FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.6K photos
3.8K videos
10 files
9.54K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Kuni kecha, “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi harbiy xizmatchilarning oila a'zolari va farzandlari ishtirokida sportning shaxmat va quvnoq startlar (estafeta) turlari bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi. Yakunda tashkilotchilar tomonidan bolajonlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-158-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika teleradio markazi davlat muassasasining Toshkent telemarkazida talofatli zilzila oqibatlarida yuzaga kelgan texnogen hususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan cho‘milish mavsumida ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish borasida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi instituti tomonidan zilzilada aholining barcha qatlamini to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgatishga mo‘ljallangan mobil ilovasi (Zilzila Mobile) yaratildi

Mazkur mobil ilova keng jamoatchilik tomonidan bepul yuklab olish uchun Google play (Play Market) platformasiga 👉 (Zilzila Mobile) nomi bilan joylashtirilgan.

Zilzilada aholining barcha qatlamlarini to‘g‘ri harakatlanishiga o‘rgatish uchun mo‘ljallangan interaktiv mobil ilovadan foydalanish uchun Play Market platforamasidan ushbu mobil ilovani Android tizimda ishlovchi mobil telefonlarga yuklab olish talab etiladi. Yuklab olingan ilova o‘rnatilgandan so‘ng foydalanuvchi uchun qulay bo‘lgan til tanlanadi. Ilovada uchta tilda (o‘zbek, rus, ingliz) ishlash imkoniyati yaratilgan.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 16-may kunidagi "O‘zbekiston Respublikasi aholisi va hududining seysmik xavfsizligini ta'minlash tizimini yanada takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-158-son Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Toshkent viloyatida FVB tomonidan zilzila oqibatlarida yuzaga kelgan texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish mavzusida maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев амалий ташриф билан Қирғизистоннинг Чўлпонота шаҳрига келди.

Президент Республики Узбекистана Шавкат Мирзиёев прибыл с рабочим визитом в город Чолпон-Ату Кыргызстана.

#Mirziyoyev #tashrif #sammit #MarkaziyOsiyo #YI

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 5-8 iyun kunlari O‘zbekiston hududiga Eron hududlaridan issiq havo kirib keladi. Buning hisobiga maksimal havo harorati, jumladan:
5-6 iyunda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida 40-41 darajagacha;
6-8 iyunda
Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida 40-42 darajagacha;
5-8 iyunda
38-40 darajagacha;
7-8 iyunda
Farg‘ona vodiysi viloyatlarida 36-39 darajagacha ko‘tariladi.
7-8 iyun kunlari shimolda, janubda va cho‘l hududlarida ba’zi joylarda shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
ISSIQ KUNDA NIMA QILISH KERAK?
Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me'yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste'mol hajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste'mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.

Eng issiq paytda soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.

Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta'qiqlangan havzalarda cho‘milish qat'iyan man etiladi.

Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste'mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste'mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste'molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.

Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.

Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga harakat qiling.

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o‘rishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Magistrantlarning tantanali bitiruv tadbiri bo‘lib o‘tdi

Bugun, 2-iyun kuni Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida magistrantlarning tantanali bitiruv tadbiri o‘tkazildi. Tantanali tadbirda Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev, vazirlik Akademiyasi boshlig‘i general-polkovnik Q.Berdiyev, vazirlik vakillari, Fuqaro muhofazasi instituti shaxsiy tarkibi va magistratura bitiruvchi tinglovchilarining ota-onalari ishtirok etishdi.

Tadbirda 2022/2023 o‘quv yilining bitiruvchi 25 nafar tinglovchilariga “Magistr” akademik darajasini tasdiqlovchi diplom va sertifikatlar tantanali tarzda topshirildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar va yengil konstruksiyali qurilmalar ostida qoldirmaslik tavsiya etadi.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tomonidan cho‘milish mavsumida ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish borasida olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram