XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.4K photos
3.23K videos
126 files
5.82K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
INSON AZIZ, XOTIRA – MUQADDAS!

Bugun, 6-may kuni Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan yurtimizda umumxalq xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ezgu tashabbuslar amalga oshirildi.

"Xotira – abadiy, qadr – muqaddas!" shiori ostida Urganch shahri bo‘ylab chellenj o‘tkazildi. Tadbir orqali yoshlar qalbida Vatanga bo‘lgan sadoqat, mehr va faxr tuyg‘ulari yanada mustahkamlandi. Ayniqsa, yoshlar orasida harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ularni yurtga daxldorlik ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Urganch shahar Favqulodda vaziyatlar bo‘limi harbiy xizmatchilari tomonidan o‘quvchi yoshlar ishtirokida "Jasorat bog‘lari"ga tashriflar uyushtirilib, u yerda tarixiy xotiralar, mardlik va fidoyilik haqida ma’lumotlar berildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarda vatanparvarlik ruhini shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍6
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Efir

Xorazm MTRK orqali efirga uzatilgan lavha!

📹
YO’L - HAMMAMIZNIKI

Manba: @XorazmTELEKANAL

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
"Chorshanba - favqulodda vaziyatlarni oldini olish va yong‘inlar profilaktikasi kuni" tаdbirlarida faol ishtirok qiling!

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍1
#Yalpi_majlis

Kecha, 6-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo'lib o'tadi. Majlisda aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish ishlarini yanada takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi o‘qishda moddama-modda ko‘rib chiqildi.

Deputatlarning ta’kidlashicha, qonun loyihasining qabul qilinishi aholi va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishi bilan bog‘liq tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish, favqulodda vaziyatlar natijasida yetkazilgan zararni baholash va qoplashning huquqiy asoslarini takomillashtirishga xizmat qiladi.

Majlisda qonun loyihasi deputatlar tomonidan ikkinchi o‘qishda qabul qilindi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Jasorat – millat g‘ururi va iftixori

9-may Xotira va qadirlash kuni munosabati bilan Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi  polkovnik  O‘.Meyliyev tomonidan Bog‘ot tumani Favqulodda vaziyatlar bo'limida xizmat olib borish vaqtida vafot etgan marhum xizmatchi Samandarov Azamatning xonadoniga  tashrif buyurilib, oila a'zolarining holidan xabar olindi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍5