XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.97K subscribers
15.8K photos
3.34K videos
126 files
5.97K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
⚡️FVV eslatib o‘tadi❗️

📱Mobil telefon va boshqa gadjetlarni yotoq yonida, yostiq tagida qarovsiz yoki tungi vaqtda qavvutlash ayanchli oqibatlarga olib kelishi mumkin:
🔹 telefoningizni kunduzgi vaqt, nazoratingiz ostida quvvatlantiring;
🔹 telefoningizni yostiq tagiga aslo qo‘ymang;
🔹agar elektr jihozi alangalansa, birinchi navbatda tokni uzish kerak, so‘ng ustiga qalin mato yopish maqsadga muvofiq bo‘ladi, alangani faqat o‘t o‘chirgich bilan o‘chiring🧯
------------------
⚡️МЧС напоминает❗️

📱Заряжать мобильный телефон и другие гаджеты без присмотра или ночью, у кровати или под подушкой может быть смертельно опасно!
🔸 телефон необходимо зарядить днём, когда рядом с устройством кто-то есть;
🔸 нельзя класть телефон под подушку;
🔸 если электроприбор загорелся, его надо сначала обесточить, накрыть плотной тканью, тушить только огнетушителем🧯

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
👍1
⚡️ Futzal Ikkinchi liga | 7-tur

Yoshlik sport majmuasida o’tkaziladigan uchrashuvlarni📱 YouTube kanalimiz orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin

▫️El Classico — Xorazm FVB▫️
📺
JONLI EFIR | 🕐 14:00

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍32
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#raqamlar

O'tgan xafta davomida Favqulodda vaziyatlar vazirligi tomonidan amalga oshirilgan profilaktik tadbirlar.
-----------
#цифры

Профилактические мероприятия, проведённые Министерством по чрезвычайным ситуациям в течение минувшей недели.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍2
Bozorlarda prafilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatimiz bo‘ylab barcha shahar va tumanlardagi savdo majmualari, markaziy dehqon va buyum bozorlarida navbatdagi profilaktik targ‘ibot tadbirlari olib borilmoqda.

Aniqlangan kamchiliklar bartaraf qilinib, tadbirkorlar va xaridorlarga yong'in xavfsizligi hamda sanitariya qoidalari tushuntirilib, xavfsizlikgi targ'ib qiluvchi eslatmalar tarqatildi.

Sifat sertifikatiga ega bo‘lmagan isitish va maishiy gaz ballonlarini sotish va ulardan foydalanish turli xil baxtsiz hodisalarga, yong‘in va gaz havo aralashmasining chaqnashi bilan bog‘liq noxush holatlarga olib kelishi hayotiy misollar orqali tushuntirildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live
#no_comment

Ayni damda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat tizimiga kiruvchi hamkor tashkilotlar bilan viloyat bo‘ylab qor yog‘ishi natijasida avtomobil yo‘llarida hosil bo‘lgan muz qoplamalardan tozalash, tuz-qum aralashmalarini sepish hamda harakat xavfsizligini taʼminlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida hamkorlikda ish olib borishmoqda.
👍8
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Is gazi hayot uchun xavfli!

Ushbu xavfli hodisa qurboni bo'lmaslik uchun nima qilish kerakligi haqida iloji boricha ko'proq ma’lumot oling.
—————
Угарный газ опасен для жизни!

Узнайте как можно больше об этом опасном явлении и что необходимо сделать, чтобы не стать его жертвой.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
Forwarded from FVV Akademiyasi
🔈 FVV AKADEMIYASIGA O‘QISHGA TAKLIF ETAMIZ

🏠 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi 1993-yil 11-avgust kuni Yong‘in xavfsizligi oliy texnik maktabi sifatida tashkil topgan bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 10-apreldagi PF-5005-son Farmoni asosida ushbu ta’lim dargoh Yong‘in xavfsizligi institutga o‘zgartirilgan. O‘zbekiston  Respublikasi Prezidentining 2019-yil 10-apreldagi PF-5706-son Farmoni asosida 2020-yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi tashkil etilgan.

Respublikaning barcha jabhalarida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va ularni bartaraf etish, yong‘in xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, hayot faoliyati xavfsizligi sohasida malakali kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish, ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash bo‘yicha yagona yetakchi (tayanch) oliy harbiy ta’lim muassasasi hisoblanadi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-sentabrdagi PQ-4447-son Qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining harbiy xizmatni o‘tash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom va Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-dekabrdagi 775-son qarori bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qishga nomzodlarni saralab olish va qabul qilish, kursantlarni o‘qishdan chetlashtirish va qayta tiklash tartibi to‘g‘risida”gi Nizom talablariga muvofiq amalga oshiriladi.

Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning hujjatlari doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlari, harbiy xizmatchilarniki esa o‘zining xizmat joylarida rasmiylashtiriladi.

Akademiyaga o‘qishga kirish istagini bildirgan nomzodlar doimiy yashash joyidagi mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlariga ariza bilan, harbiy xizmatchilar esa xizmat joyidagi tegishli komandir (boshliq) nomiga bildirgi bilan murojaat etadilar.

Akademiyaga o‘qishga kirish uchun arizalar va bildirgilar 1-fevral kunidan 31-mart kunigacha (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Akademiyaga o‘qishga — o‘n yetti yoshdan yigirma uch yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n yetti yoshga to‘ladigan fuqarolar, shuningdek o‘n sakkiz yoshdan yigirma besh yoshgacha bo‘lgan, shu jumladan o‘qishga qabul qilingan yili o‘n sakkiz yoshga to‘ladigan, ofitserlar tarkibi harbiy unvonlariga ega bo‘lmagan harbiy xizmatchilar va harbiy xizmatga majburlar, shuningdek yigirma olti yoshgacha bo‘lgan va Akademiyada o‘qish istagini bildirgan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarining talabalari qabul qilinadi.

O‘qishga nomzodlarning bo‘yi 165 sm va undan yuqori bo‘lishi shart. Akademiyaga kursantlar kontingentini sifatli butlash uchun quyidagi saralab olish tadbirlari bosqichma-bosqich amalga oshiriladi:
- harbiy-professional yo‘nalish;
- dastlabki saralab olish;
- test sinovlari.

Harbiy-professional yo‘nalish bo‘yicha tadbirlar harbiy xizmatchi kasbining mohiyatini va unga qo‘yiladigan talablarni ochib berish, yoshlarda harbiy kasbni ongli ravishda tanlashni shakllantirish, muayyan harbiy mutaxassislikni tanlashda ularga yordam ko‘rsatish maqsadida amalga oshiriladi.
Dastlabki saralab olish tadbirlari ikki bosqichda o‘tkaziladi. Birinchi bosqich: fuqaro yoshlar uchun – mudofaa ishlari bo‘yicha bo‘limlarida, harbiy xizmatchilar uchun – xizmatni o‘tash joyida, 1-fevralidan 10 aprelga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

- hujjatlarni to‘plash va o‘rganish;
- yakka tartibdagi suhbat;
- birlamchi tibbiy ko‘rik.
Ikkinchi bosqich: fuqaro yoshlar va harbiy xizmatchilar uchun – mudofaa ishlari bo‘yicha boshqarmalari va O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining harbiy-tibbiy muassasalarida 11-apreldan 31-mayga qadar (shu kuni ham) amalga oshiriladi.

- individual-psixologik o‘rganish;
- umumjismoniy tayyorgarlik ko‘rganligini baholash;
- yakuniy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish.

batafsil: akademiya.fvv.uz

Obuna bo‘lishni unutmang:

🌐 Boshqa yangiliklar 👇

🖥 Veb-sayt| 📱 Telegram|‌‌‌‌
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HARBIY-VATANPARVARLIK TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

Xorazm viloyati bo‘ylab ta'lim muassasalarida o‘quvchi yoshlar bilan davra suhbatlari, seminarlar tashkil qilinmoqda. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi masʼul xodimi boshchiligida tashkil qilinayotgan mazkur tadbirlarda, yoshlarni qutqaruvchilik kasbiga qiziqtirish, Shahrisabz ʼʼTemurbeklar maktabiʼʼ harbiy litseyi va Akademiyaga o‘qishga topshirish tartibi u yerda yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar atroflicha tushuntirib o‘tildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
"Korrupsiya alomatlariga ega bo'lgan, sodir etilganligi uchun qonun xujjatlarida javobgarlik nazarda tutilgan qilmish" nima deb ataladi?
Anonymous Quiz
21%
Korrupsiya;
56%
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik;
23%
Manfaatlar to'qnashuvi.
👍4
⚡️ IKKINCHI LIGA | 7-TUR

Futzal boʻyicha havaskor jamoalar o’rtasida Xorazm viloyati ikkinchi liga musobaqasi 7-tur uchrashuvlarining yakuniy natijalari.

Khorezm FA | ⚽️ Khorezm Shop
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Xorazm info
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Mediasavodxonlik

🟠Dipfeyklar koʼpaymoqda: qanday himoyalanish mumkin?

⚠️Ijtimoiy tarmoqlarda soxta video va tasvirlar - dipfeyklar koʼpayib bormoqda.

🔗Bir qarashda dipfeyklarni aslidan farqlash mushkuldek, biroq sunʼiy intellekt yordamida aniqlash imkoniyati mavjud.


🧑‍💻Videorolikda media mutaxassisi feyk va dezinformatsiyadan himoyalanishning yangi texnologiyasi haqida maʼlumot beradi.

🌐aokaxorazm.uz | 💬Facebook | Telegram |🌐Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilish kuchaytiriladi


⭐️“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga harbiy xizmatchilarni ijtimoiy himoya qilishni kuchaytirishga qaratilgan oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritish toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ-71-son, 24.02.2024-y.) qabul qilindi

Qarorga koʻra, Prezidentning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi:

2025-yil 1-martdan harbiy xizmatchilarga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun toʻlanadigan har oylik pul kompensatsiyasi miqdori 20 foizga oshiriladi;

2025-yil 1-iyundan qonunchilik hujjatlariga muvofiq tasdiqlanadigan ipoteka kreditlarini ajratish koʻrsatkichlari asosida uy-joy bilan taʼminlanadigan, kalendar hisobida 10 yildan ortiq harbiy xizmatni oʻtagan harbiy xizmatchilarga turarjoy sotib olish (qurish) uchun ipoteka krediti olinishida ajratiladigan dastlabki badal miqdori uy-joy hisoblangan qiymatining 35 foizi miqdorida belgilanadi.

⭐️Prezidentining 2005-yil 30-iyundagi PQ–112-son qaroriga kiritilgan oʻzgartirishlarga koʻra:

2025-yil 1-martdan yil yakunigacha Qurolli Kuchlarning kontrakt boʻyicha xizmat qilayotgan, amaldagi sarf-xarajatlar doirasida turarjoy bilan taʼminlanmagan oddiy askar, serjant va ofitserlar tarkibidagi harbiy xizmatchilariga turarjoyni ijaraga olganlik (ijarada turganlik) uchun:

Toshkent shahrida – BHMning 4,8 baravarigacha miqdorda;
Nukus shahri va viloyatlar markazlarida – BHMning 3,6 baravarigacha miqdorda;
boshqa shaharlar, tuman markazlari va aholi punktlarida – BHMning 2,4 baravarigacha miqdorda har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari belgilandi.

Oila aʼzolari 3 kishi va undan ortiq boʻlgan taqdirda harbiy xizmatchilarning ushbu pul kompensatsiyasi miqdorlari 50 foizga oshiriladi.

➡️2026-yildan har yili har oylik pul kompensatsiyasi toʻlovlari miqdori hududlar kesimida turarjoy ijarasining bozor narxlaridan kelib chiqqan holda, Hukumat qarori bilan belgilab boriladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
HARBIY-VATANPARVARLIK TADBIRI O‘TKAZILDI

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamda Urganch Harbiy prokuraturasi hamkorligida Shovot tumanida joylashgan harbiy qismlarning birida safarbarlik chaqiruvi rezervidagi xizmatni o‘tayotgan yoshlar bilan harbiy-vatanparvarlik tadbiri bo‘lib o‘tdi. Batafsil

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram