XORAZM VILOYATI FVB AXBOROT XIZMATI
1.97K subscribers
15.8K photos
3.35K videos
126 files
5.98K links
✍️ "O'z vaqtida ogohlantirish, qutqarish va yordam berish"!

"Своевременно предупредить, спасти и помочь"!
Download Telegram
Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tizimida uzoq yillar fidoyi xizmat qilib, viloyatimizda sodir bo’lishi mumkin bo’lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish, yong’in xavfsizligini ta’minlashga ulkan hissa qo’shgan xodimlarimizdan biri Xonqa tumani FVB boshlig'i podpolkovnik Jumanazarov Qudrat Dushambayevichni nafaqaga kuzatish marosimi bo’lib o’tdi.

Ushbu tadbirda Xorazm viloyati FVB rahbariyati hamda shaxsiy tarkibi ishtirok etdi. Soha xodimlari Qudrat Dushambayevichni samimiy tabriklashdi, unga tantanali ravishda milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda to'n kiydirilib, sovg'alar taqdim etildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hurmatli fuqarolar❗️

Kuz-qish mavsumi oldidan xonadoningizdagi gaz, elektr va boshqa muqobil energiya resurslarida ishlovchi isitish moslamalari va ularning dudburonlari sozligiga e’tibor bering hamda texnik ko'rikdan o'tkazishni unutmang!

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X
XAVFSIZLIK TARG‘IBOTI TADBIRLARI OLIB BORILMOQDA.

Xorazm viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va uning hududiy bo‘limlari tomonidan aholi gavjum maskanlar xususan, savdo majmualari, bozorlar hamda aholi xonadonlarida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarning oldini olish, yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida nazorat va prafilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Mazkur tadbirlar davomida mutaxassislar tomonidan fuqarolarga yo‘riqnomalar berilib, aniqlangan kamchiliklarni joyida bartaraf etish choralari ko‘rildi. Shu bilan birga xavfsizlik qoidalari aks ettirilgan tarqatma materiallar tarqatildi.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
"Juma - yo‘l harakati xavfsizligi targ‘iboti kuni"

Xorazm viloyati IIB masʼul xodimlari tomonidan navbatdagi targ‘ibot tadbiri viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari o‘rtasida o‘tkazildi.
———
"Жума - йўл ҳаракати хавфсизлиги тарғиботи куни"

Хоразм вилояти ИИБ масъул ходимлари томонидан навбатдаги тарғибот тадбири вилоят Фавқулодда вазиятлар бошқармаси ходимлари ўртасида ўтказилди.

👉🏻 Xorazm viloyati IIB YHXB Axborot xizmati
👍2
Tungi nazorat-prafilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

#live

Ayni damda Xonqa, Qo‘shko‘pir hamda Xiva tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari tomonidan paxta tozalash zavodlari, qabul qilish punktlarida prafilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Boshqa yangiliklar👇
xorazm.fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube  | instagram
👍3
🔰Pech yordamida isitishga qo‘yiladigan yong‘in xavfsizligi talablarini bilasizmi

🔷Qonunchilikka ko‘ra, odamlar ommaviy bo‘ladigan obyektlarda, shuningdek, sutka davomida bolalar bo‘ladigan muassasalarning yotoqxonalarida isitish pechlarini o‘rnatish taqiqlanadi

🔷Suyuq va qattiq yoqilg‘ida ishlaydigan dudburon va pechlarni, isitish mavsumi boshlanishidan oldin hamda isitish mavsumi davomida qurumdan tozalash lozim, ushbu ishlar kamida:
🔴isitish pechlari uch oyda bir marta;
🔴doimiy (uzluksiz) ishlatiladigan pech va o‘choqlar ikki oyda bir marta;
🔴 oshxona plitalari va boshqa uzluksiz (uzoq muddat) yoqiladigan pechlar oyiga bir marta o‘tkaziladi.

Boshqa yangiliklar
Fvv.uz | Facebook | Telegram | Youtube | instagram | X