FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
23.8K photos
3.85K videos
10 files
9.63K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
#Bilasizmi

Qonunchilikka ko‘ra, yong‘in xavfsizligi qoidalarining shu qoidalar bajarilishi uchun mas'ul bo‘lgan shaxs tomonidan buzilishi badanga o‘rtacha og‘ir yoki og‘ir shikast yetkazilishiga sabab bo‘lsa, 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan, o‘sha qilmish odam o‘lishiga, boshqa og‘ir oqibatlar kelib chiqishiga sabab bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING JINOYAT KODEKSI
259-modda

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Toshkent viloyati hududida joylashgan "MAXAM-CHIRCHIQ" AJga qarashli "Kimyogar" bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida "Ta'til-2022" tadbiri davomida "Fuqaro muhofazasi kuni" va "Siz – yong‘in xavfsizligi qoidalarini bilasizmi" mavzularida bolajonlar bilan o‘tkazilgan musobaqalar tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: 27.07.2022 yil, Toshkent vaqti bilan 14:52 da (27.07.2022 yil, Grinvich bo'yicha 09:52 da) Qirg'izistonda zilzila sodir bo'ldi. Zilzila koordinatalari: 41,69 gradus shimoliy kenglik; 71,82 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=4,5. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 222 km shimoliy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Yangiqo'rg'on tumanida 3 ball, 48 km.
Kosonsoy tumanida 2-3 ball, 61 km.
Chortoq tumanida 2-3 ball, 63 km.
Uychi tumanida 2 ball, 74 km.
Uchqo'rg'on tumanida 2 ball, 76 km.
Namangan shahrida 2 ball, 78 km.
-------------
Республиканский центр Сейсмопрогностического мониторинга МЧС сообщает: 27.07.2022 года, по Ташкентскому времени в 14:52 (27.07.2022 года, 09:52 по Гринвичу) в Кыргызстане произошло землетрясение. Координаты землетрясения: 41,69 градусов северной широты; 71,82 градусов восточной долготы. Магнитуда М=4,5. Глубина 15 км. Расстояние от эпицентра до Ташкента 222 км в северо-восточном направлении.
Сила подземных толчков на территории Узбекистана:
Янгикурганский район: 3 балла, 48 км.
Касансайский район: 2-3 балла, 61 км.
Чартакский район: 2-3 балла, 63 км.
Уйчинский район: 2 балла, 74 км.
Учкурганский район: 2 балла, 76 км.
город Наманган: 2 балла, 78 км.
-------------
Batafsil ma'lumot uchun:
https://smrm.uz/
-------------
Kanalimizga qo'shiling:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEmVUN9featEd1PJCQ
"Korrupsiyaga karshi birga kurashamiz"

Andijon viloyat FVB rahbariyati tomonidan Izboskan hamda Paxtaobod tumanlarida "Korrupsiyaga karshi birga kurashamiz" mavzusida seminar tashkil etildi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya xolatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Profilaktik tadbirlar Farg‘ona viloyatida

Farg‘ona viloyatining barcha shahar va tumanlarida aholini va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish tadbirlari kunu-tun tashkil etilmoqda. Unda soha xodimlari tomonidan tegishli xizmatlar bilan hamkorlikda aholi xonadonlari, ijtimoiy soha obyeklari, oromgohlar, AYoQSh, AGTShlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlar, favquloda vaziyatlar va boshqa turdagi ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish borasida keng tushuntirish, targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Среда - день профилактики чрезвычайных ситуаций

О работе, проводимой сотрудниками МЧС, ТК "Узбекистан 24" рассказал руководитель пресс-службы ведомства Мурад Садыков.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Bolakay hayoti saqlab qolindi

Bugun, 27-iyul kuni Namangan viloyati Pop tumanida tuman FV boʻlimi xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirib yurgan vaqtda "Chigʻanoq" mahallasi hududidan oqib oʻtuvchi "Sirdaryo" daryosida 8 yoshli bola suvda oqib ketayotganligini koʻrib qoladi va darxol qutqaruvchi Olimjon Tulanboyev suvga sho‘ng‘ib bolakayni qutqarib, olib chiqqan.

Hozirda bolakayning xolati barqaror va hech qanday jiddiy shikastlanmagan.

Shu oʻrinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Hurmatli fuqarolar farzandlaringizni kanal va tezoqar daryo oʻzanlari hamda taʼqiqlangan suv xavzalarida choʻmilishlariga yoʻl qoʻymang.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chorshanba - favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni

FVV Matbuot xizmati rahbari Murod Sadikov “O‘zbekiston 24” telekanaliga amalga oshirilayotgan ishlar to‘g‘risida ma'lumot berdi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
G‘oliblar aniqlandi

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari o‘rtasida Urganch shahrida joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida sportning "Kurash" turi bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi.

Unda yetti vazn toifasida 15 ta jamoadan jami 80 nafar kurashchilar baxs olib bordilar. Qiziqarli va murosasiz bahslarga boy o‘tgan musobaqada umumjamoa hisobida Shovot tumani FV bo‘limi faxrli 1-o‘rinni egallagan bo‘lsa, 2-o‘rinni Urganch shahar FV bo‘limi hamda 3-o‘rinni Yangiariq tumani FV bo‘limi va “Uzavto motors” YOJ obyekti binolarida yong’in xavfsizligini ta’minlashni tashkil etish bo’linmasi jamoalari egallashdi.

Musobaqa so‘ngida barcha g‘olib va sovrindorlarga boshqarma rahbariyatining diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish yo‘lida

Ma'lumki, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishda soha xodimlari tomonidan olib borilayotgan profilaktik va targ‘ibot tadbirlarining o‘rni muhim sanaladi.

Shu boisdan, kuni kecha Qashqadaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan Qarshi shahri hududida joylashgan bozorlar, aholi yashash xonadonlari, odamlar ko‘p yig‘iladigan maskanlar va ishlab chiqarish obyektlarida profilaktik suhbatlar olib borilmoqda. Unda aholi va ishchi-xizmatchilarga yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilishlari hamda boshqa yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olishda zarur tushuncha va tavsiyalar berilmoqda. Shuningdek, tadbir davomida o‘zida muhim tavsiyalarni mujassam etgan eslatma va bukletlar tarqatilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram