XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.98K subscribers
15.7K photos
3.33K videos
126 files
5.96K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#EFIR

Xorazm MTRK orqali efirga uzatilgan lavha!

📹 “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida cho‘l hududlari ko‘kalamzorlashtirilmoqda.

Yangiariq tumani misolida.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
#Qiziq_fakt

Yong‘indan avtomatik tarzda xabar berish qurilmasini birinchi bo‘lib kim yaratganini bilasizmi?


Ushbu yong‘in signalizatsiya tizimi 1852-yilda Amerikalik olimlar Willian F.Channing va Newton C.Dearborn tomonidan yaratilgan. Bu tizimda yong‘inni aniqlab, tezda xabar yuborish imkoniyati mavjud bo‘lgan. Tizim, binolardagi yong‘inlarni elektr simlari orqali sezish va signal berish imkonini bergan.

Ularning ixtirosi keyinchalik yong‘in xavfsizligi tizimlarining rivojlanishiga asos bo‘ldi va hozirgi zamon tizimlari ham ularning ishlab chiqargan texnologiyalari ustida rivojlandi. Bu tizimlar hozirgi kunda juda samarali va keng tarqalgan yong‘in xavfsizligi vositalaridan biridir.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍1
Ma'naviy-ma'rifiy soat


Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan "Xorazmshoxlar davlatining so‘nggi hukmdori Jaloliddin Manguberdining Vatan himoyasi yo‘lidagi mardonavor jasorati" mavzusida ma'naviyat va ma'rifat dars mashg'iloti bo'lib o'tdi.

Unda Urganch Davlat pedagogika instituti "Tarix va geografiya kafedrasi" o‘qituvchisi Xujamatov Intizom Jumabayevich o'z ma'ruzasi bilan ishtirok qildi.

Dars mashg‘uloti davomida Jaloliddin Manguberdining tarjimai holi, Moʻgʻullarga qarshi kurashlari hamda Shimoliy Hindiston va Kavkazdagi harbiy harakatlari haqida batafsil ma'lumotlar berildi.

Bu kabi tadbirlar harbiylarimizning ma’naviy bilimlarini oshirish, buyuk ajdodlarimiz merosidan ilhom olish va milliy qadriyatlarimizni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍2
Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.

Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, bilimga chanqoq iste’dodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoiy inson qilib tarbiyalash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasi masʼul xodimi boshchiligida Urganch harbiy prokuraturasi va Yoshlar ittifoqi Xorazm viloyati Kengashi hamkorligida targ‘ibot va tashviqot ishlari amalga oshirilmoqda.
Batafsil

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
1👍1
🏘Talabalarning ijara xonadonlaridagi xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan yig‘ilish oʻtkazildi

🟢Bugun, 21-fevral kuni Abu Rayhon Beruniy nomidagi Urganch davlat universiteti tyutorlari, yoshlar bilan ishlash boʻyicha dekan muovinlari hamda tegishliligi boʻyicha boʻlim boshliqlari uchun qish mavsumida ijara xonadonlarini xavfsizligini taʻminlashga qaratilgan yigʻilish oʻtkazildi.

🟢Unda universitet birinchi prorektori D.Ibadullayev, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasining Urganch shahar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari E.Ernazarov hamda profilaktika inspektori D.Sapayevlar tomonidan talabalarning ijara xonadonlaridagi holatni muntazam ravishda o‘rganib borish, uchrashi mumkin bo‘lgan turli favqulodda holatlarni oldini olish masalasi atroflicha muhokama etildi.

🟢Yig‘ilishda Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda talabalarning ijara xonadonlarini borib o‘rganish, xonadonlarga tashrif davomida is gazidan zaharlanishning oldini olish, yong‘in kelib chiqishi mumkin bo‘lgan holatlar, elektr tokidan noto‘g‘ri foydalanishning zararli oqibatlari boʻyicha har biri talaba bilan alohida suhbatlashib, kerakli tavsiyalar hamda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishlari yuzasidan tushuntirishlar berilishi lozimligi qayd etildi.

©️UrDU Matbuot xizmati
🌐 Sayt| Telegram| Facebook|Instagram| Ln | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21