧС проверяют социальные объекты на предмет пожарной безопасности, вместе с тем, в рамках месячника были проведены командно-штабные учения.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Profilaktika_24/7

Respublikamiz hududlarida gavjum ko‘chalar, chorrahalar va odamlar ko‘p to‘planadigan joylardagi katta monitorlarda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” mavzusida videolavhalar namoyish etilmoqda.

——————-

В регионах Узбекистана на оживлённых улицах, перекрёстках и в местах скопления людей на больших мониторах демонстрируются ролики на тему "Месячника пожарной безопасности".

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Kecha, 21-noyabr kuni soat 14:55 larda Qashqadaryo viloyati Nishon tumani "Janub mashʼali" mahallasidan oqib o‘tuvchi “Qarshi bosh kanali”ga "XUNJIE" rusumli motoulov haydovchisi ehtiyotsizligi oqibatida boshqaruvni yo‘qotib kanalga tushib ketganligi to‘g‘risida FVBga xabar tushgan.

Shunga ko‘ra, aytilgan manzilga FVV qutqaruvchilari yetib borib, kanaldagi motoulovni xavfsiz joyga olib chiqishda amaliy yordam ko‘rsatgan. Motoulov va uning haydovchisiga hech qanday ziyon yetmagan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi" doirasidagi tadbirlar Surxondaryo viloyati misolida

Surxondaryo viloyati FVB masʼul xodimlari tomonidan, prokuratura va boshqa tegishli tashkilotlar vakillari ishtirokida Sariosiyo tumani FV boʻlimi shaxsiy tarkibi bilan "Yoshlarga korrupsiyasiz kelajak qoldiraylik" hamda "Yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga amal qilish" mavzularida profilaktik tadbir o'tkazildi. Uchrashuv davomida harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, huquqbuzarlik va jinoyatchiliklar, yoʻl transport hodisalari bilan bogʻliq qoida buzilish hamda korrupsion holatlarni sodir etmaslik to'g'risida tushuntirish ishlari olib borildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#online

"Qamchiq" dovonidagi vaziyat


Ayni vaqtda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida qor aralash yomgʻir yog‘moqda. Dovondagi vaziyat toʻliq nazorat ostida, ikki tomonlama avtomobillar harakati davom etmoqda.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.