XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
2.01K subscribers
15.4K photos
3.23K videos
126 files
5.82K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Bogʻot tumanida qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazilmoqda

Xorazm viloyatining Bogʻot tumanida “Zilzila bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda oqibatlarini bartaraf etish hamda aholini zilzila vaqtida harakatlanishga tayyorlash” mavzusida hamkorlikdagi qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari oʻtkazilmoqda.

Jarayonda mexanizatsiyalashtirilgan yig‘ma otryadining saf ko‘rigi o‘tkazilib, FVDqT xizmatlarining kuch va vositalari ko‘zdan kechirildi.

Mazkur oʻquv mashqlarini o‘trkazishdan maqsad aholining favqulodda vaziyatlarda toʻgʻri harakat qilishi, yuzaga kelishi mumkin boʻlgan favqulodda vaziyatlarda talafotlarning oldini olish, qutqaruv hamda fuqaro muhofazasi tuzilmalarining shayligini oshirishdan iborat.

Qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari 11-oktabr kuniga qadar davom etadi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍3
Zilzila vaqtida qanday harakat qilish kerakligi bo‘yicha tavsiyalar?

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
👍1
Bogʻot tumanida o‘tkazilayotgan qoʻmondonlik-shtab oʻquv mashqlari yakunlandi.

Bugun o‘quv mashqi yakunlari bo‘yicha tuman hokimlikida yig‘ilish o‘tkazildi. O‘tkazilgan yig‘ilishda tuman Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday vaziyatlarda harakat qilish davlat quyi tizimining harakatlari bo‘yicha muhokamalar olib borildi.
Aniqlangan kamchilik va muammolar tahlil qilindi. Kelgusida bunday kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha aniq vazifalar belgilab olinib, tadbirlarda faol ishtirok qilgan korxona va tashkilot xodimlari Xorazm viloyati FVB rahbariyati va tuman hokimligining tashakkurnoma va estalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
🔰Sovuq tushishi bilan isitishda yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔹Qonunchilikka ko‘ra, binolarda (inshootlarda) faqat sanoatda (zavodda) ishlab chiqarilgan issiqlik hosil qiluvchi qurilmalardan (shu jumladan, issiqlik to‘plamaydigan pechlardan) va isitish moslamalaridan (turli buyumlardan yasalgan pechlar bundan mustasno) foydalanishga ruxsat etiladi.

🔹Isitish mavsumi boshlanishidan oldin pechlar, qozonlar, issiqlik hosil qiluvchi uskunalar hamda boshqa isitish anjomlari va tizimlari tekshirilgan va ta'mirlangan bo‘lishi kerak. Nosoz isitish pechlari, qozonxona jihozlari, issiqlik hosil qiluvchi qurilmalar va boshqa isitish anjomlaridan foydalanish taqiqlanadi

Boshqa
yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | Twitter
👍3
#no_comment
#live

Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi musobaqalarining viloyat bosqichiga start berildi!

❇️Xorazm viloyati Urganch shahrida ''Yurtning kuchi-birlikda, qadri esa tinchlikdadir!" shiori ostidagi Favqulodda vaziyatlar vaziri kubogi uchun viloyat FVBga biriktirilgan 2-sektor hududida joylashgan mahallalaridan otaliqqa olingan yoshlar o'rtasidagi musobaqaning viloyat bosqichiga start berildi!

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram