XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.5K photos
3.27K videos
126 files
5.85K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Korrupsiya – kelajakka xiyonat

Bugungi kunda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashga alohida eʼtibor qaratilmoqda. Zero, korrupsiya – nafaqat qonunbuzarlik, balki jamiyatning iqtisodiy va maʼnaviy asoslariga putur yetkazuvchi xavfli illatdir.

Korrupsiya nimasi bilan xavfli?

Korrupsiya – bu davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, mahalliy o‘zini o‘zi boshqarish organlari, muassasalar, tashkilotlar mansabdor shaxslarining o‘z xizmat mavqei yoki unga tenglashtirilgan holatidan shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab qonunga xilof ravishda foydalanishi, shuningdek, bunday shaxslarni og‘dirib olish yo‘li bilan sodir etiladigan boshqa qonunbuzarliklardir. Batafsil

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍4
⚡️"Aholini zilzilada harakat qilishga tayyorlash"

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatimiz bo‘ylab barcha shahar va tumanlarda "Aholini zilzilada harakat qilishga tayyorlash" haftaligi doirasida ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlarda ko‘rik tanlovlar, seminar va oʻquv mashgʻulotlari oʻtkazilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍3
ПАЙШАНБА-ПРОФИЛАКТИКА КУНИ

Янгиариқ туманида "Ҳуқуқбузарликлар профилактикаси куни" муносабати билан туман ҳокимлиги, прокуратура, Ички ишлар, Миллий гвардия, ФВБ ходимлари, Тиббиёт бирлашмаси потранажлари ва бошқа ҳамкор ташкилотлар иштирокида йўриқнома ўтказилди.

Тадбирда мавзу доирасида амалга оширилиши лозим бўлган ишлар муҳокама қилинди ва иштирокчиларига профилактик тадбир доирасида ишларни тўғри йўлга қўйиш, хорижда узоқ муддатда юрган ва қайтиб келган фуқаролар билан ишлаш ва уларни тиббий кўрикдан ўтказиш шунингдек, туман миқёсида криминоген вазиятни яхшилаш борасида  профилактик ишларни кучайтириш бўйича топшириқлар берилди.

Янгиариқ тумани ҳокимлиги ахборот хизмати
Facebook | YouTube| Telegram I Instagram Sayt
👍2
“AHOLINI ZILZILADA HARAKAT QILISHGA TAYYORLASH” HAFTALIGI

“Aholini zilzilada harakat qilishga tayyorlash” haftaligi doirasida
8-may – Xalqaro Qizil Xoch va Qizil Yarim Oy Jamiyatlari harakati tashkil etilgan kun munosabati bilan Qo‘shko‘pir tumanida yosh avlod o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat borasidagi bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan musobaqa o‘tkazildi. Batafsil

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍41