FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.9K subscribers
23.4K photos
3.75K videos
10 files
9.46K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birchiligi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 14-iyul kuni Qarshi shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabida Qashqadaryo viloyati FVB va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Murosasiz va bahslarga boy bo‘lgan musobaqada 156 nafar harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV qutqaruvchilari suvda cho‘kayotgan bolani qutqarib qoldi

Kecha, 15-iyul kuni soat 19:45 da Sirdaryo viloyat FVB markaziy-dispetcherlik xizmatiga Yangiyer shahar "Janubiy Mirzacho‘l" kanalida 13 yoshli bola o‘z ehtiyotsizligi oqibatida suvda oqib ketayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan voqea joyiga FVB qutqaruvchilari va IIB xodimlari yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida voyaga yetmagan fuqaro FVB qutqaruvchilari tomonidan sog‘-omon suvdan olib chiqilib, unga psixologik yordam ko‘rsatilgan.

Shu o‘rinda, Favqulodda vaziyatlar vazirligi barcha ota-onalardan farzandlarini qarovsiz qoldirmasliklarini va belgilanmagan joylarda cho‘milishlariga ruxsat bermasliklarini so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Қозоғистон Республикасининг Шетский туманида содир бўлган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан бирламчи маълумот

2022 йил 16 июль куни Қозоғистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлигидан олинган маълумотга кўра, бугун соат 3:21 да Қозоғистон Республикаси Шетский туманидан ўтган “Алмата-Екатринбург” автомобиль йўлининг 850 км.да ҳаракатланган, МAН юк машинаси ва “Меrcеdеs-Benz Sprinter” йўловчи микроавтобуси тўқнашиши оқибатида микроавтобус ичида бўлган 17 нафар йўловчилардан 8 нафари воқеа жойида ҳалок бўлган, 9 нафар йўловчилар турли даражада тан жарохати олиб, Aксу-Aюли қишлоқ касалхонасига ётқизилган.

ЙТҲ оқибатида микроавтобус салонида бўлган 5 нафар Ўзбекистон Республикаси фуқароларидан 2 нафари воқеа жойида вафот этган ҳамда 3 нафари турли тан жароҳатлари билан шифохонага ётқизилган. Ҳозирда ушбу фуқароларга малакали тиббий ёрдам кўрсатилмоқда.

Шуни алоҳида таъкидлаш жоизки, Дўст Қозоғистон масъуллари юзага келган мазкур бахтсиз ҳодиса оқибатларини зудлик билан бартараф этиш, жароҳатланганларга тез тиббий ёрдам кўрсатишда яқиндан кўмак беришмоқда.

Ҳозирда, ушбу холат юзасидан Қозоғистон Республикаси ИИВ ҳодимлари томонидан дастлабки терговолди суриштирув ишлари олиб борилмоқда.

Ҳолат юзасидан Қозоғистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлиги билан маълумот алмашинуви давом этмоқда.


Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Президент Шавкат Мирзиёев Имом Бухорий мажмуаси ва Самарқанд туманидаги Туризм марказида олиб борилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.
Шу билан давлатимиз раҳбари Самарқандга ташрифини якунлаб, Тошкентга қайтиб келди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с ходом созидательной работы в комплексе Имама Бухари, а также в Туристическом центре в Самаркандском районе.
На этом глава государства завершил поездку в Самарканд и вернулся в Ташкент.

#Mirziyoyev #safar #Samarqand #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
Қозоғистон Республикасининг Шетский туманида содир бўлган йўл-транспорт ҳодисаси юзасидан бирламчи маълумот 2022 йил 16 июль куни Қозоғистон Республикаси Фавқулодда вазиятлар вазирлигидан олинган маълумотга кўра, бугун соат 3:21 да Қозоғистон Республикаси…
Қозоғистон Республикасида содир ҳодиса юзасидан қўшимча маълумот

Аввал хабар берганимиздек, бугун Қозоғистон Республикаси Караганда области Шетский туманида МAН юк машинаси ва “Меrcеdеs-Benz Sprinter” йўловчи микроавтобуси тўқнашиши оқибатида йўл-транспорт ҳодисаси содир бўлган эди.
Ўрганиш натижаларига кўра, “Меrcеdеs-Benz Sprinter” микроавтобус салонида бўлган 18 нафар йўловчилардан 8 нафари Қозоғистон фуқаролари воқеа жойида вафот этган, халок бўлган фуқароларнинг шахсига аниқликлар киритилганида улар орасида Ўзбекистон фуқаролари йўқ эканлиги аниқланди.

Шунингдек, 10 нафари турли даражаларда тан жароҳати олган, уларнинг 5 нафари Ўзбекистон фуқаролари бўлиб, айни вақтда уларга Aксу-Aюли қишлоқ касалхонасида малакали тиббий хизмат кўрсатилмоқда. Улардан 1 нафарига амбулатор даволаниш учун рухсат берилган.

Аввалги берилган бирламчи шошилинч хабарда 2 нафар Ўзбекистон фуқароси халок бўлганлиги айтилган эди. Қозоғистон масъул хизматлари томонидан мукаммал ўрганилиб, фуқароларнинг шахсига аниқликлар киритилганда халок бўлганлар орасида Ўзбекистон фуқаролари йўқлиги маълум бўлди.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 18-24 iyul kunlari davrida tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg'ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Ўзбекистон-Туркманистон: Халқларимиз ўртасидаги кўп асрлик биродарлик ришталари тарихида муҳим босқич.

Узбекистан-Туркменистан: Важная веха в истории многовекового братства наших народов.

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Korrupsiya davlat va jamiyat taraqqiyotining kushandasi. Ayni shu mavzuda Namangan viloyati FVBda seminar tashkil etildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Qashqadaryoda sportning “Kurash” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi bo‘lib o‘tdi

Kecha, 15-iyul kuni Qarshi shahar bolalar-o‘smirlar sport maktabida Qashqadaryo viloyati FVB va uning tarkibiy tuzilmalari xodimlari o‘rtasida sportning “Kurash” turi bo‘yicha viloyat birinchiligi musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqada 210 nafar harbiy xizmatchi va xizmatchilar ishtirok etdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Navoiyda sodir bo‘lgan hodisa yuzasidan ma'lumot

Bugun, 16-iyul kuni soat 13:47 da Navoiy viloyati FVBga Karmana tumani IIBdan Navoiy shahar “Tinchlik” MFYda yashovchi 32 yoshli fuqaro Karmana tumani “Kattamachid” MFY hududidan oqib o‘tuvchi “Zarafshon” daryosiga cho‘milish maqsadida suvga tushib o‘zining ehtiyotsizligi oqibatida cho‘kib ketganligi haqida xabar kelib tushgan.

Zudlik bilan hodisa joyiga FVB qutqaruvchilari yetib borgan. Olib borilgan suvda qidiruv ishlari natidasida fuqaroning jasadi soat 17:00 da cho‘kgan joyidan taxminan 10 metr uzoqlidan topilib, tegishli xizmatlarga topshirilgan.

Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli ekaligidan kelib chiqib, Favqulodda vaziyatlar vazirligi aholidan cho‘milish qoidalariga qat'iy rioya etishni so‘rab qoladi.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Korxona, tashkilot va muassasalarda yong‘in xavfsizligini ta'minlash hamda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha ESLATMA

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram