XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2K subscribers
15.6K photos
3.3K videos
126 files
5.9K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Issiq kunlar – salqinlik istagi ortadi!
Lekin ventilyator va konditsioner noto‘g‘ri ishlatilsa, yong‘inga sabab bo‘lishi mumkin!


Eslatma! Sovitish qurilmalaridan foydalanayotganda:
Qurilmani elektr tarmog‘iga mustahkam va to‘g‘ri ulang.
Konditsionerni o‘z vaqtida texnik xizmatdan chiqaring.
Ventilyator va konditsionerni doimiy yoqib qo‘ymang, ayniqsa tunda yoki uydan chiqqaningizda.
Simlar isib ketayotganini sezsangiz, darhol elektrchi chaqiring.
Qurilmalarning ustiga mato yoki qog‘oz qo‘ymang.

Salqinlik muhim, ammo xavfsizlik undan ham muhim!
Yong‘in – ogohliksiz keladi!


Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍1
Yozgi dam olish mavsumiga puxta tayyorgarlik!

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, polkovnik M.Seydullayev boshchiligida Xonqa tumanida joylashgan "Jayhun Quyoshi" hamda "Sog‘lom avlod" bolalar oromgohida o‘rganish ishlari olib borildi.

Tashrif davomida oromgoh hududidagi yong‘in xavfsizligi, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, tibbiy xizmat ko‘rsatish holati joyida o‘rganildi.

Yozgi mavsumda bolalarning xavfsiz, mazmunli va samarali dam olishini taʼminlash maqsadida oromgoh ma’muriyati va tegishli xizmatlar rahbarlariga muhim ko‘rsatmalar berildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍1
Vaziyat 20- son.pdf
18.1 MB
#VAZIYAT_GAZETASI

"Vaziyat" gazetasining  2025-yilgi 19-20-sonlarida chop qilingan maqolalar bilan tanishing.


Unda, Boshqarma, Qo‘shko‘pir, Xonqa hamda Hazorasp tumani FVB xodimlari tomonidan yozilgan maqolalar o‘rin egallagan.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
⚡️Qadrli hamkasbim sening birgina xatoying tufayli hayoting barbod bo‘lishi mumkinligini unutma!

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
1👍1
🔥XORAZM VILOYATI FAVQULODDA VAZIYATLAR BOSHQARMASI OGOHLANTIRADI ! 🔥

☀️Avtomobilingizni quyosh ostida qoldirmang! Bu hayot uchun xavfli bo‘lishi mumkin!

Yozning jazirama kunlarida avtomobillar ichida harorat keskin ko‘tariladi. Quyosh ostida qoldirilgan mashina ichida havo harorati atigi 50-60 daqiqa ichida 50-70°C gacha yetishi mumkin! Bu esa inson hayoti uchun jiddiy xavf tug‘diradi!

🛑Eslab qoling! Sizning bir daqiqalik e’tiborsizligingiz qaytarib bo‘lmas oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘zingizni, farzandingizni va atrofdagilarni asrang!


Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
Hududiy boshqarmalar muvofiqlashtirishida FVDT hududiy va funksional quyi tuzilmalarining favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish bo‘yicha o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari

💢 Jizzax viloyatining Forish tumanida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari.

💢 Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida va Rishton tumanida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari.

💢 Xorazm viloyatining Xonqa tumanida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari.

💢 Buxoro viloyatining Qorovulbozor tumanida o‘tkazilgan qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlari tafsilotlari.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Xonqa tumanida g‘alla o‘rimiga puxta tayyorgarlik ko‘rilmoqda

Bugun tumanda g‘alla o‘rim-yig‘imi mavsumini uyushqoqlik bilan o‘tkazish masalalariga bag‘ishlangan seminar o‘tkazildi.

Tumanimizda 2025 yil hosili uchun 3 ming 500 gektar maydonda boshoqli don hosili yetishtirilmoqda. Agrotexnik tadbirlar o‘z vaqtida va belgilangan meʼyorlarga muvofiq o‘tkazilganligi bois mo‘l hosil yaratish reja qilingan.


Seminarda yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmay yig‘ishtirib olish bo‘yicha ko‘rilgan tayyorgarlik ishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, texnikalarning mavsum oldidan texnik ko‘rikdan o‘tkazilganligi, yong‘inga qarshi vositalar bilan jihozlangani, otryad aʼzolarining favqulodda vaziyatlarda harakatlanish, xavfsizlik bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari ko‘rikdan o‘tkazildi.


🔍Jarayonlar rivojini bizda kuzating

Xonqa.uz |Facebook| Instagram|Youtube
👍4
▶️“Quvnoqlar va zukkolar – 2025”ga start berildi!🎭

📍Аndijon viloyatida doʼstlik, zukkolik va ijodkorlikni birlashtiruvchi “Quvnoqlar va zukkolar – 2025” koʼrik-tanlovining hududiy bosqichiga rasman start berildi!

🎤Yoshlar oʼrtasida ijtimoiy faollik, intellektual salohiyat va jamoaviy hamjihatlikni oshirishga qaratilgan ushbu tanlovda talantli ishtirokchilar, qiziqarli chiqishlar va shiddatli raqobat kutilmoqda.

🎬Har bir chiqish ortida mehnat, ilhom va kulgu yashiringan!

🔰 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

📱Telegram | 📱YouTube | 📱Veb-sahifa | 📱 Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM