FAVQULODDA VAZIYATLAR VAZIRLIGI/МИНИСТЕРСТВО ПО ЧРЕЗВЫЧАЙНЫМ СИТУАЦИЯМ
14.8K subscribers
24.1K photos
3.91K videos
10 files
9.73K links
"O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"
"Своевременно предупредить, спасти и помочь"
https://www.facebook.com/FVV.Uzbekiston
Ishonch telefoni: 1101
e-pochta: [email protected]
Manzili: Toshkеnt shahri,Kichik halqa yo`li,4uy
Download Telegram
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Бирлашган Араб Амирликларининг Ҳукумат ишлари бўйича вазири Муҳаммад бин Абдуллоҳ ал-Гаргавий бошчилигидаги делегацияни қабул қилди.
Ўзбекистон ва БАА ўртасидаги кўп қиррали ҳамкорликни янада ривожлантириш ва уни янги амалий мазмун билан бойитишнинг долзарб масалалари кўриб чиқилди.
Қабул қилинган қарорлар ва учрашувда илгари сурилган ташаббусларни тўлиқ амалга ошириш бўйича қўшма “йўл харитаси”ни қабул қилишга келишиб олинди.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев принял делегацию Объединенных Арабских Эмиратов во главе с министром по делам Правительства Мухаммадом бин Абдуллой аль-Гергави.
Рассмотрены актуальные вопросы дальнейшего развития узбекско-эмиратского многопланового сотрудничества и наполнения его новым практическим содержанием.
Достигнута договоренность о принятии совместной «дорожной карты» по полномасштабной реализации принятых решений и выдвинутых на встрече инициатив.

#Mirziyoyev #qabul #BAA #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Когон шаҳрида содир бўлган ёнғин юзасидан маълумот

Бугун, 11 июнь куни соат тахминан 04:10 да Бухоро вилояти Когон шахар газчилар қўрғонида жойлашган “Когон магистрал газ қувурлари” бошқармасида ёнғин содир бўлаётганлиги тўғрисида вилоят ФВБга хабар келиб тушган.

Шунга кўра 8 та ёнғин-қутқарув экипажи ва 2 тв махсус техника воқеа жойига соат 04:13 да етиб борган ва ёнғин соат 05:50 да ўчирилган.

Дастлабки маълумотларга кўра ёнғин натижасида 1-сонли газ ҳайдаш ускунаси ёниб зарарланган.

Ҳодиса оқибатида тан жароҳати олган ва ҳалок бўлганлар йўқ.

Ҳозирда ёғинни келиб чиқиш сабаби ва моддий зарар миқдори аниқланмоқда.
XUSHXABAR
2022- yil 2-5-iyun kunlari Jizzax viloyatida oʻtkazilgan I guruh fanlari boʻyicha asosiy fan olimpiadasining Respublika bosqichida ishtirok etgan Shahrisabz "Temurbeklar maktabi" harbiy-akademik litseyi
II bosqich oʻquvchilari Sharipov Oybek va Murodov Shohruh muddatdan oldin talaba boʻlish imkoniyatini qo'lga kiritishdi. Gʼolib oʻquvchilarga Toshkent amaliy fanlar universitetiga imtihonlarsiz qabul qilinganliklari toʻgʻrisida universitetning SERTIFIKATlari topshirildi.
https://t.iss.one/temurbeklar_maktabi_hal
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabar berganimizdek 8-10 iyun kunlari Toshkent viloyati va Toshkent shahrida Hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkazildi. Ushbu qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqining Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida o‘tkazilgan ko‘rgazmali o‘quv mashqlari tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
SAMIMIY IZHORLAR

Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani “Oybek” MFY raisi Husniddin G‘ofurov ham O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vaziri nomiga minnatdorlik xati yuborgan.

U o‘z xatida tuman tog‘li hududida chorva mollarini boqib, bedarak yo‘qolgan fuqaroni izlash bilan bog‘liq qidiruv-qutqaruv ishlarida jonbozlik ko‘rsatganligi uchun, avvalo, Qashqadaryo viloyati FVB rahbariyati va shaxsiy tarkibiga, shu bilan birga, bugungi kunda elu yurt tinchligi, xalqimiz farovonligi yo‘lida kecha-yu kunduz fidoyilik bilan xizmat olib borayotgan O‘zbekiston Respublikasi FVV rahbariyati va shaxsiy tarkibiga ulkan minnatdorlik bildirgan.
Albatta, bu kabi samimiy izhorlar bugungi kunda yurtimiz xaloskorlarining matonat va jasorat ko‘rsatib, xalqimiz ishonchini oqlab kelayotganliklari, har lahzada muqaddas burchlariga sadoqat bilan xizmat qilayotganliklarining yaqqol namunasidir.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Oromgohda profilaktika

Yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida bolalarning miriqib hordiq chiqarishi uchun qulay sharoit yaratish bilan birga u yerda favqulodda vaziyatlarning oldini olish va yong‘in xavfsizligini ta'minlash masalalari ham muhim vazifa hisoblanadi.

Shu boisdan kuni kecha, Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan “Mirzo Ulug‘bek” bolalar yozgi dam olish oromgohida ko‘rgazmali “Fuqaro muhofazasi” kuni tadbirlari o‘tkazildi. Batafsil...

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
Kuchli shamol vaqtida xavfsizlik choralari

- yashash joylarida eshik-derazalar, chordoq va havo aylanish tizimlarini mahkam berkitish;
- elektr va gaz vositalarini o‘chirish;
- ko‘chalarda daraxt va elektr ustunlari tagida turmaslik;
- ko‘p qavatli binolar balkonlarida, deraza tokchalari hamda tashqaridagi buyumlarni imkon qadar xavfsiz joylarga olib qo‘yish yoki mustahkamligini tekshirish;
- shamol kuchayganda, mustahkam qurilgan binolar, yer osti o‘tish yo‘llari va boshqa yashirinish mumkin bo‘lgan joylarda muhofazalanish;
- ochiq maydonda yurgan hollarda pastliklar, chuqurliklar va barcha xavfsiz yerlarga yotgan holda himoyalanish;
- buzilgan binolarga kirish, xavfli ustunlar, reklama ustunlari va daraxtlar ortiga yashirinish taqiqlanadi;
- kuchli shamoldan so‘ng elektr va gaz jihozlaridan ular tekshirilgandan keyin foydalanish talab etiladi.

Shu o‘rinda Favqulodda vaziyatlar vazirligi avtomobillarni daraxtlar ostida qoldirmaslikni tavsiya etadi.

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram
FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi xabar qiladi: O'zbekiston Respublikasi hududida mahalliy vaqt bilan 11.06.2022 23:55 da (11.06.2022 yil, Grinvich bo'yicha 18:55 da) zilzila sodir bo'ldi. Episentr: Toshkent viloyati, Piskent tumani. Zilzila koordinatalari: 40,84 gradus shimoliy kenglik; 69,64 gradus sharqiy uzunlik. Magnituda М=3,6. Chuqurlik 15 km. Zilzila episentri Toshkentdan 59 km janubiy-sharqda.
O'zbekiston Respublikasi hududia sezilish kuchi:
Olmaliq shahrida 3 ball, 3 km.
Piskent tumanida 2-3 ball, 14 km.
-------------
Республиканский центр Сейсмопрогностического мониторинга МЧС сообщает: На территории Республики Узбекистан 11.06.2022 года 23:55 по местному времени (11.06.2022 года, 18:55 по Гринвичу) произошло землетрясение.
Эпицентр: Ташкентская область, Пскентский район. Координаты землетрясения: 40,84 градусов северной широты; 69,64 градусов восточной долготы. Магнитуда М=3,6. Глубина 15 км. Расстояние от эпицентра до Ташкента 59 км в юго-восточном направлении.
Сила подземных толчков на территории Узбекистана:
город Алмалык: 3 балла, 3 км.
Пскентский район: 2-3 балла, 14 км.
-------------
Batafsil ma'lumot uchun:
https://smrm.uz/
-------------
Kanalimizga qo'shiling:
https://t.iss.one/joinchat/AAAAAEmVUN9featEd1PJCQ
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-maydagi “O’zbekiston Respublikasining seysmik xavfsizligini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida” gi PF-144-sonli Farmoni ijrosin yuzasidan 9-10 iyun kunlari Qishloq-Qurilish va Sanoat-Qurilish banklari xodimlari ishtirokida FVV Akademiyasi huzuridagi Fuqaro muhofazasi institutida “Zilzila nima, kelib chiqish sabablari. Zilzilalar oqibatlarini kamaytirish chora tadbirlari. Zilzila paytida nima qilish kerak” mavzularida o’quv seminari tashkil etildi. O‘quv seminari davomida ishtirokchilar mavzuga doir bilimlarga ega bo‘lib, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini oshirishdi.

Boshqa yangiliklar👇

Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram