FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
24K photos
3.9K videos
10 files
9.71K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
FVV tizimida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi

Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimida bir necha yillardan beri “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovi o‘tkazilib kelinmoqda. Bu galgi bellashuv 28-iyun kuni Buxoro shahrida joylashgan “Yoshlar markazida” “Eng mahoratli jamoalar uchrashuvi” nomi ostida 4 yil davomida respublika bosqichlariga chiqqan g‘olib jamoalar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining ilk bitiruvchilariga diplomlar topshirildi

Bugun, 28-iyun kuni Shahrisabz shahrida joylashgan Amir Temur xiyoboni, Amir Temur haykali poyida Shahrisabz “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyining ilk bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish tadbiri o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Пахта ҳосилдорлигини ошириш ва тўқимачилик маҳсулотлари экспортини кўпайтириш чора-тадбирлари юзасидан видеоселектор йиғилиши ўтказилди.
Давлатимиз раҳбари Президент ҳузурида Пахтачилик кенгаши ташкил этиш таклифини билдирди.
Тайёр маҳсулот ишлаб чиқариш ва экспорт ҳажмини ошириш учун алоҳида индустриал зоналар ташкил қилиниши белгиланди. Ушбу мажмуаларни бошқаришга чет эл компанияларини ва ишлаб чиқаришга нуфузли брендларни жалб қилиш вазифаси қўйилди.

Состоялось видеоселекторное совещание по мерам повышения урожайности хлопчатника и увеличения экспорта текстиля.
Глава государства предложил создать Совет по хлопководству при Президенте.
Определено создание отдельных индустриальных зон для производства готовой текстильной продукции и увеличения экспорта. Поставлена задача привлечь к управлению этими комплексами зарубежные компании, к производству – известные бренды.

#Mirziyoyev #videoselektor #paxtachilik #tuqimachilik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq

Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida “Korrupsiya rivojlanishimizga to‘siq” mavzusida seminar o‘tkazildi.
Seminarda ishtirok etgan xizmatchi va harbiy xizmatchilarga korrupsiya har qanday soha rivojiga salbiy ta'sir ko‘rsatishi bu esa, davlat ravnaqiga katta to‘siq ekanligi ta'kidlanib, misollar asosida ma'lumotlar berildi.
Shu bilan birga seminar ishtirokchilariga kelgusidagi faoliyatlari davomida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik va buning uchun jazo muqarrar ekanligi tushuntirildi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
O‘zbekiston Respublikasi Gidrometeorologiya xizmati markazi tomonidan berilgan ma'lumotga ko‘ra joriy yilning 29-iyunidan 3-iyuligacha bo‘lgan davrda tog‘larda kutilayotgan yuqori harorat foni hisobiga Qirg‘iziston hududidan Farg‘ona viloyati tog‘ oldi va tog‘li hududlari bo‘yicha: So‘x, Farg‘ona tumanlarida va So‘x, Shohimardon, Isfayramsoy daryolarida glyatsial (muz) sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.

Tog‘li va tog‘oldi hududlarda istiqomat qiluvchi aholi, dam olish maskanlarida dam oluvchilar va ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilardan ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishni so‘raymiz.

Boshqa
yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Sel xavfi boʻlganda zarur harakatlar boʻyicha tavsiyalar:

sel oqimlaridan faqat qochib qutilish mumkin. Sel xavfi toʻgʻrisida habar eshitgandan soʻng darxol xavfsiz joyga koʻchish harakatlarini qilish kerak. Sel oqimining tez fursatda shakllanishi, uning tezligini hisobga olgan holda, xabar tarqatish va muhofaza tadbirlarini bajarish uchun vaqt juda chegaralanganligini (bir necha daqiqadan 10-20 daqiqagacha boʻlishi mumkin) doimo yodda tutish lozim;

sel oqimidan xalos boʻlishning iloji boʻlmasa, balandroq tepalik ustiga, daraxtga yoki biror baland moslamalar ustiga chiqish kerak. Odatda sel 3-5 soat davom etishi mumkin;

sel oqimi oʻtgandan soʻng devor va ustunlarning holatini, gaz, elektr va suv taʼminotining sozligini tekshirish zarur.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Chorshanba – favqulodda vaziyatlar profilaktikasi kuni

Surxondaryo viloyati Sherobod tumani FV bo‘limi tomonidan Surxon Davlat qo‘riqxonasi xodimlari bilan hamkorlikda tashkil etilgan profilaktik tadbir tafsilotlari

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram