XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.98K subscribers
15.7K photos
3.32K videos
126 files
5.95K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Футбол бўйича Ўзбекистон миллий терма жамоаси аъзоларига табрик

Поздравление членам национальной сборной команды Узбекистана по футболу

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍5
#live

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbariyati tomonidan viloyat bo‘ylab Qurban hayiti namozi o‘qiladigan masjidlarda xavfsizlikni ta’minlash, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va  jamoat tartibini saqlash maqsadida keng qamrovli ishlar olib borilmoqda.

Shu munosabat bilan, boshqarma mas’ullari hamkorlikdagi tashkilotlar bilan birgalikda tungi navbatchilik tashkil etib, masjidlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘in va boshqa favqulodda vaziyatlarning oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Mas’ullarga tegishli yo‘riqnomalar berilib, ularning faoliyati joyida o‘rganilmoqda.

Mazkur tadbirlar fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, tinch va osoyishta bayram muhitini yaratishga qaratilgan bo‘lib, barcha tegishli xizmatlar hamkorlikda ishlashga safarbar etilgan.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
3
#Dolzarb_30_kun

Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo,Toshkent va Xorazm viloyatlari FVB xodimlari tomonidan "Yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun" tadbiri doirasida hamda cho‘milish mavsumida, shuningdek, bollar yozgi dam olish oromgohlariga olib borilayotgan profilaktik tadbirlar va o‘quv mashqlari tafsilotlari "O‘zbekiston 24" dasturlarida.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

ETV mahalliy telekanali orqali efirga uzatilgan lavha!

📹 Suvda baxtsiz hodisalarning oldini olish oyliklari davom etmoqda.

⚡️Yangibozor, Urganch, Shovot hamda Bog‘ot tumanlari misolida.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
1
Xonada gaz hidi sezilganda harakat qilish bo‘yicha tavsiya.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Avval xabar berganimizdek, Shveytsariya davlatining Jeneva shahrida tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha global platformaning (GP-2025) 8-sessiyasi boʻlib oʻtdi.

Xususan, forum doirasida vazir B.Qudratxodjayev BMT Bosh kotibining tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish bo‘yicha maxsus vakili Kamal Kishor hamda Tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish boshqarmasining Yevropa va Oʻrta Osiyo boʻyicha hududiy ofisi rahbari Natalya Alonso Kano bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida Kamal Kishor tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning bu borada olib borayotgan ishlari eʼtirof etildi. Shuningdek, ikki tomonlama hamkorlik doirasidagi ishlar muhokama qilinib, hamkorlikning yangi bosqichdagi loyihalari koʻrib chiqildi va kelgusidagi rejalar belgilab olindi.


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
2
#DOLZARB_90_KUN

“YOSHLAR BILAN MANZILLI ISHLASH”


O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining “Favqulodda vaziyatlar vazirligi tizimiga biriktirilgan yoshlar bilan manzilli ishlash tartibini belgilash to‘g‘risida”gi tegishli buyrug‘iga asosan, alohida toifadagi yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishi, ularni hunarga o‘rgatish, bandligini ta’minlashga ko‘maklashib borish ishlarini manzilli tashkil etish maqsadida Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimidagi rahbar hodimlar boshchiligida Yoshlar ishlari agentligining hududiy bo‘linmalari mas’ullari bilan birgalikda biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, kasbga o‘qitish, bandligini ta’minlash hamda huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko‘maklash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
4