FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri general-mayor A.X.Qo‘ldoshevning "Yangi yil" munosabati bilan tizim xodimlari hamda faxriylariga yo‘llagan bayram TABRIGI

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, joriy yilning 2-4 yanvar kunlari Toshkent viloyati Bo'stonliq tumanidagi Chotqol tizmasining "Chimyon" tog'lari tabiiy hududi bo'ylab qor ko’chish xavfi e’lon qilinadi.

"DIQQAT! QOR KO‘CHISHI XAVFI MAVJUD"
belgisi bilan cheklangan joylarga kirmaslikni, tog‘li va tog‘ oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Тошкент вилояти Фавқулодда вазиятлар бошқармаси томонидан "Чимён" дам олиш ҳудудида аҳолининг хавфсизлигини таъминлаш чоралари кўрилиб, назорат тадбирлари ҳамкорликдаги хизматлар билан тўлиқ амалга оширилмоқда.
Шу ўринда дам онларини янада мароқли ўтказиш учун хавфсизлик қоидаларига қатъий амал қилишингизни сўраб қоламиз.
Buxoro shahrida sodir bo‘lgan chaqnash yuzasidan ma'lumot

Kecha, 2-yanvar kuni soat taxminan 23:45 larda Buxoro viloyati Buxoro shahar “Nizomiy” MFY Mustaqillik ko‘chasida joylashgan 2 qavatli uyning xonadonlaridan birida gaz-havo aralashmasining chaqnashi ro‘y bergan. Chaqnash natijasida yong‘in sodir bo‘lmagan.

Hodisa natijasida xonadonning oshxona eshik romlari joyidan siljib, zararlangan. Chaqnash oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Voqea joyiga zudlik bilan viloyat FVB, IIB, SSB, Prokuratura, Hududgazta'minot va boshqa tegishli tashkilot xodimlari yetib borgan.

Hozirda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan Buxoro shahar IIB tezkor tergov guruhi tomonidan surushtiruv ishlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Chang‘i yoki snoubordda uchish qoidalari
1. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi atrofdagilarni xavfga solmagan holda harakat qilishi kerak.
2. Uchishni o‘rganayotganlar tog‘ chang‘ilari yoki snoubordda uchish qoidalarini diqqat bilan o‘rganib chiqishlari kerak. Uchishni instruktor (tajribaga ega uchuvchi) bilan boshlash tavsiya etiladi.
3. Chang‘i va snoubordda uchish moslamasi soz holda bo‘lishi kerak.
4. Trassada doim masofani saqlash kerak. To‘qnashuv sodir bo‘lganda teparoqda ketayotgan shaxs aybdor hisoblanadi.
5. Chang‘i yoki snoubord uchuvchisi yo‘l belgilariga (yo‘nalishni ko‘rsatuvchi, xavfdan ogohlantiruvchi yoki trassa yopiqligini belgilovchi) rioya qilishi kerak.
6. Trassaga mast holda chiqish taqiqlanadi.
7. Pastga tushishning asosiy yo‘nalishida to‘xtash mumkin emas.
8. Tepaga ko‘tarilish yo‘nalishi bo‘ylab pastga tushish taqiqlanadi.
9. Yo‘lni tozalovchi maxsus texnika ishlayotgan hududda uchib yurish taqiqlanadi.
10. Yiqilganda iloji boricha tez trassani bo‘shatish yoki biron belgi berish kerak.
11. Shikastlanganda, yonida uchayotganlardan birini chaqirib, instruktor yoki qutqaruvchiga xabar berish kerak.
12. Baxtsiz hodisa yuzaga kelganda, jabrlanuvchiga yordam berish har bir chang‘i yoki snoubord uchuvchisining majburiyatidir.
13. Chang‘i yoki snoubordda uchish xavfli sport turiga kirganligi sababli uchayotganda tana qismlarini himoyalash uchun maxsus elementlar va shlemdan (kaska) foydalanish kerak.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ONLINE

"Qamchiq" dovoni hozirgi vaqtda

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonining yuqori nuqtalarida qor yog‘moqda. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘lni qordan tozalash va muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish, qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda. Dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlagan xolda harakatlanishni, tezlikni belgilangan me'yordan oshirmaslikni, avtotransport shinalariga e'tiborli bo'lishni va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ijtimoiy tarmoqlarda “Qo‘qon avtomobil zapchast bozorida yong‘in bo‘lmoqda. Hozircha to‘liq ma'lumot berilmadi” sarlavhasi ostida tarqalgan xabar yuzasidan ma'lumot

Bugun, 3-yanvar kuni soat 12:26 da Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani Chodakli MFY Toshkent ko‘chasida joylashgan avtomobil ehtiyot qismlari sotishga mo‘ljallangan konteynerlarda yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida tuman FV bo‘limiga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 12:40 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 12:44 da qurshab olingan va soat 12:59 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natiajsida 4 ta konteynerning taxminan 40 kv.m maydonda ichki qismi yonib zararlangan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q

Hozirda yong‘inni kelib chiqish sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Tog’li hududlarga chiqilganda ehtiyot choralari!

SIZ BUNI BILASIZMI?

Pastlik joylarda quyosh chaqnab issiq bo’lsa-da, tog’ning cho’qqisida yomg’ir va tuman bo’lishi mumkin. Agarda bularga shamol ham qo’shilsa, xavf ikki barobar oshadi.

👉BATAFSIL...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ОНЛАЙН!

Айни дақиқаларда "Қамчиқ" довонида. Фавқулодда вазиятлар вазирлиги раҳбарлигида йўллар қордан тозаланмоқда.
----- ---
ОНЛАЙН!

  Перевал "Камчик" в эти минуты. Под руководством МЧС ведётся расчистка трассы от снега.

👇Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
FVV tomonidan hamkorlikdagi xizmatlar bilan Toshkent viloyatining "Chimyon" dam olish hududida aholining xavfsizligini ta'minlash choralari ko‘rilib, nazorat tadbirlari to‘liq amalga oshirilmoqda. Bu haqida FVV Matbuot xizmati rahbari Murod Sodiqov "O‘zbekiston 24" telekanaliga ma'lumot berdi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra, 2023-yilning 2-4-yanvar kunlari O‘zbekiston hududiga Kavkaz hududlaridan nam havo kirib kelishi kutilmoqda.
2-3 yanvarda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, Navoiy, Jizzax viloyatlarining ayrim joylarida 25-30 m/s gacha kuchayishi mumkin.
3-4-yanvarda
respublika hududi bo‘yicha yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor), tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raydi. Shuningdek, kuchli shamol vaqtida avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
"Qamchiq" dovoni avtomobillar harakati uchun ochiq

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonida Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlarini muvofiqlashtirib bormoqda. Dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda haydovchilardan barcha xavfsizlik choralarini ko‘rishlarini so‘rab qoladi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Ayni damda "Qamchiq" dovonidagi vaziyat. Maxsus texnikalar yordamida yo‘llarni qordan tozalash ishlari amalga oshirilmoqda.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qor ko‘chkisi yuz berganda qanday harakatlarni amalga oshirish kerakligi bo‘yicha muhim tavsiyalar. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#ONLINE

"Qamchiq" dovonida yo‘llarni qordan tozalash ishlari davom etmoqda

Ayni daqiqalarda "Qamchiq" dovonida FVV, YPX va "Qamchiqavtoyo‘l" IYFUK xodimlari hamkorligida yo‘lni qordan tozalash, muzlamalar hosil bo‘lishining oldini olish va qum-tuz aralashmasini sepish ishlari to‘xtovsiz olib borilmoqda. Dovon yo‘li avtomobillar harakati uchun ochiq va ikki tomonlama harakat davom etmoqda.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi yo‘l transport hodisalari bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida, dovon hududida harakatlanishda barcha haydovchilardan oraliq masofani saqlagan xolda harakatlanishni, tezlikni belgilangan me'yordan oshirmaslikni, avtotransport shinalariga e'tiborli bo'lishni va xavfsizlik qoidalariga rioya qilishni so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qor ko‘chkisi xavfi yuzaga kelganligi sababli “Qamchiq” dovoni vaqtincha yopildi

O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma’lumotga ko‘ra qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi. Shu sababli bugun, 4-yanvar kuni soat 00:00 dan A-373 Xalqaro avtomobil yo‘lining “Qamchiq” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi.

Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko‘lamli zaruriy ishlar amalga oshirilmoqda.

“Qamchiq" dovonini qayta ochilishi bo‘yicha FVV Matbuot xizmati qo‘shimcha ma'lumot taqdim etadi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram