FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев ва Сингапур Республикаси Президенти Ҳалима Яқуб ҳузурида икки томонлама ҳужжатларни қабул қилиш маросими бўлиб ўтди.

В присутствии Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева и Президента Республики Сингапур Халимы Якуб состоялась церемония принятия двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Singapur #hujjatlar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
"Quvnoqlar va zukkolar" Farg'onada

"Quvnoqlar va zukkolar – 2023" ko'rik-tanlovining navbatdagi hududiy bosqichiga Farg'ona viloyati FVB mezbonlik qildi. Mazkur tanlovda Qoraqalpog'iston Respublikasi, Navoiy, Qashqadaryo viloyatlari hamda Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi terma jamoa a'zolari ishtirok etdi. Ko‘tarinki ruxda boʻlib oʻtgan tanlovda:

1-oʻrinni Qashqadaryo viloyati terma jamoasi;

2-oʻrinni Qoraqalpog'iston Respublikasi terma jamoasi;

3-oʻrinni Navoiy viloyati terma jamoasi;

4-oʻrinni Maxsus muhandislik-qurilish boshqarmasi terma jamoalari qoʻlga kiritdi.

Tadbir yakunida g‘oliblar diplom va qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi tafsilotlari

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar muammolari o‘rganilmoqda

Bugun 24-may kuni “Mahalladan vazirlikkacha“ tamoyili asosida yoshlar bilan individual ishlash yuzasidan Favqulodda vaziyatlar vaziri o‘rinbosari polkovnik X.Alibayev Toshkent viloyati Bekobod shahriga tashrif buyurib, vazirlikka biriktirilgan Bekobodlik yoshlar bilan manzilli ish tashkil etish, ularni bandligini ta'minlash, hayotda o‘z o‘rnini topishga va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etishga ko‘maklashish maqsadida birma-bir uchrashib suhbat o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida shahar hokimi hamda mutasaddi korxona va idoralar rahbarlari bilan hamkorlikda yoshlarni muammolarini hal etish, ularni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ma'naviy-mafkuraviy tarbiyasi bilan shug‘ullanish orqali to‘g‘ri hayotga yo‘naltirish bo‘yicha zaruriy chora-tadbirlar belgilab olindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президентлар Шавкат Мирзиёев ва Ҳалима Яқубнинг музокаралари Ўзбекистон ва Сингапурнинг кўп қиррали муносабатларни янада кенгайтириш ва мустаҳкамлашга қатъий интилишини тасдиқлади

Переговоры Президентов Шавката Мирзиёева и Халимы Якуб подтвердили приверженность Узбекистана и Сингапура дальнейшему расширению и укреплению многоплановых отношений

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bektemir tumanida sodir bo‘lgan yong‘in to‘g‘risida ma'lumot

Bugun, 25 may kuni soat 02:30 da Toshkent shahar Bektemir tumani “Mirishkor” MFY Chirchiq bo‘yi ko‘chasida joylashgan tadbirkorlik subyektiga qarashli hududda chiqindi moy mahsulotini qayta ishlash vaqtida sig‘imni yorilib ketishi natijasida yong‘in yuzaga kelgan.

Shunga ko‘ra 8 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 02:32 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 03:09 da o‘rab olingan va soat 03:16 da o‘chirilgan.

Yong‘in natijasida 150 kv.m maydonda chiqindi moy mahsulotlari yongan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lgan yo‘q.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Samarqand viloyatida o‘tkazilayotgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi tafsilotlari

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Qultak”, “Pomuq”, “Alan” gaz konlarida maxsus-taktik o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi

Kuni kecha Qashqadaryo viloyatida joylashgan “Pomuq”, “Alan” va “Qultak” gaz konlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish va ularning oqibatlarini bartaraf etish, qutqaruv ishlarini amalga oshirishda hamkorlikdagi xizmatlarning kuch va vositalarini hamda obyekt fuqaro muhofazasi tuzilmasi shayligini oshirish borasida maxsus-taktik o‘quv mashqi bo‘lib o‘tdi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram