XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.5K photos
3.29K videos
126 files
5.88K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Xiva shahriga sayohat uyishtirildi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligining bir guruh xodimlari ''O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil'' dasturi doirasida qadimiy va navqiron Xiva shahriga tashrif buyurdi. Farg‘ona, Navoiy, Jizzax viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmalari hamda "Qamchiq" Maxsus qidiruv yong‘in-qutqaruv boshqarmasida namunali xizmat qilib kelayotgan yoshlar, tajribali ustozlar, harbiy xizmatchilar va ularning oila a'zolari Xiva shahrining diqqatga sazovor joylari hamda ularning tarixi bilan yaqindan tanishdilar.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍3
Xorazmda “Eco-Save Aral-2025 va Inson uchun” xalqaro marafoni

Bugun, 13 may kuni erta tongdan Urganch shahrida “Atrof-muhitni asrash va yashil iqtisodiyot yili” doirasida “Eco-Save Aral-2025 va Inson uchun” xalqaro xayriya va ekologik yugurish marafoniga start berildi. Mazkur ommaviy yugurish musobaqasi jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy faollikni oshirish hamda ekologik ongni yuksaltirish maqsadida tashkil etildi. Yugurish musobaqasi Urganch shahridagi “Shovot” kanali bo‘ylab 3 km masofada o‘tkaziladi. Unda turli tashkilotlar va fuqarolar faol ishtirok etishmoqda. Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari ham musobaqada faol qatnashib, yuqori kayfiyat va jipslikda ishtirok qilmoqdalar. Ular mazkur tashabbus orqali sog‘lom turmush tarzi va ekologik mas’uliyatga oid g‘oyalarni targ‘ib etishga o‘z hissalarini qo‘shishmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
“Quvnoqlar va zukkolar” ko’rik-tanlovining ilk hududiy bosqichi Xorazm viloyatida bo‘lib o‘tdi

Unda Farg‘ona, Jizzax, Navoiy viloyati FVB hamda "Qamchiq" Maxsus qidiruv, yong‘in-qutqaruv boshqarmasi terma jamoalari qadimiy va navqiron Xiva shahrida o’tkazilib, unga Xorazm viloyati FVB mezbonlik qildi.

Mazkur ko’rik-tanlovda Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining "Alfraganus" jamoasi faxrli 1-o’rinni egallab, respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Ko‘rik-tanlov yakunida g’olib jamoa bilan bir qatorda barcha ishtirokchilar esdalik sovg’alari bilan taqdirlanadilar.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
1👍1