FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
15K subscribers
23.6K photos
3.8K videos
10 files
9.55K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
ISSIQ KUNDA NIMA QILISH KERAK?
Ko‘proq suv ichish. To‘g‘ri suv ichish tartibi organizm faoliyatini yaxshi ishlashi va suv-tuz balansini me'yorlashtirishiga qulay sharoitlar tug‘diradi. Issiq kunda suv iste'mol hajmini ko‘paytirish kerak. Bunda organizmning suv tanqisligini to‘ldirish uchun gazlangan yoki nektar suv emas, aksincha oddiy ichimlik suvini iste'mol qilish kerak. Surunkali kasalligi mavjud bo‘lsa, shifokor tavsiyasiga rioya qilish kerak.

Eng issiq paytda soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslik va ayniqsa quyosh tagida yurmaslikga harakat qiling. Kuningizni shunday rejalashtirin-ki, bu vaqtda yoki ishda, yoki uyda bo‘ling.

Ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam ravishda tozalanish badanga effektiv nafas olishga yordam beradi. Suv xona haroratiday bo‘lishi kerak. Muzdak suv bilan yuvinish esa, tana harorati keskin o‘zgarishi natijasida pnevmoniya kasalligiga olib keladi.

Albatta, ochiq suv xavzalarda cho‘milish mumkin, ammo cho‘milish ta'qiqlangan havzalarda cho‘milish qat'iyan man etiladi.

Ertalab va kechqurun ko‘proq harakat qiling. Bunday issiq kunda kamharakatlik gipertoniya, yurak-tomir kasalliklari va tromboz rivojlanishiga olib keladi.

Oziqlanish ratsionini o‘zgartiring. Issiq kunda ko‘proq sovuq taomlar iste'mol qiling. Yog‘liq sut va go‘sht maxsulotlar iste'mol qilmang, ammo baliq va sabzavotlar maxsulotlaridan voz kechmang. Sutli maxsulotlar haqida alohida to‘xtalib o‘tish lozim-ki - rastalarda quyosh nuri tushib turgan hamda iste'molga yaroqlik muddati o‘tib ketgan maxsulotlarni sotib olmaslik kerak.

Albatta taomlarni tuz bilan tannovul qiling chunki yuqori haroratda, tananing terlashi natijasida ko‘p miqdorda natriy moddasi yo‘qotiladi.

Sintetik matodan tayyorlangan kiyimlar kiymaslikga harakat qiling.

Kepka, shlyapa yoki panamalar kiyishdan uyalmang. Chunki oftob o‘rishi asosan bosh qiziganda sodir bo‘ladi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi”

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida Chirchiq harbiy prokuraturasi xodimlari ishtirokida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarni o‘tkazishdan asosiy maqsad shaxsiy tarkib o‘rtasida harbiy intizomni mustahkamlash, huquqbuzarlik va qonun buzilishi, shuningdek, korrupsiya xolatlarining oldini olish, harbiy xizmatchi va xizmatchilarning huquqiy ongi va madaniyatini oshirishdan iborat bo‘ldi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududida yong‘in xavfsizligi ta'minlanmoqda

Respublikamizda havo haroratining keskin ko‘tarilganligi munosabati bilan Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi hududlaridagi sig‘imlarda qo‘shimcha sovutish ishlari olib borilib, mavjud maxsulotlar 85 foizdan kam saqlanishiga e’tibor qaratilmoqda. Neft maxsulotlarini quyish, to‘kish ishlari havo harorati pasaygan vaqtlarda amalga oshirilmoqda. Favqulodda to‘kish talab qilinganda yong‘in-qutqaruv bo‘linmalari tomonidan sovutish ishlari amalga oshirilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев: Ушбу форматда олиб борилаётган мулоқот туфайли дўстлик ва яхши қўшничилик муносабатларини мустаҳкамлашга, минтақамизда мутлақо янги конструктив ҳамкорлик муҳитини яратишга муваффақ бўлдик

Президент Шавкат Мирзиёев: Благодаря налаженному диалогу в этом формате нам удалось укрепить отношения дружбы и добрососедства, создать в регионе совершенно новую атмосферу конструктивного сотрудничества

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Chilonzor tumanida sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan ma'lumot

Bugun, 22-iyul kuni soat 18:21 da Chilonzor tumani “Yakkatut” MFY Al-Xorazmiy ko‘chasida joylashgan qurilishi yakunlanmagan oshxonada yong‘in yuzaga kelganligi bo‘yicha Toshkent shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Shunga ko‘ra 5 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 18:26 da voqea joyiga yetib borib, yong‘in soat 18:42 da qurshab olingan va soat 18:49 da bartaraf etilgan.

Yong‘in natijasida binoning 200 kv.m maydonda ichki va tom qismi yonib zararlangan. Olib borilgan tezkor harakatlar natijasida binoning 600 kv.m maydoni yong‘indan saqlab qolingan.

Hodisa oqibatida tan jarohati olish va halok bo‘lish xolatlari qayd etilmadi.

Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Сурхондарё, Наманган ва Тошкент вилоятларида ичимлик суви таъминотини яхшилашга қаратилган лойиҳалар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с презентацией проектов по улучшению питьевого водоснабжения в Сурхандарьинской, Наманганской и Ташкентской областях.

#Mirziyoyev #taqdimot #ichimliksuvi #loyihalar

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
AVTOMOBILINGIZNI YONG‘INDAN ASRANG!

Transportdagi yong‘in kutilmaganda sodir bo‘lishi va juda tez rivojlanishi bilan xavflidir. Bunday vaqtda nima qilish kerak?! Quyida avtomobilda yong‘inga sabab bo‘luvchi omillar, ularni bartaraf etish va yong‘in vaqtida to‘g‘ri harakatlanish tartibi haqida so‘z yuritamiz. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi!
Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!
——————-
МЧС предупреждает!
Купаться в запрещённых местах - опасно для жизни!

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев "Бхаратия жаната парти" ҳукмрон партияси бошчилигидаги Миллий-демократик альянсидан номзод Драупади Мурмуга Ҳиндистон Республикасининг Президенти этиб сайлангани муносабати билан табрик йўллади.
Давлатимиз раҳбарининг мактубида биргаликдаги саъй-ҳаракатлар билан Ўзбекистон ва Ҳиндистон ўртасидаги кўп қиррали, узоқ муддатли ва ўзаро манфаатли алоқалар сифат жиҳатидан янги босқичга кўтирилишига ишонч билдирилган.

Президент Шавкат Мирзиёев поздравил Драупади Мурму - кандидата от Национально-демократического альянса во главе с правящей партией "Бхаратия джаната парти" - с избранием Президентом Республики Индия.
В послании главы нашего государства выражается уверенность, что совместными усилиями узбекско-индийские отношения многопланового, долгосрочного и взаимовыгодного сотрудничества будут выведены на качественно новый уровень.

Facebook|Instagram|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Navoiy viloyatida sportning "Kurash" turi bo‘yicha tizim xodimlari o‘rtasida Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Kubogi musobaqasi o‘tkazildi

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Pop tumanida qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi

Joriy yilning 20- iyul kunidan 22-iyul kuniga qadar Namangan viloyati Pop tumanida “Boshqaruv organlari, Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi hududiy va quyi tizimlari kuch va vositalarining tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha harakatlari” mavzusidagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram