FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
24.1K photos
3.91K videos
10 files
9.73K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
“Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davom etmoqda

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati va xodimlari ham ushbu loyihada faol ishtirok etib, Qo‘shko'pir tumani "Polvon" mahallasida 2,3 gektar maydonga 4500 tupdan ortiq manzarali va mevali daraxtlar ekishdi. Bu kabi tadbirlardan asosiy ko'zlangan maqsad yashil hududlarni kengaytirish orqali mamlakatimizda ekologik vaziyatni yanada yaxshilashdan iborat. Zero, koʻchat ekish, bogʻ yaratish yurt obodligi, el farovonligi, hayot davomiyligini taʼminlaydigan ezgu amaldir. Bu kabi tadbirlar respublika bo’ylab davom etmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida “Yong‘in xavfsizligi oyligi” doirasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Respublikamiz bo‘ylab “Yongin xavfsizligi oyligi” doirasida bir qator tadbirlar davom etmoqda. Mazkur tadbirlardan yana biri Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika universitetida favqullodda vaziyatlar vazirligi, ichki ishlar, sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati, universitet rahbariyati va talabalari ishtirokida oʻtkazilgan tadbirdir. Mazkur uchrashuvda favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, yongʻin xavsizligi, is gazi va ovqatdan zaharlanishni oldini olish va boshqa xavfsizlik qoidalarigi rioya etish bo‘yicha kerakli maʼlumotlarni o‘zida aks etgan videoroliklar koʻrsatilib, buklet va eslatmalar tarqatildi. Tadbir davomida ishtirokchilarni qiziqtirgan savolarga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Toifalangan obyektlarda yong'in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha o‘tkazilgan tadbir

Kuni kecha “Sirdaryo IES” AJ korxonasning rahbar va mas’ul xodimlari ishtirokida kengaytirilgan seminar-yig’lishi bo’lib o’tdi. Tanqidiy tahlil asnosida o’tkazilgan tadbirda korxonaning "Оbyekt binolarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo‘limi"ning mas’ullari tomonidan korxonada yong'in xavfsizligini ta'minlash borasida tegishli ko’rsatmalar berib o’tildi va galdagi vazifalar belgilab olindi.

Shuningdek, oylik doirasida "Sirdaryo IES"ning barcha bo'limlaridagi yong'inga qarshi texnik himoya vositalarining holati qayta nazoratdan o'tkazilib, ishchi xizmatchilar tomonidan yong'inlarni bartaraf etish bo'yicha o'quv mashg'uloti o'tkazildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Франция Республикаси Президенти Эммануэль Макроннинг таклифига биноан Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев рафиқаси билан бирга расмий ташриф билан Парижга келди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев с супругой по приглашению Президента Французской Республики Эммануэля Макрона прибыл с официальным визитом в Париж.

#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter