FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
18.8K subscribers
24.5K photos
4K videos
10 files
9.87K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
#Xavfsiz_bayram

Pirotexnika vositalaridan ogoh bo‘ling!
Bayramlar ichida “Yangi yil” o‘z shukuhi, o‘z tarovati bilan ajralib turadi. Biroq shunisi achinarliki, ushbu bayram arafasida dilni xira qiladigan pirotexnika vositalari ko‘pchilikning tinchini buzadi. Hatto ba'zi hollarda atrof muhit hamda insonlar salomatligi, hatto hayotlariga xavf soladi. Shuningdek, kuchli yong‘in holatlariga ham sabab bo‘lishi mumkin.

Pirotexnika vositalaridan foydalanish quyidagicha salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin:
- tananing yuz, ko‘z, qo‘l sohalarida og‘ir chuqur kuyish jarohatlarining yuzaga kelishi;
- ko‘zlarning shikastlanishi natijasida ko‘rish faoliyatining qisman yoki butunlay buzilishi;
- olingan kuyish jarohatidan keyin plastik operatsiyalar o‘tkazishga muhtojlik;
- kuygan sohalarida dag‘al chandiqlar, qo‘l barmoqlari sohalarida kontrakturalar hosil bo‘lishi;
- asoratlar bemorlarning ruhiy holatiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi;
- kuchli yong‘in holatlarini keltirib chiqarishi va boshqalar

Shu munosabat bilan, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan bayramni osuda o‘tkazish maqsadida barcha xavfsizlik qoidalariga rioya etishni so‘raydi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Kecha, 23-dekabr kuni soat 15:24 larda "Vodiy-Toshkent" xalqaro avtomobil yo‘lining 238 k.m, "Qamchiq" dovonidan o‘tuvchi qismida YTH sodir bo‘ldi. “MAN” rusumli yuk avtomashina haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib xandaqga (kyuvetga) tushib ketgan. Uning ortidan “COBALT” rusumli avtomashina haydovchisi ham boshqaruvni yo‘qotib yuk mashinasiga kelib urulgan. Voqea joyiga zudlik bilan FVV “Qamchiq” Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasining kuch va vositalari yetib kelib, YTH oqibatlarini maxsus texnika yordamida bartaraf etdilar. Hodisa oqibatida tan jarohati olgan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Navoiy shahrida joylashgan mehmonxonada yong‘in o‘chirish amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi

Navoiy shahridagi “TINCHLIK PLAZA” mehmonxonasida Navoiy shahar FV bo‘limi hamda FVDqT xizmatlari, mehmonxonaning ko‘ngilli yong‘indan saqlash drujinasi ishtirokida yong‘in o‘chirish amaliy-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi. Unda shartli ravishda sodir bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va jabrlangan insonlarni qutqarish hamda ularga dastlabki tez tibbiy yordam ko‘rsatish ishlari olib borildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Milliy gvardiya Buxoro viloyati Qo‘riqlash boshqarmasida viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda IIB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi bilan hamkorlikda qish mavsumida favqulodda vaziyatlar, yo‘l transport hodisalarini oldini olish hamda xavfsizlik qoidalariga qat'iy amal qilishga qaratilgan targ‘ibot tadbirlari otkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Мустақил Давлатлар Ҳамдўстлигига аъзо давлатлар раҳбарларининг норасмий учрашувида иштирок этиш учун амалий ташриф билан Санкт-Петербург шаҳрида бўлади.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев посетит с рабочим визитом город Санкт-Петербург для участия в неформальной встрече глав государств-участников Содружества Независимых Государств.

#Mirziyoyev #tashrif #MDH #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Жамоат транспорти тизимидаги хизматлар яхшиланмоқда: Аҳоли фикри
Эслатиб ўтамиз, Давлатимиз раҳбари томонидан 13 декабрь куни Тошкент шаҳрида жамоат транспорти тизимидаги муаммоларни бартараф этиш бўйича берилган топшириқлар юзасидан бир қатор вазирлик, идораларга автобус саройлари бириктирилди. Хусусан, Фавқулодда вазиятлар вазирлигига Тошкент шаҳар Сирғали туманида жойлашган 4-сонли ва Янгиҳаёт туманидаги 12-сонли автобус саройи бириктирилган. Бу борада вазирлик томонидан туну кун тартибда тегишли чора-тадбирлар амалга оширилмоқда.

Бугун, 24 декабрь куни эрта тонгдан Фавқулодда вазиятлар вазири А.Х.Қўлдошев вазиятни ўрганиш мақсадида, ушбу автобус саройларига ташриф буюриб, ишчи-хизматчилар билан учрашди. Шунингдек, жамоат транспортида юриб, йўловчилар учун яратилган қулайликлар ва шу билан бирга, уларнинг мавжуд муаммолар ҳақидаги фикрлари ўрганилди.

Йўловчилар Давлатимиз раҳбари топшириғидан сўнг қисқа муддатда вазият кескин ижобий томонга ўзгаргани, автобуслар ҳаракатланишидаги оралиқ интервал қисқарганини таъкидламоқдалар.

Эслатиб ўтамиз, Давлатимиз раҳбари Тошкент шаҳрига аҳоли учун янада қулайликлар яратиш мақсадида, қўшимча мингта автобус олиб келинишини таъкидлаб ўтди. Яқин орада жамоат транспорти тизимидаги муаммоларни бартарф этишга эришилади.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Жорий йилнинг 24 декабрь куни Давлатимиз раҳбарининг топшириғига асосан Тошкент шаҳридаги жамоат транспорти шароитини яхшилаш борасида Ўзбекистон Республикаси Ички ишлар вазири генерал-лейтенант Пўлат Бобожонов бошчилигида Фавқулодда вазиятлар вазири генерал-майор Абдулла Қўлдошев ва Миллий гвардия қўмондони генерал-майор Рустам Жўраев иштирокида масъулият юклатилган вазирлик ва идораларнинг мутасадди раҳбарлари билан “Тошшаҳартрансхизмат” акциядорлик жамияти биносида, айни кунга қадар амалга оширилган ишлар, аҳоли учун яратилаётган қулайликлар, ечимини кутаётган муаммоларга қаратилган тезкор йиғилиш ўтказилди. Йиғилиш жараёнида...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram