XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.02K subscribers
15.5K photos
3.27K videos
126 files
5.85K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Xorazmda “Eco-Save Aral-2025 va Inson uchun” xalqaro marafoni

Bugun, 13 may kuni erta tongdan Urganch shahrida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida “Eco-Save Aral-2025 va Inson uchun” xalqaro xayriya va ekologik yugurish marafoniga start berildi. Mazkur ommaviy yugurish musobaqasi jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ekologik ongni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Yugurish musobaqasi Urganch shahridagi “Shovot” kanali bo‘ylab 3 km masofada o‘tkaziladi. Unda turli tashkilotlar va fuqarolar faol ishtirok etishmoqda. Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham musobaqada faol qatnashib, yuqori kayfiyat va jipslikda ishtirok qilmoqdalar. Ular mazkur tashabbus orqali sog‘lom turmush tarzi va ekologik mas’uliyatga oid g‘oyalarni targ‘ib etishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
“Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining ilk hududiy bosqichi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi

Unda Farg‘ona, Jizzax, Navoiy viloyati FVB hamda "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi terma jamoalari qadimiy va navqiron Xiva shahrida o’tkazilib, unga Xorazm viloyati FVB mezbonlik qildi.

Mazkur ko’rik-tanlovda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining "Alfraganus" jamoasi faxrli 1-o’rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ko‘rik-tanlov yakunida g’olib jamoa bilan bir qatorda barcha ishtirokchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
1👍1
#MUNOSABAT

Rasmiy bayonot


Joriy yilning 12-may kuni soat 03:39 da Xorazm viloyati FVBga Bog‘ot tumani “Yuksalish” mahallasi “Obod Vatan” ko‘chasi 4-uyining dahlizining taxminan 10 kv.m tom qismi qulab tushganligi to‘grisida xabar kelib tushgan.

Mazkur holat yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda turli asossiz va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan ma’lumotlar, xususan, hodisa joyiga asteroid tushgani haqida noto‘g‘ri xabarlar tarqalmoqda.

Shuni ma’lum qilamizki, hodisa sodir bo‘lgan manzilda Ichki ishlar boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining maxsus laboratoriya xizmatlari tomonidan o‘rganish ishlari olib borilgan. O‘rganishlar davomida hodisa joyida hech qanday fazo jismlari yoki portlash xususiyatiga ega moslamalarning qoldiqlari aniqlanmagan.

Shuningdek, o'rganishlar davomida xonadonda 2 ta propan gaz balonlari mavjudligi aniqlangan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Hodisaning kelib chiqish sababini aniqlash maqsadida maxsus ekspertiza tayinlangan. Ekspertiza xulosasiga asosan qo‘shimcha ma’lumotlar beriladi.

Mazkur hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.


⚡️Shu o‘rinda barchadan texnika va yong‘in xavfsizligi qoidalariga qat'iy rioya qilishlarini so‘rab qolamiz!

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍4🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Eslatma

🔰 Yoz fasli yaqinlashib, kunlar isishi davrida elektr sovitish texnikasiga bo‘lgan talab ortib boradi. Albatta bunday vaziyatlarda nosoz texnikalardan foydalanish yong‘inlarga olib kelishi mumkin.

⭕️ Hurmatli fuqarolar nosoz elektr sovitish moslamalaridan foydalanmang.

‼️Yodda tuting,
uydan yoki ishxonadan chiqayotgan vaqtingizda albatta ularni o‘chirib, elektr manbaidan uzishni unutmang.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
🫡1
#DIQQAT
#OGOHLANTIRISH

Hurmatli Xorazm viloyati aholisi va mehmonlari!


⚠️ Xabardor qilamiz: Joriy yilning 14-15-16-may kunlari Xonqa tumanida keng ko‘lamli Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi o‘tkaziladi.

Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqi mavzusi:
“Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash”

Ushbu mashg‘ulotlar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, tegishli xizmatlar va idoralar hamkorligida tashkil etilmoqda.

‼️ Fuqarolardan so‘raladi:

*Ortiqcha sarosimaga tushmaslik,
*Mashg‘ulotlar vaqtida xotirjamlikni saqlash,
*Qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarida faol ishtirok etish.


Bu tadbirlar aholi xavfsizligini ta'minlash va zilzilalarga tayyorgarlikni yanada oshirish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Qo‘shimcha ma’lumotlar:
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram sahifalarimiz orqali kuzatib boring!
#live

Ayni damda, Xonqa tumanida “Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarning oldini olish, sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini zilzilada harakatlanishga tayyorlash”   mavzusidagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqilariga start berildi.

Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimi xizmatlariga xabar berish jarayonlari.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍6