FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
23.8K photos
3.85K videos
10 files
9.63K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида Қорақалпоғистон Республикасини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш масалалари муҳокамаси бўйича йиғилиш ўтказилди.

С участием Президента Шавката Мирзиёева состоялось совещание по обсуждению вопросов социально-экономического развития Республики Каракалпакстан.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston #yigilish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida Toshkent viloyati FVB tomonidan Bo‘ka tumanidagi maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Surxondaryo viloyati FVB tomonidan “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida olib borilayotgan tadbirlar

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
Photo
Ижтимоий тармоқларда “Тошкент вилояти тоғ олди ҳудудлардан ҳисобланадиган Паркент қишлоқларига сел келмоқда” сарлавҳаси остида видео хабар тарқалди.

Ҳақиқатдан ҳам бугун куннинг иккинчи ярмида Паркент туманида кучли бўлмаган қисқа муддатли ёмғир ёғиши кузатилди.

Аммо ушбу тарқалган видеода сел келганлиги акс этган тасвирлар 2022 йилнинг 14 май куни Паркент тумани “Нуробод” маҳалласи Шахай кўчасида юзага келган.

Шуни алоҳида таъкидлаб ўтиш жоизки, Тошкент вилояти тошқинга қарши комиссия томонидан тошқин сувларини хавфсиз ўтказиб юбориш бўйича чора-тадбирлар белгилаб олинган. Сел оқимлари, сув тошқишлари ҳамда кўчки хавфи юқори бўлган ҳудудлар танлаб олиниб, аҳоли ва ҳудудларга хавф солиши мумкин бўлган жойларда вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси муҳандислик тадбирларини махсус-ўқув тактик машқлар орқали мунтазам амалга ошириб келмоқда. 

Тошкент вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси томонидан вилоятнинг тоғ ва тоғ олди ҳудудлар 7 та назорат кузатув постлари ташкил этилган бўлиб, улар томонидан доимий назорат ўрнатилган.

Шу ўринда, Фавқулодда вазиятдар вазирлиги барча ижтимоий тармоқ фойдаланувчиларидан асоссиз, нотўғри хабарларни тарқатмасликни сўраб қолади.
Sel - katta miqdorda tog‘ toshlari, qum va tuproq jinslari bilan birgalikda tog‘dan oqib tushuvchi suv oqimi bo‘lib, muntazam jala quyishi, tog‘ qorlarining erishi, tog‘ suv havzalari, muzlagan suv havzalarining o‘pirilishi natijasida yuzaga kelishi mukin.

Sel xavfi bo‘lganda aholining harakati bo‘yicha tavsiyalar Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Respublikamizda “Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi” doirasida tadbirlar davom ettirilmoqda. “O‘zbekiston 24” telekanalining suratga olish guruhi Fuqaro muhofazasi institutida bo‘lib, ularga shartli ravishda favqulodda vaziyat tashkil qilindi va bunday sharoitda qolgan shaxsning to‘g‘ri harakat qilish mexanizmi namoyish etib berildi.
--------------------------------
В столице и регионах Узбекистана продолжаются мероприятия в рамках "Месяца защиты от чрезвычайных ситуаций и гражданской защиты". Съёмочная группа телеканала "Узбекистан 24" побывала в Институте гражданской защиты, где для гостей была смодулирована условная чрезвычайная ситуация и показан механизм правильных действий человеком, который оказался в таких условиях.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Sho‘rtan gaz-kimyo majmuasi hududida Favqulodda vaziyatlar vazirligining maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.
----------------
На территории Шуртанского газо-химического комплекса состоялись тактико-специальные учения МЧС.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM

Buxoro viloyati Olot va Qorako'l tumanlarida qo'mondonlik-shtab o'quv mashqlari o'tkazildi

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 2-4 aprel kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, Navoiy, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlarida, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi. Respublikaning ayrim hududlarida do‘l yog‘ishi mumkin.

1-4 aprelda ba’zi joylarda shamol tezligi gacha kuchayishi, shimolda va cho‘l hududlarda chang-to‘zon bilan 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin.

2-4 aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli respublikaning tog‘ oldi va tog‘li hududlarida, jumladan:

Qashqadaryo viloyati: Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi, G‘uzor tumanlarida;
Surxondaryo viloyati: Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on, Muzrobod tumanlarida;
Samarqand viloyati: Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Poyariq, Jomboy, Ishtixon tumanlarida;
Navoiy viloyati: Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex, Karmana tumanlarida;
Jizzax viloyati: Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish, Yangiobod tumanlarida;
Toshkent viloyati: Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati: Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
Farg‘ona viloyati: So‘x, Shohimardon, Farg‘ona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati: Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Gidrometeorologiya xizmati agentligi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 1-7 aprel kunlari Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumanidagi Chotqol tizmasining "Chimyon" togʻlari tabiiy hududi bo'ylab dengiz sathidan 2000 metr va undan yuqori qismida kutilayotgan yog'ingarchilik sababli qor ko‘chish xavfi e'lon qilinadi.

Tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.
Qor ko‘chkisi yuz berganda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi bo‘yicha muhim tavsiyalar. Batafsil...

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bugun, 31-mart kuni "Favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish va fuqaro muhofazasi oyligi" doirasida Indiyaning “Amity University Tashkent” universitetining bir guruh talabalari Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida bo‘ldi. Talabalar barcha zamonaviy yong‘in-qutqaruv texnikalari, qidiruv-qutqaruv asbob-anjomlari va boshqa yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram