XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.5K photos
3.26K videos
126 files
5.84K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
#Tabriklaymiz_qutlaymiz

📝 17.10.2024

Bugun, Xorazm viloyat FVB bo‘lim boshlig‘i Davronbek Baltabayevich hamda boshqarma Axborot xizmati boshlig'i Hojiakbar Alisher o'g'lining tavallud ayyomlari.


Shu munosabat bilan, boshqarma rahbariyati va shaxsiy tarkibi nomidan sizlarni tavallud ayyominggiz bilan tabriklaymiz. Ona Vatanimiz tinchligi, elimiz osoyishtaligi, xalqimiz farovonligi va sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong'in xavfsizligini ta'minlashdek mashaqqatli, ammo sharafli xizmatlaringgizda ulkan muvoffaqiyatlar tilab qolamiz. Sizga mustaxkam sog’liq, uzoq-umr, baxtu-saodat va omad doimiy hamrohingiz bo’lsin! Tug’ilgan kunigiz muborak bo’lsin!

Hurmat bilan, Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi jamoasi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👏8👍2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Yoshlar bilan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda: Shovot tumani misolida

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyatdagi 2-sektor hududida joylashgan mahallalarda istiqomat qiluvchi otaliqqa olingan yoshlar bilan tizimli ishlash maqsadida qator tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, mahallalarda yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish, iqtidori, isteʼdodi va tashabbuslarini ragʻbatlantirish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishlariga koʻmaklashish, eng asosiysi yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda ularning intellektual jihatdan kamol topishini va maʼnaviy rivojlanishini taʼminlashda har bir harbiy xizmatchi o‘zlariga biriktirilgan yoshlarga amaliy yordam berib kelmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Audio
#radio

Xorazm radiosi Vaziyat eshittirishining Yangibozor tumani FVB hamda Yangiariq tumani FVB xodimlari ishtirokidagi navbatdagi soni.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Bir vaqtning o‘zida bir nechta elektr jihozlarini bir manbaga ulamang!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
"Ma'naviy ma'rifiy tayyorgarlik"

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasida navbatdagi "Ma'naviy ma'rifiy tayyorgarlik" dars mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi.  Unda "21-oktyabr O‘zbek tiliga davlat maqomi berilgan kun'' mavzusida mutaxassislar ma'ruza qildilar. Shu bilan birgalikda o‘quvchi yoshlar tomonidan ona tilimizni madh etuvchi she'rlar aytildi. Harbiy xizmatchi va xizmatchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob oldilar.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👏3
Xavfsizlik targ'iboti tadbirlar - Yangibozor tuman misolida.
 
Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish borasida daxldor tashkilotlar bilan hamkorlikda profilaktik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Yangibozor tuman Favqulodda vaziyatlar bo'limi tomonidan tashkil etildi. Tadbir doirasida soha xodimlari aholi xonadonlari, ijtimoiy soha va qurilish obyektlari hamda tadbirkorlik subyektlarida va ta'lim muassasalarida yong‘inlar, is gazidan zaharlanish bilan bog'liq baxtsiz hodisalar va boshqa turdagi ko‘ngilsiz holatlarning oldini olish yuzasidan tushuntirish, targ‘ibot ishlari olib borildi. Shuningdek, fuqarolarga "Uzbekinvest" EISK AJ Xorazm filiali xodimlari tomonidan "Xavfsiz xonadon" sug‘urta mahsuloti haqida batafsil ma'lumot berildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Президент Шавкат Мирзиёевнинг “Имом Термизий илмий меросининг ислом цивилизациясида тутган ўрни” мавзусидаги халқаро илмий-амалий анжуман иштирокчиларига мурожаати

Послание Президента Шавката Мирзиёева участникам международной научно-практической конференции «Роль научного наследия Имама Термези в исламской цивилизации»

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
"FAVQULODDA VAZIYATLAR BO'LIMIDA OCHIQ ESHIKLAR KUNI O'TKAZILDI"


Urganch tumanining 2-sektorida tuman FVBga biriktirilgan yoshlar o‘rtasida "Vatan tayanchi" bolalar va o'smirlar harbiy Vatanparvarlik harakati a'zolari hamda mahallalardagi yoshlarni qo'llab-quvvatlash, ularni bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazish maqsadida, Urganch tumani FVBda "Milliy armiyamiz chinakam mardlik, fidoiylik va vatanparvarlik maktabi" mavzusida ochiq eshiklar kuni o'tkazildi.

Mazkur tadbir davomida yoshlar qutqaruvchilarning kun tartibi, navbatchi-dispetcherining faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi, shuningdek, yoshlar o'rtasida ikki jamoaga bo'linib qiziqarli musobaqa va bellashuvlar o'tkazildi.

Bu kabi tadbirlar o‘z o‘rnida yoshlarning "Qutqaruvchilik" kasbiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirishga xizmat qiladi
.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍5