XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.99K subscribers
15.6K photos
3.3K videos
126 files
5.91K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Yong‘in — ogohlikni talab qiladi! Har bir fuqaro yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat’iy amal qilishi zarur.


📞Favqulodda vaziyatlar yuzasidan 101, 1050 yoki 112 raqamiga murojaat qiling.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Qo‘shko‘pir_tumani


📹 Qo‘shko‘pir tumanida "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha Dolzarb 30 kun" tadbirlari doirasida profilaktik targ‘ibot ishlari olib borilmoqda.


Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍3
Vaziyat gazetasi 22-son.pdf
14.7 MB
#VAZIYAT_GAZETASI

"Vaziyat" gazetasining  2025-yilgi 21-sonida chop qilingan maqolalar bilan tanishing.


Unda, Urganch shahar, Yangiariq hamda Bog‘ot tumani FVB xodimlari tomonidan yozilgan maqolalar o‘rin egallagan.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
1
OCHIQ SUV HAVZALARIDA CHO‘MILISH HAYOTINGIZ UCHUN XAVFLIDIR

🔹Har bir faslning o‘ziga yarasha jozibasi bo‘lgani singari yozning issiq tafti ham insonlarni soya-salqinlik sari chorlaydi. Bunda zamonaviy sovutkich o‘rnatilgan xonada dam olishga, muzdek salqin ichimlik ichishga yoki bo‘lmasa, huzurbaxsh suvda maza qilib cho‘milishga nima yetsin.

🔹Biroq cho‘milishning huzurbaxshligi bilan bir qatorda, mana shu huzur istagida belgilanmagan joylarda cho‘milishlari oqibatida hayotdan bevaqt ko‘z yumayotganligi yoki bo‘lmasa, har yili kemalar halokatga uchrashi oqibatida ko‘plab insonlarning hayotdan bevaqt ko‘z yumishi kishini o‘yga toldiradi.

🔹Bunday vaqtlarda har bir inson “suvda cho‘kish men va mening yaqinlarim bilan sodir bo‘lmaydi” degan befarqlik va beparvolik chulg‘agan fikrdan biroz chekinib, o‘zi, oila a’zolari va yaqin kishilarini ehtiyot bo‘lishga chaqirishi va ogohlantirib turishi uning kundalik vazifasi bo‘lmog‘i lozim.

🔹Yoshlar o‘rtasida yuzaga kelayotgan suvdagi halokatlarning aksariyati ularning nazoratsiz qoldirilishi va o‘zboshimchaliklari oqibatida sodir bo‘lmoqda. Suvda cho‘kib halok bo‘lgan yoshlarning aksariyati ota-onalar tomonidan nazoratsiz qoldirilganligi hamda o‘zboshimchalik bilan belgilanmagan va taqiqlangan joylarda cho‘milishi oqibatida sodir bo‘lgan. Asosan katta yoshdagi fuqarolarning suvda cho‘kishlariga ularning spirtli ichimliklar iste’mol qilib, mast holda cho‘milish uchun suvga tushishlari sabab bo‘lmoqda.

Shu bois suv havzalaridagi baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida quyidagi oddiy qoidalarga amal qiling:

hech qachon belgilanmagan joylarda (daryo, soy, ko‘l, suv ombori, kanal va ariq) cho‘milmang;

“Cho‘milish taqiqlanadi” deb yozilgan maxsus belgilarga qat’iy amal qiling;

yozgi ta’til davrida bolalarning belgilanmagan joylarda cho‘milishga borishlariga yo‘l qo‘ymang;

yosh bolalarni nazoratsiz qoldirmang;

spirtli ichimliklar iste’mol qilib, cho‘milishga bormang;

faqatgina ruxsat etilgan maxsus suv havzalarida cho‘miling.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

TTV telekanali orqali efirga uzatilgan lavha!


🎥 BOLALAR DAM OLISH YOZGI OROMGOHLARI.

⚡️QO‘SHKO‘PIR, BOG‘OT HAMDA URGANCH
TUMANI MISOLIDA.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
"UCH AVLOD UCHRASHUV"LARI O'TKAZILDI.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Urganch, Xiva shahar, Hazorasp, Xiva tuman bo‘limlarida tizimda xizmat qilib kelayotgan yosh xodimlar hamda Otaliqqa olingan yoshlar ishtirokida "Uch avlod uchrashuv"lari o'tkazildi.

Unda faxriylar tomonidan yoshlarga kasblariga sidqidildan yondashish va o'z xizmat vazifalarini vijdonan o'tashlari, shuningdek, mashaqqati hamda keksayganda o'z kasblaridan tuyadigan faxr-u g'urur tuyg'ulari bilan o'rtoqlashdilar.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Suvda xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi!
Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Suvda xavfsizlik qoidalariga amal qiling!

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ogohlantiradi!
Taqiqlangan joylarda cho‘milish hayot uchun xavfli!


Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
1
“Dolzarb 90 kun” va “Yoshlar oyligi” tadbirlariga start berildi


Yozgi ta’til davrida yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sog‘lomlashtirish va harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlarni tashkil etish hamda 30-iyun – “Yoshlar kuni” munosabati bilan “Yoshlar oyligi” tadbirlarini yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Urganch RANCH texnologiyasi universitetida tadbir tashkil etildi.

Unda yoshlarga yozgi ta'til davomida xavfsizlik talablariga rioya qilish, oylik doirasida o‘tkaziladiga "Men qutqaruvchiman" sport musobaqasining o‘tkazilish tartibi hamda yoshlarni faol ishtirok etishlari yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram